Perallel proyeksiyalashning xossalari. Bunday proyeksiyalashning
xossalari qiyshiq va to’g’ri burchakli proyeksiyalar uchun asosan bir xil, shunga binoan qulay bo’lishini inobatga olgan holda ularni to’g’ri burchakli parallel proyeksiyalarda ko’rib chiqiladi.
1-xossa. Umumiy holda to’g’ri chiziq, proyeksiyalanayotgan sirt yuzasi egri bo’lsa egri chiziq (2.1.3- chizma, a), siniq bo’lsa siniq chiziq (1.9.3- chizma, b), tekis bo’lsa to’g’ri chiziq (2.1.3- chizma, c) ko’rinishida proyeksiyalanadi.
2.1.3- chizma
2-xossa. To’g’ri chiziq fazoda umumiy vaziyatda berilgan bo’lib, unda biror C nuqta yotgan bo’lsa, bu nuqta proyeksiyasi shu to’g’ri chiziqning proyeksiyasida yotadi. C nuqta AB kesmani qanday nisbatda bo’lgan bo’lsa, shu nuqtaning proyeksiyasi Cl ham Al Bl kesma proyeksiyasini o’sha nisbatda bo’ladi (1.9.4- chizma, a).
3-xossa. Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar to’g’ri chiziqning proyeksiyasi nuqta ko’rinishida tasvirlanadi (2.1.4- chizma, b). Chunki bunday perpendikulyar to’g’ri chiziq proyeksiyalovchi nur bilan birga bo’ladi va u proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq deyiladi. Bunday to’g’ri chiziqdagi barcha nuqtalar (A, B, C) ning H tekislikdagi proyeksiyalar ustma-ust tushib, bitta nuqta ko’rinishida tasvirlanadi.
4-xossa. To’g’ri chiziq yoki biror AB kesma proyeksiyalar tekisligiga parallel joylashgan bo’lsa, bu kesma shu tekislikka o’zining haqiqiy kattaligida (uzunligida) proyeksiyalanadi (2.1.4- chizma, c). Bu yerda ABllAl Bl bo’lgani uchun ABllH bo’ladi, demak, bunday to’g’ri chiziqlar proyeksiya tekisliklariga parallel to’g’ri chiziqlar deyiladi.
2.1.4- chizma
5-xossa. Fazodagi o’zaro parallel to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari proyeksiyalar tekisligiga o’zaro parallel to’g’ri chiziqlar ko’rinishida proyeksiyalanadi. Yoki bitta to’g’ri chiziq yoki ikkita nuqta ko’rinishida proyeksiyalanishi ham mumkin (2.1.5- chizma, a, b, c).
2.1.5- chizma
6-xossa. Ikkita to’g’ri chiziq o’zaro kesishuvchi bo’lsa, ularning proyeksiyalari o’zaro kesishuvchi to’g’ri chiziqlar (2.1.6- chizma, a) va bitta to’g’ri chiziq ko’rinishida proyeksiyalanishi mumkin (2.1.6- chizma, b).
2.1.6- chizma
7-xossa. Uchrashmas yoki ayqash to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari
quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: a) o’zaro kesishuvchi to’g’ri chiziqlar, b) o’zaro parallel to’g’ri chiziqlar, c) bitta to’g’ri chiziq va shu to’g’ri chiziqda yotmagan nuqta (2.1.7- chizma, a, b, c). Lekin ularning proyeksiyalari o’zaro kesishuvchi yoki parallel bo’lib tasvirlanishi mumkin.
2.1.7- chizma
8-xossa. O’zaro kesishuvchi ikki to’g’ri chiziq proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, ular o’zining haqiqiy uzunligida proyeksiyalanadi va shu bilan birga ular hosil qilgan burchak α ham haqiqiy kattaligida tasvirlanadi (2.1.8- chizma). Chunki ABCllAl Bl Cl.
9-xossa. Ikkita to’g’ri chiziq o’zaro kesishib, 90o li to’g’ri burchak hosil qilsa va shu to’g’ri burchakning biror tomoni proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, to’g’ri burchak bu tekislikka o’zining haqiqiy kattaligida
2 .1.8- chizma proyeksiyalanadi (2.1.9- chizma).
10-xossa. O’zaro parallel ikki to’g’ri chiziq tekisligi proyeksiyalar tekisligi H ga parallel bo’lsa, ular orasidagi masofa o’zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi (2.1.10- chizma, a). Bunday to’g’ri chiziqlar tekisligi H ga og’ma ammo V ga perpendikulyar bo’lsa ham ular orasidagi masofa o’zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi (2.1.10-
chizma, b), 2.1.10- chizma, c dagi vaziyatda
2.1.9- chizma
ham to’g’ri chiziqlar orasidagi masofa ham
o’zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi.
2.1.10- chizma
11-xossa. Proyeksiyalar tekisligi H ga perpendikulyar bo’lgan o’zaro parallel tekislikda yotuvchi ayqash to’g’ri chiziqlar orasidagi eng qisqa masofa proyeksiyalar tekisligia o’zining haqiqiy uzunligida proyeksiyalanadi (2.1.11- chizma). Birinchi holda ayqash to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari o’zaro parallel tasvirlanadi (2.1.11- chizma, a). Ikkinchi holda ayqash chiziqlarning bittasi H ga perpendikulyar bo’lgani uchun unga nuqta ko’rinishida proyeksiyalanmoqda (2.1.11- chizma, b). Shunday qilib, bunday to’g’ri chiziqlarning orasidagi masofani aniqlash uchun birinchi holda ikkala to’g’ri chiziq proyeksiyalariga, ikkinchi holda nuqtadan to’g’ri chiziq proyeksiyaga perpendikulyar o’tkaziladi.
2.1.11- chizma
12-xossa. Tekis shakl, masalan, uchburchak proyeksiyalar tekisligiga umumiy holda uchburchak, xususiy holda to’g’ri chiziq ko’rinishida proyeksiyalanadi (2.1.12- chizma). Tekis shakl proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, o’zining haqiqiy kattaligida (2.1.12- chizma, b), perpendikulyar bo’lsa to’g’ri chiziq kesmasi (2.1.12 chizma, c) ko’rinishida proyeksiyalanadi. Qolgan hollarda o’zining shakli kabi proyeksiyalanadi (2.1.12- chizma, a).
To’g’ri burchakli parallel proyeksiyalardan foydalanib, narsalarning proyeksiyalarni va bu proyeksiyalar orqali ularning fazoviy shakllarini aniqlash
2.1.12- chizma mumkin. Bunday to’g’ri
b urchakli parallel proyeksiyalar bir nechta bo’lib, ular quyidagilar asosiy hisoblanadi:
To’g’ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalar (Monj metodi).
Aksonometrik proyeksiyalar (darslikning VI-bobida o’rganiladi).
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar (darslikning VIII bobida o’rganiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |