2.14-§. To’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro vaziyatlari
To’g’ri chiziqning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishish nuqtasini aniqlash. Ma’lumki, proyeksiyalovchi tekislik qaysi tekislikka perpendikulyar bo’lsa, o’sha tekislikka to’g’ri chiziq ko’rinishida tasvirlanadi. Uning xuddi shu xususiyatidan foydalanib, izlayotgan nuqta aniqlanadi. Bunda to’g’ri chiziq va tekislikning izi o’zaro kesishayotganligi yaqqol ko’rinib turadi. Masalan, tekislik gorizontal proyeksiyalovchi bo’lsa, uning to’g’ri chiziq bilan kesishayotgan nuqtasi H da El orqali topiladi (2.14.1- chizma, a). Epyurda ham tekislikning gorizontal izi bilan to’g’ri chiziqning H dagi proyeksiyalari kesishayotgan joy to’g’ridan-to’g’ri olinadi va u nuqta El deb belgilanadi. Ell proyeksiyalarni bog’lovchi chiziq orqali chiziqning fontal proyeksiyasida belgilanadi (2.14.1- chizma, b).
2.14.1- chizma
Tekislik frontal proyeksiyalovchi bo’lsa, to’g’ri chiziqning frontal proyeksiyasi bilan tekislikning frontal izi kesishayotgan joy Ell deb belgilanadi va u orqali H da El topiladi (2.14.1- chizma, c).
To’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishish nuqtasini aniqlash. Bunday vaziyatlarda oldin umumiy vaziyatdagi tekislikning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishish chizig’ini aniqlash mavzusiga murojaat etilishi zarur. Chunki, umumiy vaziyatdagi tekslik bilan to’g’ri chiziqning umumiy kesishish nuqtasini topish uchun to’g’ri chiziq orqali proyeksiyalovchi tekislik o’tkazilib, ularning o’zaro kesishish chizig’i aniqlanishi lozim. Ana shu kesishish chizig’i bilan to’g’ri chiziqning o’zaro kesishgan joyda izlayotgan nuqta topiladi.
Umumiy vaziyatdagi takislik bilan proyeksiyalovchi tekislikning o’zaro kesishish chizig’ini aniqlashda, oldin umumiy vaziyatdagi tekislik tahlil qilinadi. Agar umumiy vaziyatdagi tekislik izlari bilan berilgan bo’lsa, tekislik izlarining bir nomli proyeksiyalari kesishtiriladi va o’sha joylar 1l hamda 2ll nuqtalarda belgilanadi, so’ngra ularning V va H dagi proyeksiyalari aniqlanadi. O’zaro kesishish chizig’ining gorizontal proyeksiyasi 1l 2l bo’lsa, frontal proyeksiyasi proyeksiyalovchi tekislikning frontal izi bilan qo’shilib qoladi (2.14.2- chizma, b).
Agar umumiy vaziyatdagi tekislik, masalan, ABC (Al Bl Cl, All Bll Cll) tarzida berilgan bo’lsa, uning gorizontal proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishayotgan chizig’ini aniqlashda, proyeksiyalovchi tekislikning izi bilan tekislikning tomonlari Al Bl va Bl Cl lar
2 .14.2- chizma bilan kesishayotgan joylari 1l 2l deb
belgilanadi, so’ngra u nuqtalarning
frontal proyeksiyalari bir nomli tomonlarida topiladi. Ularning o’zaro kesishish chizig’ining frontal proyeksiyasi 1ll 2ll bo’lsa, gozriontal proyeksiyasi proyeksiyalovchi tekislikning gorizontal izida qo’shilib tasvirlanadi (2.14.3- chizma).
2.14.3- chizma
Endi, to’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishayotgan nuqtasini aniqlashga o’tiladi.
Misol. t (tl, tll) to’g’ri chiziqning ABC (Al Bl Cl, All Bll Cll) tekislik bilan kesishgan nuqtasi aniqlansin (2.14.4- chizma, a).
Yechish. 1. To’g’ri chiziq orqali frontal proyeksiyalovchi tekislik o’tkaziladi.
Frontal proyeksiyalovchi va umumiy vaziyatdagi tekislikning o’zaro
kesishish chizig’i 12 (1l 2l, 1ll 2ll) topiladi.
To’g’ri chiziqning gorizontal
2.14.4- chizma proyeksiyasi t l bilan 1l 2l ning o’zaro
k esishayotgan joyi El deb belgilanadi va u orqali Ell aniqlanadi (2.14.4- chizma, b).
Boshqa misolda umumiy vaziyatdagi tekislik izlari orqali berilgan bo’lib, to’g’ri chiziqning shu tekislik bilan kesishgan nuqtasini topish uchun, to’g’ri chiziq orqali frontal proyeksiyalovchi tekislik izlari orqali o’tkaziladi. Ikkala tekislikning o’zaro kesishish chizig’i 1l 2l bilan tl ning kesishayotgan joyida izlayotgan nuqtaning gorizontal proyeksiyasi El belgilanadi va u orqali Ell topiladi (2.14.5- chizma).
2.14.5- chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |