PSIXOLOGIK ASOSLARI.
Taniyev Shukur Sadibekovich
Guliston Davlat Universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya.
Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishdagi muvaffaqiyatlar motivasiyaga
asoslanadi, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishda, bilim va ko‘nikmalarning shakllanishida hamda
shaxsning ayrim sifatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatli bo‘lgan va harakatga keltiruvchi
stimullarga bog‘liq bo‘ladi.
Kalit so’zlar.
Stimullashtirish, individual xususiyatlar, rezerv, shaxsiy taraqqiyot, intellektual,
motivasiya.
Bolalarda qobiliyatlar mavjudligining o‘zi muvaffaqiyat garovi bo‘lolmaydi, chunki zarur
motivasiyaning bo‘lmasligi oqibatida shaxsiy tashabbussiz na o ‘quv faoliyatiga, na muloqot
jarayoniga kirisha oladi. Natijada psixologik rivojlanishni o‘zida aks ettiradigan ijtimoiy
faollikning turlarida kam ishtirok eta boshlaydi. Motivasiyaning kamchilligi holatida mavjud
layoqatlar ham qobiliyatga aylanmaydi, intellektual va shaxsiy taraqqiyot esa sekinlashib
boradi. Bolalarga ta’lim va tarbiya berishda ahamiyatli rezervlar mavjud bo‘lsada, amaliyotda
ular motivasiyaning etishmasligi tufayli to‘laligicha qo‘llanilmaydi. U shbu holatning sabablari
bir nechtadir. Birinchidan, turli yoshdagi bolalarning turli individual xususiyatlari bilan ta’lim,
muloqotga kirishishlariga turtki bo‘luvchi barcha motivlar oxirigacha o ‘rganilgan emas.
Ikkinchidan, katta bo’lishgach pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangandan so‘nggina kishi ilk
bor bolalaming ta’lim olish motivlari borasida fikrlashga harakat qiladi va kishining o‘quv
maskanigacha yoshdan o ‘tgandan keyingina bolalaming xulqatvoridagi haqiqiy motivlari haqida
bashorat qila olish mumkin. Ammo, kishining oldindan ko‘ra olishi qanchalik to‘g‘ri ekanligi
va voqelikka mos kelishdek bashorat qilishga kafolat yo‘qdir. Balki, kishi bolalarda haqiqatdan
ham bo‘lmagan narsalarni mavjud qilib ko‘rsatishga va ulam ing ta ’lim , tarbiyasini haqiqiy
motivlashtiruvchi ahamiyatli bo’lgan narsa haqida bilmasligi ham mumkin. Uchinchidan,
bolalarda individual farqlanish mavjud bo‘lib, bir bola uchun muhim bo'lgani boshqalar uchun
qiziqish uyg‘otmas!igi mumkin. To‘rtinchidan, faol harakatlanuvchi motivlar yig‘indisi sifatida
qaraladigan motivasiyaning o‘zi vaziyatga nisbatan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Shuning uchun
ham ta ’lim va tarbiyaviy qiziqishlami stimullashtirish ayrim vaziyatlarga mos kelsada, ba’zida
esa noadekvat bo’lishi mumkin. Bolalarga ta’lim va tarbiya berishda eng muhim vazifalardan bin
shundan iboratki, yuqoridagi qayd etilgan motivasiyaning o‘zgarish sabablarini inobatga oigan
holda, amaliy jihatdan unga ta’sir qila bilish va motivasiyani kamaytiruvchi minimum omillarga
olib kela bilish kerak. Ta’lim va tarbiyalash jarayonida namoyon bo‘ladigan har qanday motiv
va qiziqishlami qanchalik ko‘rib chiqmaylik, binobarin natijada ular rag‘batlantirish va jazolash
uslubiga borib to‘xtaladi. Bolaning psixologik rivojlanishi uchun rag‘batlanishi vajazolanishi bir
xil me’yorda stimul sifatida muhimdir: rag‘batlantirish ijobiy sifatlam ing rivojlanishiga xizmat
qilsa, jazolanish salbiy xususiyatlarni korreksiyasiga yoki tuzatishga qaratiladi. Amaliyotda
mos holatda har ikkalovining qo‘llanilishi ta’lim va tarbiya vazifalaridan kelib chiqqan tarzda
o‘zgarishi lozim. Psixologik nuqtai nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish
bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir.
Pedagog hamma vaqt odamlar orasida bo’larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib
kelayotgan haqiqatni o ‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o
‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida
shakllanadi; ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan
cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina
muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo'lib, ko‘pincha o ‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina
cheklanib qoiadi. O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy
ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to’ldirib , o‘zining individual ijtimoiy
tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi. Odatda, aksariyat o‘qituvchilar
mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.
Büning motivlari, odatda, pedagogik faoliyat jarayonida o ‘qituvchi oldida yuzaga keladigan
muammolami anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar o‘qituvchilarni
69
Do'stlaringiz bilan baham: |