61
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANINI MATEMATIKA YORDAMIDA
SODDALASHTIRIB O‘RGATISH TAMOYILLARI
Jumaniyazova Xosiyat Zoirovna
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi
33-son maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998 94 3164830
Annotatsiya.
Ushbu tezisda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra
turlarini
o‘quvchilarga o‘rgatish yuzasidan tavsiyalar berilgan. Tavsiyalar asosida matematika yordamida
ona tili fanini yanada aniqlashtirib, soddalashtirib tushuntirish mumkin.
Kalit so‘zlar.
So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, so‘z, ko‘p ma’noli so‘zlar,
omonim, sinonim, antonim,
funksiya formulasi, shakldoshlik.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter hamda mobil telefonlar
rivoji hozirgi davr
o‘quvchilariga qulayliklar yaratgani barobarida ularni dangasa qilib qo‘yayotgani ham hech kimga
sir emas. Chunki hozirgi o‘quvchilar hisob-kitob ishlarini erkin va mustaqil fikrlab bajarmasdan,
mavjud texnik vositalarga tayanib tez va oson hal qilib qo‘ya qoladilar. Buning natijasida miyaning
dangasalashishi kuchaymoqda.
Shuni inobatga olib, darslarda o‘quvchilarning mustaqil fikr-mulohaza yuritishini tashkil etishga
to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, bu vazifani ona tili darslarida ham o‘ziga xos usullarda tashkil qilish
mumkin. Aytaylik, “aql gimnastikasi” ta’rifini olgan matematika fani imkoniyatlari bu jihatdan
ona tili o‘quvchilariga ko‘mak beradi. Chunki bu fan o‘quvchilarda diqqat va fikrni to‘play bilishni
tarbiyalashda muhim vosita bo‘la oladi. U orqali o‘quvchilarning bilishga intilishini kuchaytirish,
mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘usini, erkin mulohaza yuritish va munosabat bildirish
ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.
Agar davr talabidan kelib chiqib, ona tili darslarida o‘quvchilarning intelektual qobiliyatlarini
va darsdagi mustaqilligini rivojlantrish maqsadida matematika
va ona tili fanlarining
imkoniyatlari o‘zaro uyg‘unlashtirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Mavzuni zamonaviy
pedagogik texnologiyaning yangicha bir ko‘rinishi sifatida tushuntirishga erishiladi. Eng muhimi
o‘quvchilarning dars mavzusiga qiziqishi oshadi. Ular til hodisalarini kuzatib, taqqoslab, o‘xshash
va farqli tomonlarini oson aniqlashga, umumlashtirishga muvaffaq bo‘lishadi. Qoida va ta’riflar
asosida ishlashni o‘rganishadi. Ayniqsa bu leksikologiya bo‘limini o‘rganishda amalga oshirilsa,
o‘quvchilar so‘z ma’nolarini
sharhlashni, nutqiy sharoitda ularning o‘z va ko‘chma ma’noda
qo‘llanganini mustaqil aniqlay olishadi. Shundan kelib chiqib, o‘zbek tilidagi ko‘p ma’noli
so‘zlarni hamda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatini funksiya formulasi hamda funksiya
jadvali usulida o‘rganishni tavsiya qilish mumkin.
So‘zlarning funksiya formulasi matn bilan bog‘liqlikda tuziladi. Buning uchun ma’lum bir
so‘zning matnda boshqa so‘zlar bilan aloqasi, uning boshqa so‘zlar bilan ma’no va shakl jihatidan
semantik yo morfologik belgilariga ko‘ra mosligi aniqlanishi lozim. Shundagina ushbu so‘zda
funksiya aniqlangan hisoblanadi va uning funksiya formulasini tuzish mumkin bo‘ladi.
Bunda
biror bir so‘zning boshqa so‘zga bog‘liqligini ta’kidlash uchun xuddi matematikadagidek “y” va
“x” alomatlaridan foydalaniladi.
Bir so‘zning matnlarda bir nechta ma’noda kelishi uning ko‘p ma’noli so‘z ekanligidan darak
beradi. Bunday so‘z o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noda kelishi bilan e’tiborni tortadi.
So‘zni matn ichidagina qanday ma’noda kelganligini aniqlash mumkin. Bunda “y” alomati o‘z
ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noga ega so‘zni bildirib kelsa, “y(x)” alomati o‘sha so‘zning
ko‘chma ma’nolarini topishga ishora qiladi. Demak, “y”—o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chma
ma’noli so‘z sifatida matn bilan bog‘liq funksiyaga egaligi ravshanlashadi. Masalan, “ko‘z”
so‘zining “y” tomoni uning qarash faoliyati funksiyasini bajarishida kuzatilsa, uning “x” tomoni
matnda boshqa so‘zlar bilan munosabatda qaysi funksiyada kelishi bilan belgilanadi. Bunda
“x” noma’lumlikka ishora qilishi bois so‘zning ham “x” tomonini, ya’ni uning qaysi ma’noda
qo‘llanganligini aniqlashga undaydi. Shundan kelib chiqib, “ko‘z” so‘zining funksiya formulasini
quyidagicha tuzish mumkin:
L-ko‘z (y)=5x
Bunda “L-ko‘z” belgisi “ko‘z leksemasi”
tushunchasini bildirsa, “5x” ko‘z leksemasining