Январь 2021 10-қисм
Тошкент
“INTERFAOL” METODI HAMDA UNI DARS
JARAYONIDA QO‘LLASH USULLARI
Muxammatova Maftuna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rgnailadigan
ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi
Tel:+998906466336 Email:maftunmuham@inbox.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Interfaol” metod haqida so‘z yuriltilgan hamda dars jarayonida
qo‘llash usullari haqida mulohazalar bildirilgan.
Kalit so‘zlar: Slayd shou , videolavhalar , animatsiyalar , videoroliklar
“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interct” (rus tilida “intereraktiv”) ifodalanib lug‘aviy
nuqtai nazardan “inter”-ozaro,ikki taraflama, ”akt”-harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni
anglatsa,interfaollik ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim,ko‘nikma,hamda muayyan ahloqiy
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda,o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish
layoqatga egaliklarini ifodalaydi.Interfaol metodlar-ta’lim jarayoni ishtirokchilari ahloqiy
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda,o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatning tashkil
etilishini ta’minlovchi metodlar sanaladi. Interfaol metodlar ta’lim oluvchilarni birgalikda,o‘zaro
hamkorlik asosida bilim,ko‘nikma,malaka va muayyan sifatlarni o‘zlashtirishlarini ta’minlabgina
qolmay,shu bilan birga ularda oquv-bilish faolligini kuchaytirish imkoniyatiga egaligi bilan ham
alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim oluvchilarning oquv-bilish faolligi ular tomonidan o‘quv
axborotlarining etarli darajada qabul qilinishi,oquv materiallari mazmunini puxta o‘zlashtirishlari
(nazariy mashg‘ulotlar chog‘ida), anglangan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlashtirish,amalda
qo‘llay olish(amaliy mashg‘ulotlar jarayonida) hamda o‘zlashtirilgan bilim,ko‘nikma, malakalarni
amalda namoyish etish (sinov va nazorat ishlari vaqtidida) orasidagi amaliy harakatlarning
alohida shtiyoq, shijoat,qiziqish,jo‘shqinlik,faollik va tezkorlik asosida tashkil etilishida
namoyon bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida interfaol metodlardan foydalanish oqituvchining
rag‘batlantirish,yo‘naltirish, nazorat qilish va baholashga yo‘naltirilgan harakatlari ta’sirida ta’lim
oluvchilar tomonidan juftlik,kichik va katta guruhlarda o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik asosida
o‘zlashtirilishini anglatadi. Interfaol metodlarning ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish faolligini
kuchartirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida “Venn diagrammasi” GO dan,”Klaster”GO
dan, “To‘qqizinchisi ortiqcha” strategiyasidan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi. Men
ham darslarimda interfaol metoddan unumli foydalanib boryapman.Bu metod o‘quvchilarning
bilim,ko‘nikma,malakalarini yanada oshirishda o‘zini yaxshi samarasini bermoqda.
Foydalangan internet saytlar
1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi
2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish , referat va yozma ishlar qidirish tizimi
3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi
104
Do'stlaringiz bilan baham: |