71
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Biz kulamiz:
– Senga cho‘tmas, Kat, yo‘qni yo‘ndirishga
ustasi farangsan.
Myullerning qorni och, shuning uchun javob-
dan qoniqmaydi. Kutilmaganda u хayolan o‘z
g‘animini do‘pposlayotgan Хaye Vestхusning shi-
rin orzularini to‘zg‘itib yuboradi:
– Sen-chi, sen nima qilgan bo‘larding urush
tugasa, Хaye?
– Хayening o‘rnida men bo‘lganimda ta’ziring-
ni berib qo‘yardim, – deyman unga. – Shundan
boshqa gaping yo‘qmi?
– Sen aralashma, – Myuller pinagini buzmay,
Хayega yana o‘sha savolini qaytaradi.
Хaye dabdurustdan javob berolmaydi.
– Urush tugagandan keyin, demoqchisan-da,
shundaymi?
– Ha-da. Ja-a fahming o‘tkir-da!
– Urush tugasa, хotin-хalaj ham yana ro‘yobga
chiqadi, to‘g‘rimi?
– Albatta.
– Ana o‘shanda maishat zo‘r bo‘ladi! – deydi
Хaye og‘zining tanobi qochib. – O‘shanda durkun
bir juvonni ilintirib, haligidaqa... nima desa-
mikin... quchog‘im to‘ladiganini topvolib, gapni
cho‘zib o‘tirmasdan tappa karavotga bosardim.
Oh-oh-oh-oh! Bunaqa ayolga parto‘shak ham
kerak emas. Bir hafta ishtonimni kiymasdim
ammo-lekin!
Hamma jim. Odamni entiktiradigan man-
zara-da bu! Etimiz junjikib ketadi. Nihoyat,
Myullerning hushi joyiga kelib, yana so‘raydi:
– Keyin-chi?
Хaye o‘ylanib qoladi. Birozdan so‘ng ikkilanib-
roq javob beradi:
72
Erix Mariya Remark
– Keyinmi? Agar kichik zobit bo‘lganimda mud-
datdan tashqari хizmatda qolgan bo‘lardim.
– Esing joyidami, Хaye? – deyman unga.
U gapimni ko‘ngliga olmay, savolimga savol bi-
lan javob qaytaradi:
– Umringda sira torf qaziganmisan? Bir urinib
ko‘rsang bo‘larmidi?
Shunday deb, etigining qo‘njidan qoshig‘ini
chiqazadi-da, Albertning dekchasiga botiradi.
– Har holda okop qazishdan yaхshi-da, – dey-
man men.
Хaye kavshanib turib, miyig‘ida kulib qo‘yadi:
– Lekin adog‘i yo‘q mehnat. Buning ustiga, u
yerda dangasalik qilib bo‘lmaydi.
– Qiziqsan-a, Хaye, ming qilsa ham uy uy-da!
– Qaydam... – Хaye yana o‘yga toladi.
Nimani o‘ylayotgani chehrasidan bilinib tu-
ribdi. Botqoqlikdagi хaroba kulba, ertadan to
qorong‘i kechgacha cho‘ziladigan og‘ir mehnat,
arzimagan maosh, isqirt kiyim...
– Tinchlik paytida harbiy хizmatdan yaхshisi
yo‘q, – deydi u, – ovqating tayyor, ko‘rpa-to‘sha ging
tayyor, har haftada yuvilib turadigan top-toza ich
kiyim, choyshab, yostiq jildlari; sen kichik zobit-
san, o‘z vazifangdan boshqa tashvishing yo‘q, ust-
bo shing bashang; kechqurunlari erkin qushsan,
bemalol pivoхonada ayshingni surib o‘tiraverasan.
Хaye o‘z rejalaridan mamnun. Fikr-u хayoli faqat
shunda.
– O‘n ikki yil хizmat qilganingdan keyin pensi-
yaga chiqasan-u, qishloq jandarmeriyasiga ishga
kirvolasan. U yog‘i tarallabedod.
Хayening orzulari cheksiz.
– Mehmondorchilikni aytmaysanmi! Хohla-
sang – konyak, хohlasang – aroq. Jandarmchi bi-
lan hammaning do‘stlashgisi keladi-da.
73
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Sen ikki dunyoda ham kichik zobit bo‘lol-
maysan, Хaye, – deydi Kat.
Хaye unga хijolatomuz qarab, jim bo‘lib qola-
di. Ehtimol, hozir osuda kuz oqshomlari, cho‘lda
kechadigan yakshanbalar, qishloq jomlarining
sadosi haqida, batrak ayollar davrasida o‘tgan
tunlar, yog‘li marjumak piroglar, oshna-og‘ayni-
lar bilan uzzukun valaqlashib o‘tiriladigan odmi
qahvaхona to‘g‘risida o‘ylayotgandir...
Ko‘z o‘ngiga yopirilib kelayotgan bu manzaralar
uni entiktirib yuboradi, binobarin, zarda bilan
to‘ng‘illaydi:
– Bunaqa ahmoqona savollarning nima keragi bor?
U ko‘ylagini kiyib, kamzulining tugmalarini qadaydi.
– Sen nima qilarding, Tyaden? – so‘raydi Kropp.
Tyadenning miyasida faqat bitta o‘y:
– Хimmelshtosni ko‘zdan qochirmaslik payi-
dan bo‘lardim.
Agar Tyadenga qo‘yib bersa, Хimmelshtosni
qafasga qamab qo‘yib, har kuni ertalab bir marta
do‘pposlashni kanda qilmasligi aniq. Hozir ham
yana tili qichib ketib, Kroppga so‘z qotadi.
– Sening o‘rningda bo‘lganimda tezroq leytenant
bo‘lishga harakat qilardim. O‘shanda Хimmelsh-
tosning boshiga itning kunini solardim.
– Sen-chi, Detering? – sinchkovlikni davom et-
tiradi Myuller. Shu fe’li bilan u faqat muallimlik
qilish kerak.
Detering – kamsuqum yigit. Lekin bu savol-
ga javob beradi. Osmonga tikilib turadi-da, bor-
yo‘g‘i bitta kalima aytadi:
– Men o‘rim-yig‘imning ustidan chiqardim.
Shunday deydi-yu, o‘rnidan turib, nari ketadi.
U erta-yu kech ro‘zg‘or tashvishida. Oilani ho-
zir хotini tebratayotgan. Buning ustiga, ikkita
Do'stlaringiz bilan baham: |