Январь 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHI YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANISHIDA KITOBNING O‘RNI
VA AHAMIYATI
Nazarova Gulshanda Olimovna,
Rajapova Feruza Zavqidinovna
Navoiy viloyati Navoiy shahar 6-umumiy
oʻrta taʼlim maktabi o‘qituvchilari
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlar ma’naviyatini shakllanishida kitobning
o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni o‘qishga, kitob bilan
ishlashga o‘rgatishda o‘qituvchi va ota-onalarning roli haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: kitob, ma’naviyat, ovoz chiqarib o‘qish, yakka va birgalikda o‘qish, to‘xtab
o‘qish, ma’naviy kamolot, o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-ona, axborot vositasi, nutq, tafakkur, xotira,
idrok.
Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yarog‘, asbob-uskunalar orasida eng
g‘aroyibi, shubhasiz kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy
davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop-ko‘zning davomi,
telefon-ovozning, omoch va qilich-qo‘lning. Biroq kitob butunlay
boshqa narsa, kitoblar-xotiralar va tasavvurlarning davomidir.
Luis Xorxe Borxes
Darhaqiqat, kitob insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Bugungi
zamonning eng rivojlangan texnologiyalari ayrim o‘quvchilarni kitobdan uzoqlashishiga sababchi
bo‘lmoqda. Bu esa ularning ma’naviyatiga, dunyoqarashiga o‘z ta’sirini ham o‘tkazmoqda.
O‘quvchilarni kitob bilan ishlashga o‘rgatish hozirgi zamonning eng dolzarb masalalari va
muammolaridan biri hisoblanadi. Bolani kitob bilan yoshlik chog‘idanoq do‘stlashtirish, uning
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli-tuman filmlar hamda multfilmlarni tomosha qilish bilan
chegaralanib qolmaslikka o‘rgatish lozim bo‘ladi.
Bu 2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi
axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu qonunga muvofiq axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi-uni bolalarning quyidagi yosh
toifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi: etti yoshga to‘lmagan bolalar uchun
axborot mahsuloti “0+”, etti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot “7+” , o‘n ikki yoshga to‘lgan
bolalar uchun axborot mahsuloti “12+”, o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti
“16+”, bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti “18+” yozuvini aks ettirishi kerak.
Albatta bu axborotlardagi yosh tasnifi faqat televideniyadagi axborotlar xavfsizligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda ota-onalar ham hushyor bo‘lishi talab etiladi.
Bolalarni kitobga oshno qilishni ilk bolalik davridanoq boshlasak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Keyinchalik maktabgacha yoshdan kitob bilan muloqot qilishga o‘rgatib borish lozim.
Biz bilamizki, o‘qish esa birinchi sinfdan boshlanadi. Bolaning o‘qishi juda murakkab
jarayondir. O‘qish orqali bolalarda muhim murakkab jarayonlar: idrok, xotira, tafakkur va nutq
o‘sishi kabilar shakllana boradi. Bu sifatlar bolaning kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi.
Kitob o‘qishni uyushtirishda tez va aniq idrok qilish, diqqatda barqarorlik, uzoq esda saqlab
qolish, xotiraning tayyorligi, tafakkurning puxtaligi, mantiqiyligi va nutqning boyligi, rang-
barangligi, to‘g‘riligi har bir o‘quvchining faol, ma’lum darajada mustaqil bilim olishiga xizmat
qiladi.
O‘zini atrofdagilar, o‘rtoqlari, o‘qituvchisi yoki ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi
eshitayotganini his qilishi va idrok etishi lozim. Shundan so‘ng o‘rtacha ovozda har bir tovush,
bo‘g‘in, so‘z va gaplarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qishi, gaplar orasidagi to‘xtamlarga rioya qilishi,
tinish belgilari uchraganda ovozni pasaytirish yoki to‘xtab o‘qish lozimligini bilish kabilarga
o‘quvchilar e’tibori qaratiladi. Bolani faqatgina darslarda emas, balki uyda ham surunkali ravishda
o‘qishi ota-onalar tomonidan nazorat qilib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi bilan
ota-onalarning muntazam ravishdagi hamkorligi o‘quvchidagi ijobiy xislatlar va tafakkurning
keng doirada rivojlanib borishiga xizmat qiladi. O‘quvchilarni kitob bilan ishlashga o‘rgatib borish
kelgusida ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada o‘stirishga zamin yaratadi.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |