1-rasm. 2019-2021-yillarda bank majburiyatlarining o’sish sur’ati2 Bank umumiy majburiyatlarini 2019-2021 yillarda 15 163 mlrd. soʼmga yetkazilishi koʼzda tutilmoqda. Bunda, majburiyatlarning oʼz vaqtida bajarilishi yuzasidan aniq choralar koʼriladi Bank depozitlari hajmini 2021 yil yakuniga 4 626 mlrd. soʼm miqdorida boʼlishi rejalashtirilmoqda.
Mijozlarning kredit mablagʼlariga boʼlgan talabini oʼz vaqtida qondirish, buning uchun talab etiladigan barqaror resurslar manbalarini shakllantirish maqsadida xorijiy moliya institulari va banklarining kredit liniyalarini keng jalb qilish boʼyicha ishlar olib boriladi
2-rasm. 2018-2021-yillarda bank kapitalining o’sish sur’ati3 2019 yil 1 yanvar holatiga bank umumiy kapitali 2 214 mlrd.soʼm, ustav kapitali 2 163 mlrd.soʼmni tashkil etib, 2018 yil boshiga nisbatan mos ravishda 840 mlrd.soʼm (1,6 marta) va 827 mlrd.soʼm (1,6 marta)ga oʼsdi. Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy meʼyorlar bajarilishi taʼminlandi. Xususan, kapital yetarlilik koʼrsatkichi 20,0 foiz (meʼyor min. 13%) miqdorida shakllandi.
Bank umumiy kapitalini 2019-2021 yillar davomida 2 353 mlrd. soʼmga yetkazishni koʼzda tutgan holda, kapital yetarliligi darajasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy meʼyorlardan kam boʼlmagan darajada saqlanishini taʼminlanadi. Bank kapitalining koʼzda tutilayotgan oʼsishining asosiy manbai boʼlib, 2019-2021 yillarda jami 138,0 mlrd. soʼm miqdorida olinadigan foyda hisoblanadi. Foydani koʼpaytirishning muhim yoʼnalishi boʼlib aktiv va passivlardan maqbul darajada foydalanish, xususan kredit, investitsiya hamda depozit siyosatlarini samarali olib borishdan iborat
Bugungi kunda «Aloqa bankbank» ATB turli operatsiyalarni amalga oshirishda yetakchi o’rinlarda turadi. Xususan, «Aloqa bankbank» ATBda keng kredit operatsiyalari ko’lamli amalga oshiriladi «Aloqa bankbank» ATB korporativ mijozlarni milliy va xorijiy valyutada kreditlash bo`yicha keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim etadi. Kreditlash xizmatlarini taqdim etayotganda, bank balansini likvidliligini va riskning ma'qul darajasini saqlab turish, kredit operasiyalaridan tushgan daromadlarning kerakli darajasini ta'minlash tamoyiliga asoslanadi. «Aloqa bankbank» ATB turli xil muklchilik shakldagi kichik va yirik biznes korxonalariga, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga ham, kreditlar ajratadi. Kreditni taqdim etishning asosiy mezoni, kredit oluvchining kreditni to`lash uchun haqiqiy manbalarning mavjudligi hisoblanadi. Har bir kredit oluvchi shaxsga nisbatan, kredit bitimining tuzilishiga qarab, alohida o`ziga xos yondashuv qo`llaniladi, kredit oluvchilarga kreditlashning optimal shaklini tanlash uchun konsultasiya yordami ko`rsatiladi.
Kreditni taqdim etish uchun muhim shartlar quyidagilar hisoblanadi:
barqaror moliyaviy holat;
kredit oluvchining to`lash qobiliyati;
hisob raqamlariga barqaror kirimlar;
muvaffaqqiyatli ishlab chiqarish;
xo`jalik faoliyatining tajribasi.
«Aloqa bankbank» ATB Guliston filiali mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi:
qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko`p bo`lmagan muddatga);
uzoq muddatli kreditlar (1 yildan ortiq bo`lgan muddatga). Ajratilgan kreditlar garovi sifatida Bank quyidagilarni qabul qiladi:
ko`chmas mulk garovi;
bank kafilliklari, kafolatlari;
sug'urta polisi;
asbob-uskuna, transport vositalar garovi;
Kerakli hujjatlar:
kredit arizasi;
biznes reja, texnik-iqtisodiy asos (mijoz hisob raqamiga kelib tushadigan pul oqimlarini ko'rsatgan holda);
oxirgi hisobot davriga buxgalteriya balansi (1-shakl);
debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot (2a-shakl);
moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl)
ta'sis hujjatlari;
kredit ta'minotiga oid hujjat.
Kreditlar foiz stavkalari, kredit mahsulotining turi, kreditlash muddati va kredit valyutasiga qarab belgilanadi.
