internet orqali kelib tushgan hujjatlar asosida mijozga xalqaro yoki milliy valyutadagi plastik kartasini pochta xizmati orqali yuborilishini yoʼlga qoʼyish
internet orqali kelib tushgan hujjatlar asosida mijozga xalqaro yoki milliy valyutadagi plastik kartasini pochta xizmati orqali yuborilishini yoʼlga qoʼyish;
Bosh ofis, hududiy boshqarmalar va filiallardagi axborot texnologiyalari qurilmalarni bosqichma-bosqich zamonaviy qurilmalar bilan almashtirish;
IP-telefoniya tizimini yanada takomillashtirish. Bosh ofis binosidagi mavjud IP-telefoniya tizimidan foydalanishni zamonaviy usulga oʼtkazish hamda har bir filiallar bilan video aloqa boʼlishni tashkillashtirish;
jismoniy shaxslarga kredit ajratish va depozit qabul qilish amaliyotlari uchun lozim boʼlgan birlamchi hujjatlarini masofadan almashinuvi amalga oshirish.
Hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlari bank tizimida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarini boshqarishda CRM (Customer Relationship Marketing) dan qo‘llanish juda keng amaliyotga kiritilgan. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ushbu tizimni sotish xajmlari yildan – yilga ortib borishiga qaramay unga bo‘lgan ehtiyoj hozirda juda kattadir. Olimlar tahliliga ko‘ra Sears, Roebuck and Co.,Burger King Corp. va boshqa AQShning mashhur deb tanilgan kompaniyalari marketologlari o‘zlarining faoliyati natijalariga ko‘ra kompaniyalarining o‘sib borayotgan talablariga asosan ular bilan qayta aloqa usullari yordamida o‘z mijozlari to‘g‘risida aniq va muhim ma‘lumotlarga erishish lozimligi to‘g‘risidagi xulosaga kelganlar. Ular mijoz to‘g‘risida barcha ma‘lumotlarning to‘la - to‘kis bilgan holda, kompaniya unga o‘z xizmatlarini taklif qilganda mijoz undan voz kecha olmaydi va albatta qabul qiladi degan fikrga kelganlar. CRM (Customer Relationship Marketing / Management) o‘z mohiyatiga asosan programma mahsuloti ham emas, texnologiya ham emas. CRM
bu «mijozga yo‘naltirilganlik» tamoyiliga asoslangan biznesni doimiy rivojlantirish bo‘yicha biznes – strategiyani shakllantirishdan iboratdir. Ushbu biznes strategiya barcha mijozlar faoliyatining barcha jarayonlarida oldi – sotdini amalga oshirish to‘g‘risida barcha ma‘lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bo‘yicha ilg‘or boshqaruv hamda informatsion texnologiyalardan foydalanadi. CRM - bu turli buyurtmalar bilan biznes jarayonlarining avtomatizatsiya qilish uchun muomalaga modullar yig‘indisidir. Dunyodagi yetakchi CRM tizimi kompaniyalarning faoliyatini asosini hozirgi zamon mashhur o‘nta kredit muassasalari mijozlari bilan ishlashdagi mantiqiy biznesni tashkil etadi. CRM tizimidan tashqari amaliyotda mijoz bilan o‘zaro munosabatlarini olib borishda tajribadan o‘tgan an‘anaviy tizimlar ham mavjud. Lekin ular alohida olingan Aloqa bank bankining har bir mijozga moslasha olishligini to‘la ta‘minlay olmaydilar. CRM tizimi texnik jihatdan Aloqa bank bankining mijozlari to‘g‘risidagi barcha ma‘lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash, tahlil etish va ma‘lumotlarni operativ ravishda doimo yangilab turilishini ta‘minlovchi maxsus vosita va programma ta‘minotidan iborat. Bundan tashqari texnik jihatdan mijozlarning xo‘jalik moliya faoliyati, marketing, sotuv, xizmat ko‘rsatish sohasidagi biznesjarayonini to‘liq avtomatlashtirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu faoliyat yordamida har bir iste‘molchining kompaniya faoliyatidagi ishtiroki va uning mahsulotlarining yaratilishi, ishlab chiqarilishi hamda servis xizmat ko‘rsatish jarayoniga bevosita ta‘sir ko‘rsatishiga erishiladi. CRM tizimida ma‘lumotlar, ya‘ni sodda mijozlar bazasidan boshlab murakkab bank operatsiyalari bazasigacha saqlanishi mumkin. Bundan tashqari CRM tizimida juda katta analitik va marketing ma‘lumotlar bazasi ham saqlanadi. Bunda bankning kafillangan mijozlari to‘g‘risidagi to‘liq ma‘lumotlardan tashqari, bank xizmatlari mahsulotlarini sotish rejasi to‘g‘risidagi ma‘lumot ham saqlanadi. Har bir mijoz bilan ichki xujjat aylanishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar tarixi CRM tizimining yagona ma‘lumotlar bazasida saqlanadi. Xalqaro amaliyot tajribasi shundan dalolat beradiki CRM tizimini amaliyotga kiritilishi va uning rivojlanishi barcha sohalar uchun samarador emas. Ushbu tizimni amaliyotga kiritish uchun investitsiyalar qilish quyidagi kompaniya va muassasalar uchun maqsadga muofiq xisoblanadi: - mijozlari va boshqa sohalar bo‘yicha juda katta xajmdagi ma‘lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va tahlil etuvchi muassasalar. Bularning tarkibiga Aloqa bank banklari, kredit kartochkalarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, sug‘urta kompaniyalari va uyali telefon kompaniyalari kiradi; - o‘z mijozlarining tarkibida yuqori darjadagi talabga ega va moliyaviy barqarorlari mavjud kompaniyalar. Ta‘kidlab o‘tilgan omillar eng avvalo Aloqa bank banklari uchun o‘z faoliyati natijasida mijozlari to‘g‘risida juda katta ma‘lumotlarga ega bo‘ladilar. Mijozlarning barcha hisobotlari, eksport-import operatsiyalari to‘g‘risidagi to‘liq ma‘lumotlar bilan birga ularning pul oqimlari to‘g‘risida ham yetarli ma‘lumotga ega bo‘ladilar. Shu bilan birgalikda mijozlar o‘zlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklaridan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirishi, ularning sifatini oshirishi va servisni doimo rivojlantirish talab etadi. Ushbu omillar esa aynan bank tizimida CRMning keng rivojlanishiga olib keldi. CRM tizimini sotib oluvchilar tarkibida aynan Aloqa bank banklarining ulushi yuqoriligini e‘tirof etadilar. Bunga asosiy sabablardan biri o‘z faoliyatining xususiyatidan kelib chiqqan holda turli Aloqa bank banklari va ularning bo‘limlari turli maqsadlarni ko‘zda tutadilar. Shunga asosan Aloqa bank banklari va ularning mutaxassislari o‘z mijozlari bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarishda CRM tizimini kiritishda o‘zlariga mos faoliyat yuritishdagi daromad olishga harakat qiladilar. Aloqa bank banklarida CRM tizimidan va ulardagi ma‘lumotlardan asosiy foydalanuvchilar bo‘lib, mijozlar bo‘limi bilan o‘zaro munosabatlarini boshqaruvchi menejerlar hisoblanadi. Aloqa bank banklari o‘z faoliyatiga CRM tizimini kiritishda quyidagi maqsadlarni qo‘yadilar: Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bank mijozlari uchun ko‘zga ko‘rinmaydigan CRM tizimi texnologiyalarni yangi avlodlaridan foydalanishlikni taqazo etadi. Har bir Aloqa banko‘z faoliyatida turli dasturlardan foydalanadilar. Ayrim Aloqa bank banklari Outlookdan, ayrimlari Exceldan foydalanadilar. Bank faoliyatida CRM tizimini amaliyotga kiritilishi esa, Aloqa bank banklari xizmatchilarining ish o‘rinlarini o‘zgarishligini, bank marketingi funksiyalarini demarkazlashuvini va mijozlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash hamda undan foydalanish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilishini taqazo etadi.
ATB “Aloqa bankbank”ida barcha operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi hamda "Bank-mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron to’lov hujjatlari, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi. Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr izi va imzo namunasi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
mijozning nomi va soliq to’lovchining identifikatsion raqami
pul oluvchi va pul to’lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;
Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Bank operatsiyalari qonun hujjatlarida belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Elektron hujjatlar pul hisob-kitob hujjatlarning asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo’lishi shart.
Elektron hujjatlar mas'ul shaxslar imzolari o’rnini bosuvchi - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Elektron hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ularning biror ko’rsatkichlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Elektron hujjatlar asosida hisob-kitob operatsiyasi amalga oshirilayotganda pul hisob- kitob hujjatining asl nusxasi bankka taqdim qilinmaydi. Elektron hujjatdagi barcha ma’lumotlarning to’g’riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi:
yuridik shaxslardan - asl nusxada imzo namunalari varaqchasida ko’rsatilgan imzolar namunasi va asosiy muhrning iziga muvofiq mansabdor shaxslarning imzosi hamda asosiy muhri izi mavjud bo’lganda;
yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan - varaqchada ko’rsatilgan imzolar namunasidan bittasi va asosiy muhrning izi mavjud bo’lganda. Agar bankka taqdim qilingan imzolar namunasi va muhr izi qo’yilgan varaqchada ulaming asosiy muhri bo’lmagan hollarda, dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilishga ruxsat beriladi.
Imzolar o’z egasining qo’li bilan qo’yilishi shart. Barcha pul hisob-kitob hujjatlarida imzo izi tushirilgan faksimilni qo’yish taqiqlanadi. Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan bog’iq to’lov hujjatlari "O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizom" hamda naqd pul bilan bog’liq operatsiyalari bo’yicha to’lov hujjatlari "Aloqa bank banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo’riqnoma"da belgilangan blanka shakllaridagi rekvizitlar bo’yicha to’liq va to’g’ri to’ldirib, rasmiylashtirilgan bo’lishi shart.
Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil rangli siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo’lda to’ldirilgan bo’lishi shart. hujjatning to’ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim. Hisobvaraq egasining nomi, uning hisobvarag’i raqami va bank nomi cheklarda hamda e'lonlarda burchak shtamplar bilan ko’rsatilishi mumkin. Bankda beriladigan naqd pul hujjatlarida so’z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. "Summa raqam bilan" hamda "Summa so’z bilan" chek vizitlaridagi summadan oldin va keyin qolgan bo’sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki parallel chiziq tortib qo’yiladi.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun korxona tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ismi, sharifi yoziladi. hisobvaraq egasi naqd pul cheklarining orqa tomonida xarajatlarning maqsadini ko’rsatishi shart, ushbu ma'lumotlar chek beruvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining pasporti yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat ma'lumotlari ko’rsatiladi.
Bu ma'lumotlar oluvchilarning o’zlari tomonidan to’ldirilishi shart. Naqd pul berilishi uchun asos bo’ladigan pul cheklari va chiqim kassa orderlari oluvchilarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter imzolarning tegishli namunalari o’z vaqtida kassaga, buxgalteriya xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat olinishini ta'minlashi shart. Bundan tashqari, bosh buxgalter imzo chekish huquqi bekor qilingan shaxslar imzolarining namunalaridan foydalanuvchi mansabdor shaxslar qo’lidagi ro’yxatlardan o’z vaqtida o’chirilishini ham kuzatib borishi shart.
Bankning ichki operatsiyalari bank xodimlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq o’rnatilgan shakllarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunga, xususan, memorial orderlar, kirim va chiqim kassa orderlari, ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo’yicha memorial orderlar, kredit bo’limi hamda bankning alohida operatsiyalari bo’yicha tayinlangan mutasaddi xodimining farmoyishlari va boshqalar kiradi.
Bank tomonidan beradigan kvitantsiyalarda so’z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. "Summa raqam bilan" rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo’sh joyga ikki parallel to’g’ri chiziq tortib qo’yiladi. Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarni kirim qilish va hisobdan chiqarishga doir kirim-chiqim orderlarida yakuniy summalar so’z bilan qayta yoziladi.
Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida tuziladi. Unda sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi ko’rsatilishi lozim. Shuningdek, ushbu kassa jurnallari kirim va chiqim hujjatlarini dastlabki nazoratdan o’tkazgan mas'ul ijrochi va kassirning imzolari bilan tasdiqlanishi shart. Bank kunlik operatsiyalar yig’ma jildiga tikish va saqlash uchun chiqariladigan elektron to’lov hujjatlarining ro’yxati hamda mijozlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bankning mas'ul xodimlari imzosi va bank shtampi bilan tasdiqlanadi.
«Aloqa bankbank» ATB da quyidagicha kassalar tashkil etilgan:
aylanma kassa;
kirim kassa;
chiqim kassa;
chakana amaliyot kassasi;
kechki kassa;
7) qayta sanash kassasi.
Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun pul qo’yish e’loni, kirim kassa orderi, kvitansiya orqali amalga oshiriladi.
E’lonnoma 3 ta qismdan iborat bo’lib, ular quyidagilar:
1) naqd pul qo’yish e’lon
2)kvitansiya;
order.
«Aloqa bankbank» ATBda naqd pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 13-apreldagi “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida” gi 3229-sonli nizomga muvofiq amalga oshiriladi va «Aloqa bankbank» ATB da bu ko’rinishdagi hisob-kitoblarning barcha shakllari va turlari amalda qo’llaniladi. Xususan, bankda memorial orderdan foydalaniladi va yuqoridagi nizomga ko’ra: “Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo'lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
mijozlar bilan bog’liq bank operatsiyalari bo'yicha hisob-kitoblarda;
bank hizmatlarini ko'rsatish bo'yicha hisob-kitoblarda;
banklarning o'z ichki operatsiyalarida;
mijozning qarzdorlik mablag’larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo'yilgan bo'lsa;
jismoniy shahslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bo'lmagan yozma topshiriqlari bo'yicha mablag’larni naqd pulsiz shaklda o'tkazishni amalga oshirishda.”
Memorial order bo’yicha to’lovlar o’tkazilganda quyidgi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi:
Dt- to’lovchining hisobvarag’i;
Kt- mablag’ oluvchining hisobvarag’i.
Xususan, qolgan barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobi nizomda keltirilgan ularning ta’riflariga asoslangan holda amalga oshiriladi va ularda quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi:
to’lov topshiriqnomasi bo’yicha to’lov o’tkazilganda :