Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.tdpu.uz
11-mavzu: Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishi
(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)
Reja:
1.Jamoa va uning o‘ziga xosliklari.
2.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari va bosqichlari.
3.Guruh rahbarining tarbiyaviy funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va ish shakllari.
1-topshiriq. Guruh rahbarining haftalik va yillik ish rejalarini tuzishda quyidagi chizmaga asoslaning.
Haftalik ish reja namunasi
Kunlar yoki sana
|
Rejalashtirilgan ishlar mazmuni
|
Izoh
|
Kunlar yoki sana
|
Rejalashtirilgan ishlar mazmuni
|
Izoh
|
Dushanba (sana)
|
|
|
Payshanba (sana)
|
|
|
Seshanba (sana)
|
|
|
Juma (sana)
|
|
|
Chorshanba (sana)
|
|
|
Shanba (sana)
|
|
|
Yillik ish reja namunasi
T/r
№
|
Ish yo‘nalishlari va mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ullar
|
O‘tkazilish joyi
|
Izoh
|
|
|
|
|
|
|
Tarbiyaviy ishlar rejasida yoritiladigan ishlar mazmuni quyidagi yo‘nalishlar asosida bo‘lishi mumkin.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning nutq va asarlarini o‘rganish.
Milliy mafkura tarbiyasi.
G‘oyaviy-siyosiy tarbiya masalalari.
Ma’naviy-ahloqiy tarbiya.
Huquqiy tarbiya.
Iqtisodiy va ekologik tarbiya.
Jismoniy va estetik tarbiya.
Giyohvandlik va OITSga qarshi kurash.
Milliy bayramlar va tarixiy sanalarni nishonlash.
Oila va mahalla hamkorligi.
2-topshiriq. “Har qanday guruh jamoa bo‘la oladimi?” mavzusida munozarani o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar
O‘qituvchi munozara uchun savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.
Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga yozib boriladi.Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi,.
Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.
3-topshirq. Jamoa va uning o‘ziga xos belgilarini o‘zlashtirilishiga doir blis-so‘rov savollari
Jamoa deganda nima tushuniladi?
Jamoaning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsad deganda nima tushuniladi?
Jamoaning birgalikdagi umumiy faoliyati nimalarda aks etadi?
O‘quvchilar jamoasining majburiy mas’uliyatli munosabatini yo‘lga qo‘yish nima uchun zarur?
Jamoaning rasmiy va norasmiy tuzilishidagi farqlar nimada namoyon bo‘ladi?
4-topshiriq. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari va bosqichlarini aniqlashtirishga doir toifalash jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |