Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.U. Bikbayeva Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi
2. Boshlang‘ich sinf matematika darsliklari.
3. Internet saytlari.
104
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
INDIVIDUAL YONDOSHISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Karimova Aziza O‘ktamovna
Urganch tuman 27-son maktab amaliyotchi psixologi
Telefon: +998 (93) 743 67 97
aziza_o‘ktamovna27@inbox.uz
Atabayeva Barno Rajabovna
Hazorasp tumani 1-son IMI o‘qituvchisi
Telefon: +998 (97) 515 84 10
b_atabayeva515@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
maktab o‘quvchilari jamoasida munosabat va muloqot
o‘rnatishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashda ularga individual
yondoshish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar
: Muloqot, munosabat, individual yondashuv, ijtimoiy faol shaxs, jamoa, gurux,
shaxsiy sifatlar, tarbiya, omillar, xususiyatlar.
Biz bilamizki, pedagog bir qator individual-psixologik xususiyatlarga ega bo‘lib, taraqqiy etib
borayotgan shaxs bilan shug‘ullanadi. Bir o‘quvchiga nisbatan muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan uslub, boshqa o‘quvchiga nisbatan qo‘llagan vaqtda kutilgan
samarani bermasligi ham xuddi ana shu holat bilan izohlanadi. Shu sababli ham umumiy tarbiyaviy
uslublar har bir o‘quvchining individual va tipologik xususiyatlarini inobatga holda yondoshishni
taqozo qiladi. Individual yondoshish orqali shaxsni tarbiyalash o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga
egadir.
O‘qituvchining o‘quvchiga individual yondoshuvi jamoa ichida va jamoa yordamida amalga
oshiriladi, hamda shu ma’noda umumiy tarbiya jarayonini uyg‘unlik bilan to‘ldiradi. Individual
yondashishda tarbiyachining o‘quvchilarga g‘amxo‘rligi va nazokati, o‘z hatti-xarakatlarining
psixologik oqibatlarini oldindan ko‘ra olishi nazarda tutiladi. Individual yondashish o‘quvchi
shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan vaqtdagi psixik holatiga ko‘proq mos keladigan
tarbiyaviy tadbirlarni tanlashni va amalga oshirishni talab etadi. Ana shunda bu tadbirlar yuqori
darajada samara beradi.
Buning uchun, avvalo o‘quvchilarni yaxshi bilish, ularnng har biridagi shaxsiy
sifat,xususiyat,fazilat va o‘ziga xos xislatlarni ko‘ra bilish zarurdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning
individual xususiyatlarini qanchalik yaxshi bilsa, tarbiyaviy tadbirlarni ham tarbiyalanuvchilarning
o‘zlariga xos xususiyatlari mos ravishda qo‘llab, ta’lim-tarbiya jarayonini shuncha to‘g‘ri yo‘lga
qo‘ya oladi.
Individual yondoshishda, birinchi navbatda, shaxsda biror xislatning tarkib topishiga ta’sir
etadigan individual, maxsus sharoitlarni bilish va hisobga olish nazarda tutiladi. O‘quvchi shaxsi
xarakter xususiyatlarini namoyon qilish tabiatini tushungan taqdirdagina, uni to‘g‘ri tushunish
mumkinligi uchun ham bu holni bilish lozim. Masalan, o‘qituvchi o‘smirning o‘jarligi,beqarorligi
va agressivligiga barham berishni maqsad qilib oldi deylik. Avvalo tushunish, tushunganda xam
to‘g‘ri tushunish uchun bu o‘jarlikning,beqarorlikning,agressivlikning tabiati qandayligini, uning
sababini, qanday xarakterda ekanligini bilib olish turlicha bo‘lishi mumkin.
O‘quvchi shaxsining autsayder ya’ni yakkalanib qolishiga sabab bo‘luvchi eng ko‘p tarqalgan
hatti-xarakatlar, nuqsonlar hamda salbiy tomonlar xaqida to‘xtalamiz va ularni keltirib chiqarishi
mumkin bo‘lgan sabablarni ko‘rsatib o‘tamiz. Maktab yoshida eng ko‘p tarqalgan hatti-xarakat
va kamchiliklaridan biri, boshqa kishilarning iltimoslari, maslahatlari, talablari, ko‘rsatmalariga
asossiz tarzda qarshilik ko‘rsatishda namoyon bo‘ladigan o‘jarlikdir. Ko‘pincha bunga o‘quvchi
nerv sistemasining kuchli taassurotlar, toliqish, og‘ir kechinmalar bilan qayta qo‘zg‘alishi sabab
bo‘ldi. O‘jarlikka moyillik ba’zan mustaqillik va tashabbuskorlikka intilish, o‘z hoxishini so‘zsiz
bajarishga harakat qilish bilan izohlanadi. O‘jarlik, maqtash, kattalar tomonidan xech narsaning
qilinmasligi, o‘zining barcha istaklari va hoxishlarining so‘zsiz bajarilishiga odatlanib qolgan,
erkatoy qilib yuborilgan bola xulq-atvorining odatdagi ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Nihoyat,
o‘jarlik ba’zan bolaning norozilik bildirish, o‘zidagi rivojlanayotgan mustaqillik xamda
tashabbuskorlikning kattalar tomonidan hukmronlik bilan, qo‘pollik bilan va asossiz ravishda
bo‘g‘ilishdan norozi bo‘lish ifodasining o‘ziga xos turi tariqasida yuzaga keladi.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |