References.
1. Hoshimov O., Yakubov I. Methods of teaching English. - T .: 2003
24
Апрель 2021 7-қисм
Тошкент
TASDIQ-INKOR KATEGORIYALARI XUSUSIDA XULOSALAR
Yulduz Akramjon qizi Shodmonaliyeva
Termiz davlat universiteti lingvistika:
o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi magistranti
Annotatsiya: U
shbu maqolada tasdiq-inkor kategoriyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va
ularning aynan lingvistik sohasida tadqiqiga e’tibor qaratildi hamda bu borada rus va jahon
tilshunosligida bayon qilingan fikr va mulohazalar tadqiq obyekti sifatida o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
kategoriya, tasdiq-inkor, nazariy va amaliy tilshunoslik, rus tilshunos olimlari.
Ma’lumki, boshqa soʻz turkumlari bilan feʼl orasida tuslanishda, kesimlik bilan shakllanishda
jiddiy farqlar bor. Bu feʼlning kesimlik vazifasini bajarish imkoniyatining kengligi, kesim
vazifasiga koʻproq xoslanganligi tufayli unda mazkur maʼnolarni ifodalovchi vositalarning keng
rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Kesimlik murakkab kategoriya boʻlib, uning tarkibiy qismlari tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-
kategoriyalaridir. Bu kategoriyalar kesimlik kategoriyasining alohida shakllari emasmi, ularning
har birini kategoriya sifatida baholashga asos bormi degan savol tugʻilishi tabiiy. Chunki bunga
oʻxshash hol oʻzgalovchi kategoriya misolida kuzatilgan edi. Maʼlumki, kategoriya shakllari bir
zotiy maʼnoni xususiylashtirishi kerak edi. Kesimlik kategoriyasining zotiy maʼnoviy mohiyati
murakkab boʻlib, undagi tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son maʼnolari nisbiy alohidalikka ega.
Shuningdek, bu kategoriyalarning ichki shakllari boshqa kategoriyalar maʼnolari asosida emas,
balki oʻzlari tegishli kategoriyalar maʼnolarini xususiylashtiradi. Masalan, zamon kategoriyasi
shakllari zamon maʼnosini xususiylashtiradi (oʻtgan, hozirgi, kelasi). Shaxs-son kategoriyasi
(birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs birlik va koʻplik) shakllari shaxs-son maʼnosinigina
xususiylashtiradi. Bularda “begona” kategoriyalar tajallilarini kuzatmaymiz. Demak, kesimlik
kategoriyasi ichki kategorial sistemalardan iborat yaxlitlikdir. Yaxlitlikning mohiyati shundaki,
bu ichki kategoriyalarning birortasi ikkinchisisiz yashay olmaydi.
Kesimlik kategoriyasi murakkab ekan, uning tarkibiy qismlarining yuzaga chiqishida uch
holat farqlanadi:
a) kesimlik maʼnosining yigʻiq ifodalanishi: Kel. O’qiy. Oʻqigin. Talabaman. Shifokorsiz;
b) kesimlik maʼnosining yoyiq ifodalanishi: Kelmasaydingiz. Talabadirman;
v) kesimlik maʼnosining tafsiliy ifodalanishi: Yozsa boʻladi. Yosh edim. Kulsa kerak.
Quyida bu ichki kategoriyalarning har birini alohida-alohida koʻrib oʻtamiz.
1. Tasdiq-inkor kategoriyasi (qisq. TIK) kesimdan anglashilgan fikrning tasdiq yoki inkorini
ifodalaydi. TIKning UGMsi “tasdiq, inkor maʼnolarini ifodalash bilan gap kesimni shakllantirishda
ishtirok etish, uning hol valentligiga taʼsir qilish”dir.
Tasdiq-inkor maʼnosini ifodalashda nol shakl (tasdiq), -ma boʻlishsizlik shakli, emas, na
yordamchi, yoʻq mustaqil soʻzlari (inkor) ishtirok etadi. Misollar: Majlis yarim kechagacha choʻzildi.
(O.Mux.) Uzoqdan Navoiyning qorasi koʻringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi.
(Oyb.) Na xotin, na farzand koʻrmagan, kimsasiz bechora bir yigit. (Uygʻ.) Mening farzandim
yoʻq, gulbogʻlarim yoʻq. (S.Nur.)
Boʻlishli-boʻlishsizlik kategoriyasini TIKdan farqlash lozim. Boʻlishli-boʻlishsizlik feʼlga
xos va uning nokesimlik shaklidir. Bunda boʻlishsizlik shakli boʻlgan –ma koʻrsatkichining
oʻrnini aniq bilish lozim. Bu shakl boshqa (masalan, -gan shakli sifatdosh shakli sifatida boshqa
paradigmadan, kesimni shakllantirishi bilan boshqa paradigmadan joy olganligi kabi) grammatik
shakllardek koʻp vazifali (polifunksional) dir. U gap kesimi tarkibida kesimlik kategoriyasining
UGMsidagi “gap kesimini shakllantirish” maʼnosini xususiylashtirganligi bilan boʻlishli-
boʻlishsizlik kategoriyasidagidan boshqa bir qirrasini namoyon qiladi. Bu serqirra mohiyatli,
koʻp funksiyali lisoniy birliklar kabi – ma shakli ham birdan ortiq paradigmadan oʻrin olishini
koʻrsatadi.
Tasdiq va inkor kategoriyasiga doir falsafiy va mantiqiy qarashlar rus va amerika tilshunoslari
25
Do'stlaringiz bilan baham: |