«Aloqa bankbank» ATB da kredit operatsiyalari hisobi quyidagicha olib boriladi:
Dastlab kredit berish to’g’risida shartnoma imzolanadi va undan so’ng bankda kredit berish majburiyati paydo bo’ladi. Bunda quyidagicha provodka beriladi:
Dt- 91809- banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari;
Kt- 96351- bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i. Keyingi bosqichda garov hisobga olinadi:
Dt- 94501, 94502, 94503-garov hisobvaraqlari
Kt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa:
Dt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
Kt- 96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi:
Dt- 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari
Kt- 10301(O'zRMBdagi vakillik hisobvarag’idan olinishi lozim bo'lgan mablag’lar Nostro)-16103 (Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha olinadigan mablag’lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to'lov hujjatlari» (kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha hisobvarag’i,/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari
Mijozlarning kredit qaytarish bo’yicha majburiyat balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi:
Dt- 91901/91905- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari;
Kt- 96345/96349- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari kontr hisobvaraqlari.
Banklar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i
Kt- 22896 - «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
Aloqa bank banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish graffigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi.Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:
mijoz xarakteri (fe’l-atvori);
mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;
mijoz kapitali;
kreditning ta’minlanganligi;
kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, xar bir Aloqa bankuni o‘zi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
qoplash koeffitsienti;
likvidlilik koeffitsienti;
mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsienti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti kiradi.
Likvidlilik mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‘larining etarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi.
Tajribali kredit inspektori ahamiyat beradigan omillardan yana biri mijozning bir joyda uzoq va doimiy faoliyat ko‘rsatishi, yashashi hamda mashg‘ul bo‘lishidir. Ko‘pgina banklar odatda ko‘rsatilgan joyda bir necha oygina ishlayotgan shaxslar va yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan firmalarga rad javobini beradilar.
Kredit inspektorlari “qarzlar piramidasi” deb ataluvchi holatning paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamaydilar. “Piramida” holati bu qarzdor 1 ta bank yoki firmadan olgan qarzini to‘lash uchun boshqa kreditordan qarz olishi tushuniladi. Mijozning kredit kartochkalari bo‘yicha qarzining kattaligi, ko‘pligi o‘zining hisobidan yozib berilgan cheklarning tez tez qaytib kelishiga inspektorlar katta e’tibor beradi. Bunday dalillar asosida mijozning haqikiy moliyaviy ahvoli va uning pul mablag‘larini boshqarish qobiliyati haqida xulosa qilinadi.
Agar mijoz bilan ishlarni davom ettirish hal qilinsa, unda inspektor kredit dosesini yig‘adi va uni kredit bo‘limiga yuboradi. Bu bo‘limda mijozning kreditga layoqatliligi chuqur o‘rganiladi va kredit riskiga baho beriladi.
ATB “Aloqa bankbank”ida xorijiy valyuta bilan bog‘liq operatsiyalar valyuta amaliyotlari bo‘limi shug‘ullanadi. Asosan ATB “Aloqa bankbank”i xorijiy valyutalaridan Rossiya rubli, AQSH dollari, yapon iyenasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi, qozoq tengesi bilan operatsiyalar olib boradi Tovarlar va xizmatlarni markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushumning 50 foizi, markazlashtirilgan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushumning 100 foizi vakolatli banklarga majburiy sotilishi kerak. Mijozlaming hisobvaraqlariga tovarlar va xizmatlami markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushum kelib tushganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi: Valyutadagi bosh kitobda:
Dt 10501- “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari- Ностро”,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”-eksportchi korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag'i.
Vakolatli banklar tomonidan valyuta tushumining bir qismi korxonalar tomonidan majburiy sotilishi tartibida sotib olingan chet el valyutasidagi mablag'lar belgilangan tartibda birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalami amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Markaziy bank tomonidan korxonalar tomonidan chet el valyutasidagi tushumning majburiy sotilishi tartibida sotib olingan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralariga o'tkaziladi, uning balansida hisobga olinadi va O'zbekiston Respublika valyuta birjasida sotish yo'li bilan milliy valyutani barqarorlashtirish tadbirlariga sarflanadi. Vakolatli banklar tomonidan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan eksport bo'yicha valyuta tushumini o'tkazish bo'yicha operatsiyalami hisobga olish va majburiy sotishni amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
ATB Aloqa bankbank Guliston filiali o‘z mijozlari bilan quyidagi operatsiyalarni bajarishda hamkor hisoblanadi:
“TOD”, “TOM”, “SPOT” shartlari bo‘yicha chet el valutasini sotib olish va sotish;
naqd xorijiy valutani sotib olish va sotish; “SWAP” bitimlarini tuzish;
mablag‘larni jalb qilish / joylashtirish;
belgilangan limitlarda va yoki ta’minotda banklararo kreditlarni berish;
erkin almashtiriladigan valutada va O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida banklararo kreditlarni jalb qilish.
Konversion operatsiyalar–Aloqa bank bankida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini naqd pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni xisoblanadi. «Aloqa bankbank» ATB tasarrufidagi barcha filiallarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-yanvardagi 1914-sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2017 yil 6 noyabrda 2944-son bilan ro’yxatga olingan «Aloqa bank banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizomlariga muvofiq konversion operatsiyalar bo’limlari va Valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil qilingan. Quyidagi 1-jadvalda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to'lovlari uchun xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan belgilangan qiymati hamda «Aloqa bankbank» ATB tomonidan sotish va sotib olish uchun belgilagan qiymatlari 12.05.2021 sanaga berilgan:
1-jadval