Январь 2021 10-қисм
Тошкент
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI BOSHLANGʻICH
TA’LIMNING UNIVERSAL VOSITASI SIFATIDA
Nazarova Shoxsanam Xolmirzayevna
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
2-umumta’lim maktabi Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
+998933584797
Annotatsiya: Maqolada ta’lim tizimining quyi pogʻonasi boʻlgan boshlangʻich ta’lim
darslarining samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalari hamda axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga doir fikrlar bayon etilgan.
Kalit soʻzalari: boshlangʻich ta’lim, pedagogik texnologiyalar, AKT, animatsiya, elektron
testlar.
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini oʻqitishda AKTdan samarali foydalanish
dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, na-
faqat oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shax-
siy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi. Pedagogik texnologiyalarning
rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot-texnologi-
yalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini,
mahoratini kuchaytirishga imkon yaratadi.
Boshlangʻich ta’lim - ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, oʻquvchilarni oʻqitish sifati
unga bogʻliq boʻladi va bu boshlangʻich sinf oʻqituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Oʻz faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va
oʻquv jarayonida AKTdan foydalanish boʻyicha ma’lum tajribalar toʻplanib borilmoqda. АKTdan
foydalanilganda ta’limda shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson boʻlib qoldi,
butun oʻquv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo boʻldi.
Axborot texnologiyalarini barcha oʻquv fanlarda qoʻllash mumkin. Darslarda oʻquv va
oʻyin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Boshlangʻich sinflar oʻquvchilari uchun
turli didaktik materiallar toʻplamidan foydalanib, koʻrgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test
sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. 1-sinfda oʻqish
darsida elektron oʻquv qoʻllanmalari tayyorlab, foydalanish joriy qilindi. Unda soʻzni tovushli-
harfli tahlil qilish, soʻzning boʻgʻinlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar oʻrganilishi turli qiziqarli
koʻrgazmali va ovozli material berilgan. Yorqin rasmlar, gʻaroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik
yoshdagi oʻquvchilarda fanga boʻlgan qiziqishni oshirishga yordam beradi, oʻyin shaklida oʻquv
materiali bilan tanishish imkonini beradi, oʻzini nazorat qilish va oʻquv refleksiyasi uchun keng
imkoniyatlar taqdim etadi. Matematika darslarida «Oʻyinli masalalar» dasturlarini tayyorlab,
foydalanish mumkin. Boshlangʻich sinfda oʻrganiladigan koʻplab mavzular boʻyicha turli
materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir oʻquvchining
idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Barcha oʻquv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma
koʻrinishidagisidan foydalangan boʻlsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir oʻquvchi bilan
shugʻullanish mumkin. AKTdan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika,
badiiy oʻqish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa oʻquv fanlari boʻyicha qator turli
testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli
testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib boʻlishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi,
bahoni kompyuterning oʻzi taqdim etadi, u yoki bu mavzu boʻyicha kamchiliklarini aniqlashlariga
imkon beradi. Ona tili boʻyicha oʻrganiladigan soʻz leksik mazmunini talqin qilishda va
birliklarni turlarga ajratishda oʻquvchilarda qiyinchiliklar tugʻdiradi. Bular: antonimlar,
sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali oʻquvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, soʻzning
toʻgʻri va koʻchma ma’nosini topishga, sinonimlarni toʻgʻri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va
omonimlarni farq qilishga oʻrgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bagʻishlangan «Teskari oʻyin»
testidan foydalanish oʻquvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.
Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini
oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin,
uning alohida qismlarida toʻxtalish, oʻquvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash
107
Do'stlaringiz bilan baham: |