Ikkinchi oktant. Birinchi oktantning orqa tomonida joylashgan bo’lib, ularni V tekisligi ajratib turadi (2.2.9- chizma, a). Ikkinchi oktantdagi B nuqta uning fazosida quyidagicha (x = 30, -y = 20, z = 25) berilgan bo’lsin. Bu nuqta B ning ikkilamchi proyeksiyalari koordinata o’qlariga tegishlicha qo’yib chiqib aniqlanadi (2.2.9- chizma, b). Bu ikkilamchi proyeksiyalardan tegishlicha koordinata o’qlariga parallel chiziqlar chizilib, o’zaro kesishgan joylarda, B nuqtaning gorizontal proyeksiyasi Bl , frontal proyeksiyasi Bll , profil proyeksiyasi Blll lar aniqlanadi (2.2.9- chizma, c). Endi, ushbu hosil qilingan nuqtaning proyeksiyalaridan tegishli tekisliklariga perpendikulyar chiziqlar chizilsa, B nuqtaning fazodagi o’rni belgilanadi (2.2.9- chizma, d).
Ikkinchi oktant apparatini epyurga o’tkazish uchun, odatdagidek, frontal proyeksiyalar tekisligi o’z o’rnida qoldirilib, H1 va W1 ni u bilan bitta tekislik hosil bo’lguncha x va z o’qlari atrofida aylantiriladi. Bu jarayon 2.2.9- chizma, e da strelkalar yo’nalishi orqali ko’rsatilgan. Shunda uchala tekislik jipslashib, ya’ni ustma-ust tushib qoladi va bitta tekislikni hosil qiladi. 2.2.9- chizma, f da hosil bo’lgan epyurda B nuqtaning uchala proyeksiyalari tasvirlangan. Bu oktantda x va –y hamda z va –y koordinata o’qlari qo’shilib, tasvirlanganligi uchun ham uchala proyeksiyar bitta V tekisligida aniqlanayotgandek tuyuladi.
2.2.9- chizma
Uchinchi oktant. Uchinchi oktant ikkinchi oktantning ostida joylashadi (2.2.10- chizma, a). Uning fazosidagi C nuqta quyidagicha (x = 25, -y = 15, -z = 30) berilgan bo’lsa, C nuqtaning qiymatlarini tegishli koordinata o’qlariga qo’yib chiqiladi va ikkilamchi proyeksiyalari hosil qilinadi (1.10.10- chizma, b). Nuqtaning ikkilamchi proyeksiyalari Cx, Cy, Cz lardan tegishli koordinat o’qlariga parallel chiziqlar o’tkazilib, ular o’zaro kesishtirladi va nuqtaning H, V1, W1 lardagi proyeksiyalari hosil qilinadi (2.2.10- chizma, c). Cl, Cll, Clll lardan o’z tekisliklariga perpendikulyar chiziqlar chizilsa, ular o’zaro bitta nuqta C da kesishadi (2.2.10- chizma, d).
2.2.10- chizma
Endi, uchinchi oktantning epyurini hosil qilish uchun, odatdagidek, V1 tekisligi qo’zg’almas bo’lgani uchun H ni x o’q atrofida yuqoriga, W1 ni – z o’qi atrofida chapga aylantiriladi. Shunda V ning ustida H tekisligi, V1 bilan Wl jipslashib tasvirlanadi (2.2.10- chizma, e). Bu yerda x bilan –y qo’shiladi, -y esa -z ning davomida yotadi.
To’rtinchi octant. U birinchi oktantning ostida joylashgan bo’lib, uning fazosida E nuqta quyidagi qiymatlarda (x = 30, y = 15, -z = 25) berilgan bo’lsin (2.2-11- chizma, a).
2.2.11- chizma
E nuqtaning qiymatlari tegishli koordinata o’qlariga qo’yib chiqilsa, nuqtaning ikkilamchi proyeksiyalari hosil bo’ladi (2.2.11- chizma, b). Ex, Ey, Ez lardan x, y, z larga parallel chiziqlar o’tkazilsa, ularning o’zaro kesishishidan E nuqtaning gorizontal El , frontal Ell , profil Elll proyeksiyalari aniqlanadi (2.2.11- chizma, c). Endi, E nuqtaning fazodagi vaziyatini belgilash uchun El, Ell va Elll lardan o’z tekisliklariga perpendikulyar chiziqlar chiziladi. Shunda bu chiziqlar o’zaro nuqtaning fazodagi o’rnida kesishadi (2.2.11- chizma, d). Bu oktantda ham V1 takisligini qo’g’atmasdan H ni x o’q atrofida pastga burilsa, u V1 bilan qo’shilib qoladi. W1 ni -z o’q atrofida o’ngga aylantirilsa, V1 ning o’ng tomoniga o’tadi va to’rtinchi oktantning epyurini hosil qiladi (2.2.11- chizma, e).
Barcha oktantlarda ham nuqtaning proyeksiyalari o’zaro bir xil bog’lanadi. Nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalari x o’qqa perpendikulyar, frontal va profil proyeksiyalari y va y1 bilan uzviy bog’langan holda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |