Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/149
Sana24.02.2022
Hajmi3,13 Mb.
#216761
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHI YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANISHIDA KITOBNING O‘RNI 
VA AHAMIYATI
Nazarova Gulshanda Olimovna, 
Rajapova Feruza Zavqidinovna
Navoiy viloyati Navoiy shahar 6-umumiy 
oʻrta taʼlim maktabi o‘qituvchilari
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlar ma’naviyatini shakllanishida kitobning 
o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni o‘qishga, kitob bilan 
ishlashga o‘rgatishda o‘qituvchi va ota-onalarning roli haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: kitob, ma’naviyat, ovoz chiqarib o‘qish, yakka va birgalikda o‘qish, to‘xtab 
o‘qish, ma’naviy kamolot, o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-ona, axborot vositasi, nutq, tafakkur, xotira, 
idrok. 
Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yarog‘, asbob-uskunalar orasida eng 
g‘aroyibi, shubhasiz kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy 
davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop-ko‘zning davomi, 
telefon-ovozning, omoch va qilich-qo‘lning. Biroq kitob butunlay 
boshqa narsa, kitoblar-xotiralar va tasavvurlarning davomidir.
Luis Xorxe Borxes
Darhaqiqat, kitob insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Bugungi 
zamonning eng rivojlangan texnologiyalari ayrim o‘quvchilarni kitobdan uzoqlashishiga sababchi 
bo‘lmoqda. Bu esa ularning ma’naviyatiga, dunyoqarashiga o‘z ta’sirini ham o‘tkazmoqda.
O‘quvchilarni kitob bilan ishlashga o‘rgatish hozirgi zamonning eng dolzarb masalalari va 
muammolaridan biri hisoblanadi. Bolani kitob bilan yoshlik chog‘idanoq do‘stlashtirish, uning 
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli-tuman filmlar hamda multfilmlarni tomosha qilish bilan 
chegaralanib qolmaslikka o‘rgatish lozim bo‘ladi. 
Bu 2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi 
axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida ham ko‘rsatib o‘tilgan. 
Ushbu qonunga muvofiq axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi-uni bolalarning quyidagi yosh 
toifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi: etti yoshga to‘lmagan bolalar uchun 
axborot mahsuloti “0+”, etti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot “7+” , o‘n ikki yoshga to‘lgan 
bolalar uchun axborot mahsuloti “12+”, o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti 
“16+”, bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti “18+” yozuvini aks ettirishi kerak. 
Albatta bu axborotlardagi yosh tasnifi faqat televideniyadagi axborotlar xavfsizligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda ota-onalar ham hushyor bo‘lishi talab etiladi. 
Bolalarni kitobga oshno qilishni ilk bolalik davridanoq boshlasak maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Keyinchalik maktabgacha yoshdan kitob bilan muloqot qilishga o‘rgatib borish lozim. 
Biz bilamizki, o‘qish esa birinchi sinfdan boshlanadi. Bolaning o‘qishi juda murakkab 
jarayondir. O‘qish orqali bolalarda muhim murakkab jarayonlar: idrok, xotira, tafakkur va nutq 
o‘sishi kabilar shakllana boradi. Bu sifatlar bolaning kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. 
Kitob o‘qishni uyushtirishda tez va aniq idrok qilish, diqqatda barqarorlik, uzoq esda saqlab 
qolish, xotiraning tayyorligi, tafakkurning puxtaligi, mantiqiyligi va nutqning boyligi, rang-
barangligi, to‘g‘riligi har bir o‘quvchining faol, ma’lum darajada mustaqil bilim olishiga xizmat 
qiladi. 
O‘zini atrofdagilar, o‘rtoqlari, o‘qituvchisi yoki ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi 
eshitayotganini his qilishi va idrok etishi lozim. Shundan so‘ng o‘rtacha ovozda har bir tovush, 
bo‘g‘in, so‘z va gaplarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qishi, gaplar orasidagi to‘xtamlarga rioya qilishi, 
tinish belgilari uchraganda ovozni pasaytirish yoki to‘xtab o‘qish lozimligini bilish kabilarga 
o‘quvchilar e’tibori qaratiladi. Bolani faqatgina darslarda emas, balki uyda ham surunkali ravishda 
o‘qishi ota-onalar tomonidan nazorat qilib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi bilan 
ota-onalarning muntazam ravishdagi hamkorligi o‘quvchidagi ijobiy xislatlar va tafakkurning 
keng doirada rivojlanib borishiga xizmat qiladi. O‘quvchilarni kitob bilan ishlashga o‘rgatib borish 
kelgusida ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada o‘stirishga zamin yaratadi. 


105

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish