5.17-§. Shponkali birikmalar
Val unga kiydirilgan detallar (tishli g`ildirak, shkiv, mufta va bshqalar) ning shponka vositasi hosil qilingan qo`zg`almas, ba`zan suriladigan birikmasi shponkali birikma deyiladi.
Shponkali birikmalar prizmatik (5.17.1–chizma, a), ponasimon (5.17.1– chizma,b) va segment (5.17.1–chizma, c) shponkali vositasida bajariladi.
Shponkalarning o`lchamlari valning diametriga qarab tanlanadi.
5.17.1–chizma
Texnikada prizmatik shponka bilan biriktirish ko`proq tarqalgan. U asosan aylana harakatlarni uzatishda ishlatiladi. Bunday birikmalarni hosil qilish uchun valda shponkaga mos paz (o`yiq), g`ildirak vtulkasida ariqcha o`yiladi va o`yiqqa shponka joylashtiriladi.
Shponkalar. Prizmatik shiponkalar uch xil ko`rinishda bajariladi.
I-bajarilishda shponkauchlari R=b/2 radiusda (b-shponka eni) yumaloqlangan bo`ladi. 3-bajarilishda shponkaning bir uchi yumloqlangan bo`ladi. 2-bajarishda shponkaning ikkala uchiyumalqlanmagan, ya`ni to`g`ri burchakli bo`ladi (5.17.2 – chizma, a, b, c).
5.17.2–chizma
Tishli g`ildraklar bloki ish jarayonida o`q bo`yicha surilib ishlaydigan bo`lsa, u holda shponkani valga vintlar vositasida mustahkamlanadi. Bunday shponkalar yo`naltiruvchi shponkalar deyiladi (5.17.3 -chizma) va ularni pazlardan chiqarib olish uchun uning o`rtasidagi rezbali teshikka vint burab kirg`iziladi, shunda vint paz tubiga taqalib, shponkani pazdan ajratadi.
5.17.3–chizma
Katta bo`lmagan kuchlarni uzatish uchun segment shponkalar ishlatiladi.
(5.17.4 -chizma).
5.17.4 -chizma
Texnikada ponasimon shponkalar kamroq uchraydi, ular yordamidagi birikmalar qo`zg`lmas bo`ladi. Ponasimon shponkaning qiyaligi 1:100 qiyalikda bajariladi. Ponasimon shponkalar to`rt xil ko`rinishda bajariladi (5.17.5 -chizma).
5.17.5–chizma
2-bajarishdagi, b=10 mm, h=8 mm, l=60 mm bo`lgan shponkaning shartli belgilanishiga misol: shponka 2-10x8x60.
5.17.6–chizmada shponka o`yig`i va vtulkadagi shponka ariqchasining o`lchamlari va yuzlarining g`adir-budirligi, parallellik quyimi ko`rsatilgan.
5.17.6–chizma
Shponka pazining uzunligi l1=l+0,5…1,0 mm, d ≤ 30 mm bo`lgan k=3…5 mm, d ≥ 30 mm bo`lganda k=5…7 mm olinadi.
Tirsakli vallarda bir nechta shponka pazlari bo`ladigan bo`lsa, ularni turli o`zaro parallel bo`lmagan tekisliklarda joylashtiriladi. Chekli chetga chiqish o`lchamlarini val nominal diametridan keyin qo`yiladi.
Shponkali birikmalarda vallar tishli g`ildirak yoki boshqa detallarning vtulkalariga nisbatan tanlanadi, shponkalar esa vallarga nisbatan olinadi. Shuning uchun oldin g`ildirak teshigiga val va shponka qo`shib chiziadi. Barcha shponkali birikmalarning chizilishi bir xil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |