SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK ASOSLARI
Ergasheva Dilnoza Xolmat qizi
Toshkent shahar Mirobod tumani 147-maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
e-mail: edilnoza009@gmail.com
Telefon: +998998655872
Annotatsiya:
maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ixtirochilik qobiliyatini shakllantirish
jarayonining pedagogic hamda psixologik shart-sharoitlari atroflicha yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich sinf, ta’lim, tarbiya, ixtiro, kashfiyot, qobiliyat, salohiyat, natija,
tirishqoqlik, bilim.
Boshlang‘ich sinflarda ixtirochilikni shakllantiruvchi hamda ushbu qobiliyatni rivojlanish
tendensiyalarini o‘zida aks ettiruvchi fanlarni joriy etish masalasini ko‘rib chiqishdan oldin
ixtirochilik va kashfiyotchilik nima ekanligi va ularning yagona tushuncha emasligini ko‘rib
chiqadigan bo‘lsak, ixtiro keng ma’noda (arabcha- so‘z bo‘lib yangilik, “yangilik yaratish” degan
ma’noni anglatadi) xalq xo‘jaligining turli sohalarida, ijtimoiy-madaniy, qurilish va mudofaa
sohalarida ijobiy samara beradigan, o‘ziga xos texnikaviy yoki texnologik yechimga ega bo‘lgan
yangilik. Tor ma’noda - davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza
qilinadigan yangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik ixtiro bo‘la olmaydi. Masalan, quruq
ilmiy qoidalar, takliflar ixtiro hisoblanmaydi. O‘zbekiston Respublikasida ixtirochi bo‘la olish
sharoitlari va uni tasniflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilda
tasdiqlangan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida ” gi Qonunda belgilangan.
[1] Ixtiro bo‘yicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohnomasi va patent berish
ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idoralari tomonidan amalga oshiriladi. [2,134]
Kashfiyot insoniyatning bilish jarayoni darajasini tubdan o‘zgartiradi. Kashfiyot fan-texnika
inqilobining asosini tashkil etadi,fan va texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika
taraqqiyotiga yangi yo‘nalishlarni olib kiradi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish
kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi. Ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar
yaratish mumkin. Har qanday ixtiro ham kashfiyot bo‘la olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga suyangan
holda qilinadi. Kashfiyot ham ixtiro ham qonunchilikda muhofazalanadi.[2,167]
Barchasi bola kelajagini hal qiluvchi hayotiy bosqich, ya’ni, uch yoshgacha bo‘lgan davrdagi
go‘dak miyasining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun ham tug‘ilishdan uch yoshgacha
bo‘lgan davr va berilgan ta’lim juda muhimdir. Ayni paytda, farzand tarbiyasini uning bolalar
bog‘chasiga chiqish davriga qadar qoldirish juda kechdir.[3,13]
Shunday ekan, xorij tajribalaridan xulosa qiladigan bo‘lsak, biz ham ixtirochilik yo‘nalishini bir
yo‘nalish ya’ni fan sifatida boshlang‘ich sinflar darsliklari qatoriga qo‘shishimiz lozim. Yaponiya
ta’lim tizimini o‘rganish jarayonida shuni o‘rgandimki, ularda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
bemalol turli xil kashfiyotlar qilishar ekan. Va shunisi ajablanarliki, har bir o‘quvchi bir sinfdan
ikkinchi sinfga o‘tish jarayonida biror ixtiro qilishi va maktabni bitirish vaqtida yangicha kashfiyot
yaratishi majburiy ekan. Yoki bo‘lmasam Amerika maktablarida ajoyib fan “Ilmiy kashfiyotlar”
o‘rgatiladi. Uning maqsadi - yosh ixtirochilar potensialini uyg‘otish. Nazariy kurslardan keyin,
o‘quvchilarga yangi narsa yaratish vazifasi topshiriladi. Uni bajarish uchun o‘quvchilarga bir
yil vaqt beriladi. Kurs oxirida o‘quvchilar o‘z ixtirolarini namoyish qilishadi, uning aktualligini
muhokama qilishadi va baholashadi. Shuni takidlash joizki, mana shunday fanlarni o‘z yosh
avlodlariga o‘rgatayotgan chet el davlarida samara va natijalar yaxshi bo‘lganini ko‘rganimizdan
keyin, albatta biz ham bu fanlarni darsliklar qatoriga qo‘shmog‘imiz lozim. Bu fanlar ya’ni
ixtirochilikka oid fanlar bolaning fikrlash qobiliaytini shakllantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.
Eng asosiysi, bolani izlanishga undaydi.
Agar bu fanni 1-sinflar darsliklar qatoriga qo‘shilsa natija yana ham yaxshi bo‘ladi. Bu darslikni
qiziqarli qilib ishlab chiqilsa, rang – barang rasmlarga boy bo‘lsa, bola albatta bu fanga qizqishi
ortadi va yuqori sinflarda o‘tiladigan fizika yoki geometriya fanlarini yaxshi o‘zlashtirishi uchun
poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu darslikni bola yoshiga moslab murakkablik darajasini oshirib
borishi bolaning aqlini va o‘zlashtirish darajasini o‘stirishiga olib keladi. Buning natijasida
58
Do'stlaringiz bilan baham: |