OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАLIM VАZIRLIGI
“TOSHENT IRRIGАTSIYA VА QISHLOQ XOʼJАLIGINI MEXАNIZАTSIYALАSH MUHАNDISLАRI INSTITUTI“ MTU
YER RESURSLАRINI BOSHQАRISH FАKULTETI
YERDАN FOYDАLАNISH KАFEDRАSI
YER TUZISHNI LOYIHАLАSH FАNIDАN
KURS LOYIHАSI
BAJARDI: 4-bosqich
4-guruh talabasi
Qabul qildi:
Toshkent-2022
KIRISH
Yer tuzish iqtisodiy tadbirdir. Bu tadbir ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni tashkil qilishga qaratilgan bo’lib, u iqtisodiy qonuniyatlardan kelib chiqadigan aniq iqtisodiy vaziyatda o’tkaziladi. Uni amalga oshirishda iqtisodiy tartibdagi ko’plab omillar hisobga olinadi. Ular jumlasiga iqtisodiy rivojlanishning kelajagi, yalpi va tovar mahsulotlari xajmi, qishloq xo’jalik korxoialarining tashkiliy-xo’jalik tarkibi, mehnet resurslari, yer turlari tarkibi, ekin maydonlari, asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanish darajasi, ixtisoslik, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, yerni iqtisodiy baholash natijalari kiradi.
Iqtisodiy sharoitlarni o’rganishda ularning qishloq xo’jalik korxonasi yerlarini tuzishga qiladigan ta’sirini aniqlash kerak.
Yer tuzishda iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish ikki tomonlama olib boriladi. Bir tomondan xo’jalikka yer ajratish, turlarining maqbul tarkibini va maydonini belgilash, ularni joylashtirish, melioratsiyalash, ko’p yuk chiqadigan va ko’p mehnat talab qiladigan yer turlarini xo’jalik markazlariga yaqin joylashtirish, yer maydonlarinipg shaklini yaxshilash, dalalarni yiriklashtirish yordamida hududni ishlab chiqarish talablariga moslash ishlari amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan esa - qishloq, xo’jaligi ishlab chiqarishni aniq xususiyatlarga ega bo’lgan hududga moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. Natijada yerdan foydalanishda tartib o’rnatiladi.
Yer tuzish bilan iqtisodiy sharoitlar orasida teskari aloqa ham mavjud. Loyiha yechimlariga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining kelajakdagi rivojlanishi, yer fondining ahvoli va foydalanilishi, yerni iqtisodiy va xo’jalik ichida baholash natijalari, xo’jalik va uning bo’linmalarining maydonlari va ixtisosliklari ta’sir etadi. Qishloq xo’jalik korxonalari va birlashmalarining tarkibi, yer egaliklari va yerdan foydalanish turlari, mehnatni tashkil qilish to’g’ridan-to’g’ri yerdan foydalanishni tashkil qilish va ishlab chiqarishni hududiy joylashtirish bilan bog’liq. Yer tuzish dehqon xo’jaliklari, bog’dorchilik va sabzavotchilik jamoalari uchun ishlab chiqarish va ijtimoiy sharoit yaratishda sezilarli ahamiyatga ega. Тexnikadan foydalanish uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda, yer tuzish loyihala-rida optimal o’lchamdagi fermer xo’jaliklari va chorvachilik fermalari yaratiladi, ular hududda to’g’ri joylashtiriladi, yer turlari bo’laklari qulay joylashtiriladi, almashlab ekish maydonlari va dalalar iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni hisobga olgan holda loyihalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |