Тошкент-2021 3 Апрель 2021 7-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/67
Sana01.04.2022
Hajmi2,3 Mb.
#523935
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Bog'liq
7.Filologiya fanlarini rivojlantirish yulidagi tadkikotlar 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Mahmudov N.O‘qituvchi nutqi madaniyati.Toshkent-2009.


21
Апрель 2021 7-қисм
Тошкент
NOANA’NAVIY METODLAR VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI 
(ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARI MISOLIDA)
Yodgorova Nilufar Abduqodirovna
Qo‘qon shahar 31-maktab, 
ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Tel: +99897 503-33-60
Annotatsiya:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’limga joriy etish, noan’anaviy 
metodlarni ta’limda qo‘llash bilim sifat va samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Kalit so‘zlar: 
Ijodiy fikrlash, verbal muloqot, nutq so‘zlash, musobaqa, ishchanlik o‘yinlari, 
qayta hikoyalash.
Bugungi kun pedagoglaridan ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv predmetlarini puxta 
egallashni taqozo etmoqda. Buning uchun esa har bir ta’lim bosqichida asosiy fan bo‘lgan bo‘lgan 
ona tili fanini puxta egallash, ona tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash, ijodiy fikrlashni o‘rgatish zarur.
Bunday bilimga ega bo‘lsih barcha fan bo‘yicha chuqur bilimlarni egallashni, ifodali tartibli 
so‘zlash va ijodiy fikrlashni ta’minlaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun esa ta’lim metodlarini 
takomillashtirish, eng qulay metodni tanlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’limga 
joriy etish, ayniqsa, noan’anaviy metodlarni ta’limda qo‘llash bilim sifati va samaradorligini 
oshiradi. Ma’lumki, noan’anaviy metodlar o‘qituvchi pedagoglarning ijodkorligi, o‘z fanini 
puxta bilishi va uni eng qulay va zamonaviy metodlarda o‘rgatishi jarayonida shakllanadi. 
Ya’ni o‘qituvchi odatdagi an’anaviy metodlarni ijodiy o‘rganish, uning talablariga mos holda 
yangi metodlarni singdirish, o‘quvchilarning o‘zlari bajarib o‘rganishini ta’minlash maqsadida 
noan’anaviy metodni qo‘llaydi. 
Filologiya va pedagogik tizimdagi fanlarni o‘qitish jarayonida noan’aviy metodlardan 
foydalanish ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga zamin yaratadi. Ona tili darslarida 
mashqlarni bajarish jarayonida o‘qish, yozish, fikrlash, so‘zlab berish, qayta hikoyalash va shu 
kabi turli harakatlarni bajarish mumkin. Shuningdek, mavzu doirasida ko‘rik-tanlov, musobaqa, 
ishchanlik o‘yinlarini qo‘llash kabilardan foydalanish mumkin. Bunda mashg‘ulotda ko‘proq 
vaqt mashq bajarishga, uni isbotlash, tushuntirishga sarflanadi. O’quvchi faolligi ortadi va 
bu orqali ta’limda yuqori natijaga erishish mumkin. Chunki mashq bajarish o‘zlashtirishning 
mustahkamlaydigan o‘quv jarayoni hosoblanadi. Ushbu mashqlarda o‘qituvchining faoliyatidagi 
rahbarlik va nazorat alohida jarayon hisoblanadi. Ammo bilim va faoliyatni nazorat qilishning eng 
muhim o‘zini-o‘zi nazorat qilish hisoblanadi. 
Verbal muloqot nutq so‘zlash, ma’ruza, suhbatlashish, savolga javob berish kabi so‘z bilan 
bog‘liq faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Muloqotdagi qo‘llaniladigan nutq - so‘z o‘qituvchi 
va o‘quvchiga ma’lum bo‘lgan tushunchlarga asoslanib yangi axborotlarni tushuntiradi. Bu 
jarayonda o‘quvchilar diqqatini so‘zni eshitish, tinglash, tushunish, anglash, tahlil qilish, qiyoslash 
umumlashtirish kabi mantiqiy fikrlash, eshitganlarni xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari 
orqali amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati va iqtidori ortadi. Bilishga 
intilishi kuchayadi. Buning uchun ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari so‘zning izchilligi, 
tushunarli va qiziqarligiga diqqat qilish bilan birga o‘quvchilarni ham jalb etishi lozim, chunki 
yuqori saviyada, qiziqarli qilib tushuntib berilgan har bir dars o‘quvchining eshitish qobiliyatini 
pasaytiradi. Shuning uchun ham dars jarayonida o‘quvchilar bilan savol-javob uyushtirish, fikr 
almashish talab etiladi. Masalan, o‘qituvchi dars mavzusini bir necha reja asosida tashkillashi, har 
bir rejadan so‘ng u bilan bog‘liq savol-javob, ko‘rsatmalilikdan foydalanish, ayrim muammolarni 
yechish, masalalarni tanlash kabilar o‘quvchilrning mavzu doirasida izlanishi orqali fikrlashuvini 
ta’minlaydi. Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni tashkil qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 
Muammoli vaziyat yaratilganda o‘quvchi savollarga javob berishi, dalillarni tahlil qilish, o‘zaro 
fikr almashish imkonini beradi, darsga, mavzuga ijobiy munosabat bildiradi. O’quvchilarda darsda 
ishtirok ishtiyoqi, xushyorlik, u yoki bu muammoga yechim izlash hissi ortadi.
Umumta’lim maktablari yuqori sinflarida adabiyot darslari kuzatildi. Adabiyot darsida 
“Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida verbal usulda dars tashkil etildi. Darsni tashkil 
etishda o‘qituvchi A.Navoiyning sharqning buyuk mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi, g‘azal 
mulkining sultoni, shoir va adabiyotshunos sifatidagi ilmiy-falsafiy qarashlari haqida fikr yuritadi. 


22

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish