266
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
milliy yurisdiksiya doirasida qo‘llanishiga ruxsat beradi. Shunga ko‘ra, kollizion
normalar «bir tarafdan davlatlarning huquq-tartibotidagi mavjud tafovutlar
va xilma-xillikni, ikkinchi tarafdan esa, davlatlarning milliy huquqiy tizimlari
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aks ettiradi». Jumladan, O‘zbekiston Respub-
likasi Fuqarolik kodeksining 71-bobidagi ko‘pchilik huquq normalari kollizion
xarakterga ega.
Ziddiyatli vaziyatlarni hal etganligi bois
kollizion normalar «hakam-nor-
ma» deb yuritiladi. Masalan, bironta munosabat qonun normasi va hukumat
qarori bilan turlicha tartibga solinadigan bo‘lsa, u holda ushbu munosabat yuri-
dik kuchi yuqori bo‘lgan norma, ya’ni qonun normasi bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: