Toshkent 2021 yil Annotatsiya


-§. Tishli (shlitsali) birikmalar



Download 26,48 Mb.
bet121/154
Sana12.01.2022
Hajmi26,48 Mb.
#337741
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154
Bog'liq
22 11 2021 M Xalimov, H To'rayev, Sh Dilshodbekov, Sh Muslimov Chizma

5.18-§. Tishli (shlitsali) birikmalar

Mashinasozlikda tishli birikmalar keng ishlatiladi. Tishli birikmalarda tishlar soni ko`p bo`lganligi uchun, shponkali birikmalarga nisbatan katta kuchga ega bo`lgan aylanma harakatlarni uzatish mumkin.

Shilitsali birikmalar mustahkam bo`lib, yaxshi markazlanadi va o`q bo`yicha osongina siljiydi. Tishlar soni, asosan, birikmaga tushadigan kuchlanish va ularning ish sharoitiga qarab aniqlanadi.

Mashinasozlikda to`g`ri yonli, evolventasimon va uchburchak standartlashtirilmagan profilli tishli birikmalar eng ko`p tarqalgan.

Shlitsali valga nisbatan vtulka teshigini markazlashtirish bo`yicha shlitsali birikma quyidagicha:


  1. Shlitsalarning tashqi diametri D bo`yicha markazlashtiriladi, shunda ichki d diametr bo`yicha radial tirqish hosil bo`ladi (5.18.1 –chizma, a).

5.18.1 –chizma



  1. Shlisalarni ichki diametr d bo’yicha markazlashtiriladi, shunda tashqi d diametr bo’yicha radial tirqish hosil bo’ladi (5.18.1 –chizma, b).

  2. Tishlarni yon tomonlari b bo`yicha markazlashtiriladi, shunda ikkala D va d bo`yicha radial bo`yicha radial tirqish hosil bo`ladi (5.18.1 –chizma, c).

Markazlashtirish deganda, tishlar yuzasining chuqurchalar yuzasiga to`la tegib borishi tushuniladi. Tishli birikmalarni markazlashtirish konstruktiv va texnologik jarayonlarni hamda tatbiq qilinadigan sharoitni hisobga olgan holda tanlanadi.

Tishli birikmalardagi shitsali vtulka va vallarning kesimlari va turlari va ularni markazlashtirish usullariga bog`liq (5.18.2 -chizma) bo`lib, markazlashtirish ichki diametr d bo`yicha bo`lsa, shlitsali vallar A va C bajarilishda tayyorlanadi. Tashqi D bo`yicha va tishlarining yon tomonlari b bo`yicha markazlashtirilsa, shlitsali vallar B bajarilishda ishlanadi. Vtulka teshigining shakli har qanday markzlashtrish usulida ham o`zgarmaydi.



5.18.2 -chizma

Chuqurchalarining faskalari faska c ga teng radius bilan yumaloqlangan bo`lishi mumkin.

Tishli birikmalarda qo’yim va o`tqazishlar d va b yoki D va b o`lchamlari yoki faqat tishlarning yon tomonlari o`lchamlari bo`yicha amalgam oshiriladi va ular standartda belgilangan. Qo’yim maydoni, chekli chetga chiqishlar hamda standart tomonidan aniqlangan bo`lib, ular maxsus jadvallarda beriladi.

To`g`ri yonli tishli irikmaning tishlar soni z=8, ichki diametri d=36 mm, tashqi diametr D=400mm, tish eni b=7 mm berilgan bo`lsa, uning shartli belgilanishi markazlashtirilishiga qarab uch xil ko`rinishda yoziladi:


  1. Ichki diametr d bo`yicha markazlashtirish va markazlanayotgan diametri bo`yicha H7/e8 hamda tishning kengligi bo`yicha D9/f8 o`tqazish bo`lganda d-8x36

H7/e8x40∙H12/a11x7 D9/f8 ko`rinishida yoziladi.

  1. Tashqi diametr D bo`yicha markazlashtirish markazlanayotgan diametr H8/h 7 va tishning kengligi bo`yicha F10/h9 o`tqazish bo`lganda D-8x36x40 H8/ b7x7 F10/h9 ko`rinishida bitiladi.

  2. Tishlarning yon tomonlari b bo`yicha markazlashtirilganda b-8x36x40 H12/a11x7 D9/h8 ko`rinishida yoziladi.

Xuddi shunday birikmadagi ichki diametr d bo`yicha markazlashtirilgan vtulkaning shartli belgilanishiga misol: d-8x36H7x40H12x7 D9.

Xuddi shunday birikmadagi ichki diametr d bo`yicha markazlashtirilgan valning shartli belgilanishiga misol: d-8x36e8x40 a 11x7 f8.

Evolventasimon shlitsali birikmalarda tish profili evolventasi 30º li burchakka ega bo`lib, u to`g`ri yonli tishli birikmadan buzilishga o`ta chidamliligi, yuqori aniqlikda, (texnologik nuqtai nazardan tayyorlanishi) yondosh detalarning o`zaro maqul markazlanishi, ish jarayonida qiyshayish yuz bersa maxsus jihozlarda tishlarining shakliga o`zgartirish kiritish mumkinligi bilan ancha ustun turadi.


  1. 18.3–chizmada profil evol’venta tishli birikmaning tish shakllari va vutulkaning valga nisbatan markazlashtirilishi ko`rsatilgan.

5.18.3-chizma

Evolventali shlitsali birikmalarning parametrlari standartlashtirilgan va modul bo`yicha aniqlanadi.

Asosiy parametr (o`lcham)lari: m-modul tanlab olinadi; tishlar soni z- vtulka, val diametrlariga bog`liq; tish profil burchagi α=30º; 2α=60º; bo`luvchi aylana diametri d=m·z ; tishning nominal qalinligi s/e/=π/2m+2xmtgα; nominal diametr D=mz+2xm+1,1m; vtulka tishlarining tashqi aylanasi diametri Da=D-2m; valning ichki aylanasi diametri df=D-2,2m; dastlabki konturining siljishi x∙m=0,5 (D-mz1,1m); chegara nuqtalarining aylanasi diametri D2=da+Er; val tishlarining tashqi aylana diametri Da=D-0,2m;

D=50 mm, m=2 mm, tishlarining yon tomonlari bo`yicha markazlashtirilgan, tishlarining yon sirtlari bo`yicha o`tkazish 9H/9g evolventali tishli birikmaning shartli belgilanishiga misol:40x2 x9H/9g

Xuddi shu birikmaning vutulkasi 40x2x9H, val esa 40x2x9g ko`rinishda yoziladi.

Tishlarining profili uchburchakli shlitsali birikmalar katta kuchga ega bo`lmagan aylanma xarakatlarni uzatish uchun ishlatiladi. Uchburchakli tishlarning profil standartlashtirilmagan. Shakli va asosiy parametrlari 5.18.4 –chizmada ko`rsatilgan. Bunday birikmalar faqat yon tomonlari bo`yicha markazlashtiriladi.

5.18.4 –chizma

Tishli val va teshiklarni shartli tasvirlash 5.18.5 –chizmada berilgan.

5.18.5 –chizma

Evolventali va uchburchak tishli val va teshiklarda tishning bo`luvchi (boshlang`ich) aylanasi va yasovchilari shtrix punktir chiziqda ko`rsatiladi (5.18.5 – chizma,b). Vallarda tishlarning ichki (chuqurlik) aylana diametri, teshiklarda tishlarning chuqurlik aylana diametrlari ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Tishlarning profilini ko`rsatish maqsadida mahalliy qirqimdan foydalaniladi.

Tishli birikmalarning yig`ish chizmalarida val qirqilmaydigan qilib tasvirlanadi (5.18.6 -chizma).



5.18.6 –chizma

Tores ko`rinishida tishlarning profilini aniqlashda mahalliy qirqim tatbiq qilinadi.


Download 26,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish