Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/181
Sana25.02.2022
Hajmi3,54 Mb.
#303200
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   181
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISHNING VAZIFALARI
Izzatillayeva Dilorom Xoldoraliyevna
Namangan viloyati Mingbuloq tumani
38-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning vazifalari, 
hisoblash malakalarini shakllantirish haqida mulohaza yuritiladi. 
Kalit so‘zlar:
ta’lim,
 
arifmetik amallar, o‘nli sanoq sistemasi, og‘zaki va yozma hisoblash, 
matematika.
Ta’limning texnologik yondashuvida ko‘rinishning umumiy mezoni uning aniq va puxta 
o‘ylangan maqsadiga yo‘naltirilgan. Bunda matematika fani alohida o‘rin egallaydi va uni 
boshlang‘ich sinflardan boshlab amalga oshirish kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda boshlang‘ich 
sinflarda matematika o‘qitish, maktab matematika fanini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichi 
sifatida qaraladi. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda ishlashda o‘rta maktabda matematika 
o‘qitishda ko‘zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda 
boshlang‘ich ta’limning ahamiyatini to‘g‘ri baholash kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim matematika dasturiga taalluqli ko‘pgina masalalar boshlang‘ich 
sinflardayoq shu darajada mustahkam o‘zlatirishi kerakki, bundan ular o‘quvchilar ongida butun 
umr saqlanib qolsin, boshqa masalalar esa malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida 
fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun kiritiladi.
Boshlang‘ich ta’limning muhim masalalaridan biri o‘quvchilarda ongli va mustahkam hisoblash 
malakalarini shakllantirishdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga sonlarning bazi xossalarini, o‘nli 
sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan hisoblash usullarini o‘zlashtirilishiga 
yo‘naltirilgan ish bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu ishning natijasida o‘quvchilar 
dasrurga kiritilgan nazariy xarakterdagi masalalarni ham, o‘rganilgan nazariy masalalarni ham, 
amaliy va o‘quv masalalarni hal qilishga tadbiq etishmalakalarini ongli va mustahkam egallashlari 
hamda og‘zaki va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak. Bunda nazariya va amaliyot 
dasturning arifmetik qismi ustida ishlash davomida birgalikda bir-biri bilanbog‘langan bo‘lishi 
kerak. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktab ishida dasturni amalga oshirish tajribasini kuzatishlar dasturning 
aynan shu muhit talabi ko‘pincha buzilishini ko‘rsatadi. Bu, masalan, og‘zaki hisoblash malakalarini 
shakllantirishda o‘qituvchilar ko‘pincha bolalar ongiga bajarilgan amallarning nazariy asosini 
yetkazish zarurliginiesdan chiqarishadi, ularni hisoblash vaqtida xato qilinganda o‘quvchilar 
nazariyaning yo‘l qo‘yilgan xatoning sababini tushuntirib olishga va uni mustaqil tuzata olishga 
yordam beruvchi nazariy masalalarni qarab chiqishga qaytarishda o‘rgatmaydilar.
Bunda aynan ongli o‘zlashtirish ishonchli, to‘g‘ri va tez hisoblashning haqiqiy mustahkam 
ko‘nikmalari shakllanishi mumkin bo‘lgan asosdir. Nazariya va amaliyotni ularning yagonaligida 
qarashga bo‘lgan talabning buzulishi matematika darslarida ko‘pincha bolalarga nazariy 
xarakterdagi masalalar mavhum shaklda berilishida, tegishli ta’riflar, qoidalar va hokazolar 
ularning amaliy tadbiqidan ajralgan holda o‘rganilishida namoyon bo‘ladi. Bunda quyidagicha 
holatlarni ham uchtratish mumkin: O‘quvchilardan yo dasturda umuman ko‘zda tutilmagan
yoki bolalar ancha keyin o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ifodalarni bilish talab qilinadi: masalan, 
o‘qituvchi 1-sinfda “Sonlar qo‘shishda qanday ataladi?” degan savolga to‘liq javob berishni talab 
qilganda ish shunday bo‘ladi. Matematik terminologiyani bu tarzda bilishni umuman talab qilib 
bo‘lmaydi. (muhimi shundaki, o‘quvchilar tagishli so‘zlarning ma’nosini o‘qituvchi foydalanganda 
tushunishlari va sekin-asta bu terminlarni o‘z nutqlariga kirita borishlari kerak). Sanab o‘tilgan 
hamma masalalarni yechish mazmuni samarali tanlanganda uni bayon qilish o‘ylangan sistema 
bo‘lganda va o‘qitishning tegishli usul va shakllarini hamda o‘qitish vositalarini bilib tanlab 
olganda amalga oshiriladi.

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish