Qo‘riqlovchi normalar huquq normalari tizimida o‘ziga xos ahamiyatga
ega bo‘lib, asosan jamoat tartibini saqlash funksiyasini bajarishga qaratiladi va
ular jamiyatda o‘rnatilgan talablar buzilgan taqdirda yuzaga keladi. Masalan,
Jinoyat kodeksining 97–103-moddalarida ifodalangan huquqiy normalar inson-
larning hayotidan mahrum etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni
jazo qo‘llash tahdidi ostida jinoyat deb topadi, taqiqlaydi va tegishli javobgarlik
choralarini ko‘zda tutadi. Shu asosda Konstitutsiyamizning 13-moddasida oliy
qadriyat sifatida tan olingan inson hayoti va sog‘lig‘ini qo‘riqlaydi, muhofaza
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |