Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA TA’LIM BERISHDA
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Quryozov Farhod Rahimovich
Xorazm viloyati Yangibozor tumani
17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
e-mail: nasiba.xalmuratova@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yangi zamonaviy pedagogik
texnologiya va didaktik o‘yinlardan foydalangan holda kompetensiyaviy bilim berish haqida
fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar
: innovatsiya, nutq, pauza, texnologiya, intonatsiya, janr, badiiy asar, tahlil qilish,
didaktik o‘yin,
Ta’lim tizimida bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar har bir fan o‘qituvchisini faollikka,
pedagogika sohasidagi yangiliklardan boxabar bo‘lishga va har bir dars jarayonida yangi
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda kompetensiyaviy ta’lim
berishga undaydi.
Boshlang‘ich sinflarda ifodali o‘qish metodikasida o‘quvchilarning nutq texnikasi: nafas olish,
ovoz diksiya; nutq logikasi: pauza, urg‘u, ohang va intonatsiyalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Jumladan, 2-sinf “O‘qish kitobi” da keltirilgan Umarali Qurbonovning “Onam” she’rini
ifodali o‘qishga o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarga nafaqat she’rdagi so‘zlar urg‘usi, ohang va
intonatsiyasi, balki ushbu so‘zlarning mazmuni va mohiyatini tahlil qilish orqali ularning qalbida
oila a’zolariga g‘amxo‘rlik , mehr-oqibatlilik va mas‘uliyat hissi singdirib boriladi. Ifodali o‘qish
musobaqasini o‘tkazish asnosida o‘quvchilarda bir-birini tinglash va hurmat qilish tuyg‘ulari
shakllantirib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda badiiy asarlar
ustida ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1.Badiiy asar mazmuni bilan tanishtirish.
2.Asar mazmunini uning xususiyatlari bilan birgalikda tahlil qilish.
Tahlil qilish jarayonida matn ustida ishlashning turlicha usullaridan foydalanish mumkin.
Masalan, to‘g‘ri sarlavha tanlash, topshiriqqa mos qismini o‘qish, savollarga o‘z so‘zi bilan
javob berish, asar rejasini tuzish, qaysi janrga (ertak janri, masal janri, she’riy janr, hikoya janri,
doston janri, maqol janridagi asar ) mansubligini aniqlash va boshqalar.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirish uchun ularning yosh
xususiyatlari va aqliy aktivligiga mos ravishda kompetensiyaviy ta’lim berishda didaktik o‘yinlar
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |