Daktilogirozlar
Daktilogiroz - bu baliqlarning o‘tkir oqimda kechuvchi
invazion kasalligi bo'lib, uni
Dactylogyrus
avlodiga mansub
monogenetik
so‘rg‘ichlilar tomonidan
qo‘zg‘atiladi.
Hozirgi
vaqtlarda chuchuk suv baliqiarida 150 dan ortiq monogeney turlari
parazitiik qiladi. Shulardan eng patogenlisi
Dactylogyrus vastator,
D. extensus
va
D. anchoratus
turlaridir. Ushbu tur vakillari ko‘proq
hovuzlarda urchitilayotgan baliqlarda uchrab, ularda kasallikni avj
olib ketishi va ommaviy ravishda nobud bo‘lishiga sabab bo‘Iadi.
Ko‘proq karp turdagi va o ‘simlikxo‘r baliqlar, ayniqsa, ulaming
yoshlari kasallikka chalinadi. Boshqa turdagi monogen ular asosan
118
tabiiy suv havzaiaridagi baliqlarda uchrab, ular orasida daktilogiroz
kasalligining avj olishini keltirib chiqarmaydi.
Bu qo‘zg‘atuvchilar karp, sazan va ularning gibridlarining jabra
bolinmalarida parazitlik qiiadi. Kasallik jabra bolinmalarining
jarohatlanishi, yemirilishi, jabra apparati funksiyasining buzilishi
natijasida jabrada qon aylanishining buzilishi va nafas olishning
izdan chiqishi kuzatiladi. Daktilogirozdan ko‘proq baliq lichinkalari
nobud boiadi, biroq bir yoshdagi baliqlar ham kasallanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Daktilogimslaming tanasi yassi boiib,
uzunligi 0.65-0.95 mm, eni 0.20-0.35 mm ga teng boiib, qoramtir
ko‘k tusda. Tananing bosh tomonida 4 ta bosh bo'lmalari mavjud
boiib, unda shilimshiq modda ajratuvchi bezning chiqaruvchi y o li
ochiladi. Ushbu modda yordamida parazit xo‘jayirming organ va
to‘qimalariga yopishib oladi. Boim alar orasi bilan o g iz teshigi
orasida pigmentlashgan 4 ta ko‘zchasi joylashgan. Ovqat hazm
qilish sistemasi o g iz teshigi, tomoq, qisqa qizilo‘ngach, undan
ikkita ichak joylaridan (tananing oxirgi qismida birlashadi) iborat.
Tananing yon tomonida bitta urug‘don, bitta tuxumdon va sariq
tanasi bor. Vaginal y o li xitindan hosil boigan naysimon shaklda.
Erkaklik jinsiy sistemasi tananing oldingi qismida joylashgan
kopulyativ naycha va tayanch qismlardan iborat. Tananing oxirgi
qismida katta ilmoqchalar bilan qurollangan ikkita markaziy fiksator
diski va 14 ta yon ilmoqchalari mavjud. Daktilogirus turlarini bir-
biridan larqlashda mustahkamlovchi ilmoqchalar va biriktiruvchi
plastinkalarning shakli va hajmi katta ahamiyatga ega. Daktilo-
giruslar tuxurn qo'yish y o li bilan ko‘payadi.
Rivojlanishi. Jinsiy voyaga yetgan daktilogiruslar baliqlaming
jabrasida bir sutka davomida 50 dan 100 tagacha tuxum qo‘yadi.
Tuxumlar ovalsimon shaklda, jabrada yopishib turuvchi kalta
tanachasi bor, suvga tushadi. Bahor-yoz oylarida suvning haroratiga
bogiiq bolda 3-7 kundan so‘ng tuxumdan uzunchoq-ovalsimon
shakldagi lichinka chiqadi. Lichinkaning tanasi tukchalar bilan
qoplangan boiib, ular yordamida suvda suzib yuradi va baliqlaming
tanasiga, jabrasiga kirib yopishib oladi. So‘ngra tukchalarni tashlab
119
7-8 kundan so‘ng jinsiy voyaga yetadi va yana tuxum qo‘ya
boshlaydi. Suv harorati pasavishi natijasida tuxum qo‘yish jarayoni
sekinlashadi yoki umuman to‘xtaydi, tuxumning rivojlanishi esa 35-
45 kunga cho‘ziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |