Y alligianish reaksiyasi endogen va ekzogen omillarning
birgalikdagi ta ’siri natijasida namoyon b o ia d i. Ekzogen omillarga
mexanik (lat yeyish, yaralanish), fizik (kuyish va sovuq olish),
kimyoviy (kuchli kislota yoki ishqorlar) va biologik agentlar
(patogen mikroblar,
viruslar, zamburug‘lar, protozoalar, gelmintlar,
kana va boshqa hasharotlar) ning ta ’siri kiradi. Endogen omillarga
esa to ‘qimalarda qon almashinuvinmg buzilishi, patologik
moddalar
almashinuvida hosil bo‘ladigan metobolitlar, nerv tropikasining
buzilishi va o ‘zgarishlar kiradi.
Yallig‘lanish belgilari.
YalligMangan to‘qimamng asosiy
belgilari quyidagilardan iborat:
1. Qizaradi - bunda yallig‘langan to‘qimadagi qon tomirlari
turli
hajmda kengayadi, bu arterial qonning qancha miqdorda
kelishiga bog‘liq.
2. Qavaradi - bunda yalligiangan to‘qimadagi qon tomirlari
kengayadi, to'qim a oraligiga ekssudat va leykotsitlar to ‘planadi.
3. Harorat ko‘tariladi - bunda ichki organlardan ko‘p qon keladi
va yallig‘langan joyda moddalar almashinuvinmg tezlashishi tufayli
u yeming issiqlik darajasi ko‘tariladi.
4. Og‘riydi - bu yalligiangan to ‘qima orasida ekssudatlar
to'planib qolishi tufayli nerv tolalarining mexanik bosilishi
shuning-
dek moddalar almashganda hosil bo‘lgan zararli moddalarning
ta ’siri natijasida paydo bo‘ladi.
Immunitet
Immunitet.
Immunitet tushunchasi
orqali
organizmning
kasallik qo‘zg‘atuvchilariga va kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish
xususiyati belgilanadi! Kelib chiqishi va yuzaga chiqish xususiyat-
lariga ko‘ra immunitet tug‘ma (tabiiy) va orttirilgan immunitetlarga
boiinadi.
Tug‘ma immunitetda hayvonlar kasallikka tug‘ilgan
davrdan
boshlab yoki m a’lum bir yoshdan keyin qarshilik ko‘rsatish
xususiyatiga ega hisoblanadi. Tug‘ma immunitet m a’lum bir turdagi
2.3
hayvonlar xususiyatlari bilan bevosita b o g iiq hisoblanib,
shu
sababli bu turdagi immunitet ayrim holatlarda turga oid immunitet
ham deb nomlanadi. Bu ko‘rinishdagi spetsifiklik sabablari parazit-
ning xo‘jayin organizmida moslashish (adaptatsiya) xususiyatlarini
belgilab beradi. Parazitlarda m a’luin bir xo‘jayinlarga nisbatan
bitta
tur yoki bir necha turda tabiiy tanlanish orqali moslashish
xususiyatlarining yuqori darajada yuzaga kelishi natijasida ushbu
parazitlarning
boshqa
turlarga
nisbatan
moslashuvchanligini
chegaralaydi va uning xo‘jayinlari doirasini belgilab beradi.
Ayrim turdagi parazitlarda zararlantirish xususiyatiga ega
bo‘lmaslik holatlari bevosita ushbu parazitlarning morfologik
xususiyatlariga b o g iiq holatda xo‘jayinlari
tanasida yashash
muhitiga moslashish xususiyatlari bilan izohlanadi. Masalan, ushbu
ko‘rinishda morfologik jihatdan adaptatsiya mexanizmlarinmg qaror
topishiga zuluk
(Hemibdella soleae)
turining faqat kambala
(qalqonbaliq)
b alig i
Soleg
turida parazitiik qilishini ko‘rsatib o ‘tish
mumkin. Bunda ushbu parazit zuluklaming orqa yopishish
so‘rg ‘ichlari faqat
Solea
turiga mansub baliqlarda kuzatiluvchi
ktenoid tangachalar oicham lariga mos keladi va bunda ushbu zuluk
tun boshqa baliqlar va hatto boshqa
turdagi kambala baliqiarida
parazitiik qilish imkoniyatlari cheklangan.
Biroq, ko‘pgina holatlarda parazitlarning xo‘jayin tanasiga
moslashish mexanizmlarida fizik - kimyoviy, biokimyoviy va fizio
logik jihatlar katta ahamiyatga ega boiishi kuzatiladi. B.Ye.Bixovs-
kiy (1933) tomonidan aniqlanishicha, so‘rg‘ichli
Do'stlaringiz bilan baham: