Shoshilmasdan shoshiling
1. Quyidagi qaysi gapda qavs ichidagi
qo`shimchalardan qo`yilishi lozim bo`lganlari so`zga
yangi ma`no beradi?
A) Shoir va yozuvchilar… (-ning , -ni) asarlari…(-ga,
-da) xalq…(-ning, -ga) yuragi urib turadi.
B) Qalam shun…( -dan, -day) qudrat…(-li, dor)
kuchki, uning haq haqida yozganlarini hech kim
o‘chira olmaydi. C) Iste’dodli ijod (-kor, -chi), aslida,
hayotdan zavq
(-lan, -lash)adi.
D) Yozuvchi asar mazmuniga o‘zi duch kelgan
voqealar…(-dan, -ni) ham singdirib yuborishi
hayotiy
(-li, -lik)ni ta’minlaydi.
2. Quyidagi qaysi gaplarda omonimlik bir xil so`z
turkum doirasida kuzatilmagan?
1. Salomatlik - tuman boylik. Biz tuman markaziga
- sport musobaqasiga bordik.
2. Rang ko‘r, hol so'r. Ko‘r hassasini bir
martayo‘qotadi.
3. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Esing
borida biron kasbning etagini tut.
4. Qovun ekkan qovoq olmas. Uning qovog‘idan qor
yog‘ilar edi.
A) 1, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3
3. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson
qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabida o‘qib
yurganidayoq kinomexanik, traktorchi singari
kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat
qilgan. Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi,
qishloqda kutubxonachi bo‘lib ishladi. So‘ng
Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib, 1966–
1969 yillarda harbiy xizmatni o‘tadi. Bu ma`lumotlar
qaysi adib hayoti haqida?
A) Anvar Obidjon B) Pirimqul Qodirov
C) Mirtemir D) Erkin Vohidov
4. Yiqilganga zo`rlik muruvvat emas,
A`lo qush chumoli donini yemas. Ushbu ibratli bayt
kimning qalamiga mansub?
A) Mahmud Qoshg`ariy B) Ahmad Yassaviy
C) Sa`diy Sheroziy D) Yusuf xos Hojib
5. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida
Umarshayx Mirzo tirikligida durustroq lavozim
ololmay ko’ngli cho’kib yurgan edi. Endi Bobur
Mirzoga boshqalardan oldinroq mehr-u oqibat
ko’rsatib, uning ishonchini qozonmoqchi va kattaroq
martabaga erishmoqchi bo’lgan shaxs kim edi?
A)Qosimbek B)Ali Do’stbek C)Sherimbek D)Tohir
6. Har birimiz bilimlarimizni tinimsiz boyitish haqida
o'ylashimiz, fan olamini sayr etib, aqlimizni
charxlashimiz kerak. Ushbu gapda nechta yasama
so'z mavjud?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
7. Quyidagi qaysi gapda kelishik shakli matnga
ekspressivlik,poetik ohang baxsh etgan?
A) Dengiz ortin yoritdi ilk bor, Beruniyning aql
mash`ali…
B) Agar u guldastani xotiniga deb olganda odamlar
unga ajibsinib emas, havas bilan qarar edi.
C) Qo`lida stakan,payola ushlagan be`morlar suv
ichgani buloq tomonga ketishyapti.
D) Gulnor Nurining o`z oilasidagi
voqealardan,bilgan-eshitganlaridan so`zladi.
8. O`zbek tilida so`zning boshi,o`rtasi va oxirida kela
oladigan eng unumli, ko`p qo`llanuvchi tovush bu…?
A) s B) v C) h D) dj
9. Quyidagi qaysi gapda so`zlovchining subyektiv
munosabatini ifodalaydigan qo`shimcha
qatnashmagan?
A) Yigitcha,tushmaysizmi? – dedi kimdir orqadan.
B) O`yinga mashg`ul bo`lib o`tirgan qizaloqning soy
yoqalab kelayotgan kishiga ko`zi tushdi.
C) Abdurazzoq ota dadam edi-yu, Onaginam edi
Sharifaniso.
D) Bugungi to`yda Ulug`bekimgina ichib olib,rosa
hammani joniga tegdi.
10. Kichkintoylar nutqida,masalan, Sog`liqda
ko`rishaylik! Omon bo`lsak,albatta, ko`rishamiz!
kabi iboralarning qo`llanilishi nutqning qaysi
sifatining buzilishidir?
A) nutqning aniqligi B) nutqning sofligi
C) nutqning jo`yaliligi D) nutqning mantiqiyligi
11. Quyidagi qaysi javobda qo`llangan paronim
so`zlar turli so`z turkum doirasida paronimlik hosil
qilmagan?
A) Birinchi xodim bilan yondosh yo`lga chiqqan
ikkinchi xodim masalagan o`zgacha yondashdi.
B) Biz oyoq abzali tikamiz. Biz uchun afzal tomini
shndaki, odamlarning poyafzali yo`q ekan.
C) Iste`dodli o`quvchilar ichida shogirdlarim
borligidan faxrlanaman. Borliq sinoatlarga to`la.
D) She`rni yod oling. Yot o`quvchilar yodlab
qo`ymasin.
12. Seni ko‘rolmaydiganlarni bir kun alam qiynar,
lekin o‘zing ham chetga o‘tma, sira susayma. Ushbu
gapda tushib qolgan tovushlarning barchasi qaysi
gapdagi so‘zning asos qismida uchraydi?
A) Chol yana o‘tin tergani o‘rmonga qaytibdi.
B) Usta tinmay ishlar, terlari daryo bo‘lgudek edi.
C) Xolamnikida tunaysan, ertasiga qaytasan.
D) Bir notanish kishini deb akamni xafa qildim.
13. Quyidagi internetga oid terminlarning ma`nosi
bo`yicha moslashtiring.
1) akkaunt; 2) avatarka; 3) mem 4) vebinar
a) mashhur bo‘lib, bahsga aylangan g‘oya yoki rasm;
b) to‘g‘ridan to‘g‘ri mashg’ulot;
c) ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi;
d) foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm;
A) 1-d, 2-c;3-b; 4-a; B) 1-c;2-b;3-d;4-a
C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; D) 1-c; 2-a;3-d; 4-b;
14. Ba`zi qo`shma so`zlarni qo`shib ham,ajratib ham
yozish hollari uchraydi. Ushbu qoidaga mos qo`shma
so`zlar berilgan qatorni toping.
A) sochsiypatar,beshikto`y B) olibsotar,so`zboshi C) uchburchak,sassiqpopishak D) olmaqoqi,temir yo`l
15. Muqumiyning “Tanobchilar” satirik she'rida
Sultonali va Hakimjon tomonidan “Otamizning
birodari” - deb kimni nazarda tutiladi?
A) Chimlig' azizlarni B) Erhubbini
C) Xizr payg'ambarni D) Nuratoni
16. Agar inson bolasi to‘g‘riso‘z, halol, mard, topqir
va tirishqoq bo‘lsa, unga hech qanday yovuz kuch
bas kelolmaydi. Hayotini tinch va osuda, boshqalarga
yaxshilik qilish bilan o‘tkazadi. Odam mehnatiga,
mashaqqatlariga beriladigan eng katta, tuganmas
mukofot, aslida, shular emasmi? Ushbu fikrlar qaysi
asar qahramoni haqida?
A) “Zulmat ichra nur” B) “Botir tikuvchi”
C) “Dunyoning ishlari” D) “Hellados”
17. Yo‘q, bu giryon ko‘zlаrning yarqirоq zаmzаmаsi,
Kеchаsi оnаm tаg‘in yig‘lаbdi-dа chаmаsi... Ushbu
she`riy parcha judа o‘zigа хоs rаmzlаrgа ishоrа qilib,
shundаy bеqiyos оbrаz yarаtgan Mirtemirning qaysi
she`ridan olingan?
A) “Shudring” B) “Qishlog`im”
C) “Bulut” D) “Baliq ovi”
18-, 19-, 20 topshiriqlari uchun matn.
Bir bug‘u ovchilardan qochib uzumzorga yashirindi.
Ovchilar uni ko‘rmay bog‘ yonidan o‘tib ketishdi.
Shunda falokatdan qutuldim deb …(19) bug‘u tok
barglarini yeya boshladi. Lekin ovchilardan biri shu
payt tasodifan orqasiga o‘girilib, bug‘uni ko‘rib qoldi
va kamonidan(18) o‘q otib uni yaraladi. Ajali
yetganini sezgan jonivor og‘ir bir nola chekib o‘ziga
o‘zi dedi: “Eh qanday sho‘rpeshonaman!
Qilmishimga yarasha jazomni oldim: bu tok meni
o‘limdan qutqarib qolgan edi, men bo‘lsam uni
nobud qildim”.
18. Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibidagi tovushlar
haqidagi notog`ri ma`lumotni toping.
A) so`z asosida ikkita jarangli,portlovchi undosh
mavjud
B) so`z asosidagi unlilar keng unlilarga mansub
C) so`z tarkibida bitta lab undoshi mavjud
D) so`z jarangsiz,til,sirg`aluvchi undosh bilan
boshlangan
19. Matnni o’qing va nuqtalar o’rniga mos iborani
tanlang.
A)ko‘ngli taskin topgan B)ko’zini yog’ bosgan
C)hushi boshidan uchgan D)ko’zi moshdek ochilgan
20. Matnni o’qing va matn mazmuniga mos maqolni
aniqlang.
A)Sinamagan otning sirtidan otma.
B)Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar.
C)Do’st do’stni kulfatda sinar. D)Qilmish-qidirmish.
1. Itning belida ikkita: qora va jigarrang chizig’i
bor. Mazkur gapdagi yasama sifat haqida
berilgan qaysi ma’lumot to’g’ri?
A) yasama sifat hajm-o’lchov sifati hisoblanadi
B) yasama sifat ega vazifasidagi otga bog’langan
C) yasama sifat ot+sifat tipida yasalgan qo’shma
sifat hisoblanadi
D) yasama sifat hol vazifasida kelgan
2. Bu xabarni darhol aytmoq lozim. Ushbu gap
eganing ishtirokiga ko’ra qanday gap hisoblandi?
A) egasi ma’lum gap B) egasi noma’lum gap
C) egasi umumlashgan gap D) egali gap
D) Haydar ota undan ham so’rab ko’rdi.
3. O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gap tarkibida
qo’llangan?
A) Haqiqiy do’stlarning sadoqati boshga ish
tushganda bilinadi.
B) G’ayratlining yuragi qaynar.
C) Kampirning dod-voyiga odamlar tez
to’plandi.
D) Mehmonlar ko’rsatilgan joyga o’tirishdi.
4. 1.1974-yilning 22-avgusti. Bu kun tramvay
haydovchi qiz Munira Shayxuddinova xotirasida
umr bo’yi o’chmaydi...
2. G’ariblik, musofirlik yillari...Mashhaddagi
yetti-sakkiz yillik hayot – xarob ba’qalar, sovuq,
tor madrasa hujralarida kunduzlari quyoshga
chiqib havo olmay, tunlari mijja qoqmay,
muttasil kitob ko’rish... 3. Kechki kuz fasli.
Hirotning erinchak qishi hali o’zini sezdirgan
emas. 4. Qiyom chog’i edi. Yarqiroq, uzun, keng
shohi to’n kiygan va kattagina oppoq sallani
bukun, nima uchundir, qunt bilan o’ragan
Sultonmurod “Ixlosiya” madrasasidan chiqdi...
5. Mana, to’rt ko’z bilan kutilgan kun...Xalq
Astrobodning uzoq-yaqin, katta-kichik
yo’llaridan, jin ko’chlaridan oqib, zo’r to’lqinga
quyiladiki, bu to’lqinning bir uchi shahar
darvozasidan oqib, dalaga yoyilgan.
Berilgan gaplarda qanday xatolik kuzatiladi?
A) 1-gapda imloviy xato, 2-gapda ishoraviy xato,
3-gapda uslubiy xato, 4-gapda mantiqiy xato, 5-gapda uslubiy xato
B) 1-, 2-gaplarda imloviy xato, 3-gapda uslubiy
xato, 4-gapda ishoraviy xato, 5-gapda mantiqiy
xato
C) 1-,3- gaplarda grammatik xato, 2-gapda so’z
qo’llash bilan bog’liq xato, 4-,5-gaplarda imloviy
xato
D) 1-,2-gaplarda qo’shimcha qo’llash bilan
bog’liq xato, 3-gapda grammatik xato, 4-,5-gaplarda mantiqiy xato
5. ehtiyot qilmoq, ayamoq, papalamoq,
avaylamoq, e’zozlamoq, ehtiyotlamoq. Ushbu
sinonimik qatordagi bosh so’zni aniqlang.
A) ehtiyot qilmoq B) avaylamoq
C) e’zozlamoq D) ehtiyotlamoq
6. Qaysi qatorda berilgan gapda kesimi
ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi bilan
ifodalangan murakkab ot kesimli gap berilgan?
A) Qizlar esa o’zaro sekin suhbatlashib
turishardi.
B) Alik olmaydigan odamga ham salom berish
shart.
C) Yugurish sportning bir turidir.
D) Aql tishi chiqquncha kulib o’tirish shart emas.
7. Hali oppoq tong. Nur uyg’otgan qushcha
tovushining kumush xalqachalari osmonga o’rlab
ketdi. Nim shabadada yashil bulutning har joyhar joyi sovunday ko’pirib,azm chinorning sirli
bag’ridan chiqib kelgan sokin va qudratli
shovullash olamni tutdi. Quloq solmaganga bu
tovush eshitilmaydi ham, lekin Ochil buva uchun
hozir tong ham go’yo mana shu
shovullashdangina iborat edi. U guzardagi katta
oq tosh supada tikka turibdi. Ana shu tog’
qishlog’ida bunday qoyatosh serob, ular
yo’lkalarda zinapoya, ariqlarda ko’prik,
choyxonalarda supa vazifasini o’taydi.Ushbu
matnda Asqad Muxtor nutqning boyligini
ta’minlashda qanday gap qoliplaridan
foydalangan?
1.qo’shma gap 2. so’z-gap 3.sodda gap 4.atov
gap
A) 1,2,3,4 B) 1,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3
8. Tasviriy ifoda haqida noto’g’ri izohni
aniqlang.
A) tasviriy ifoda uslubiy chegaralangan
B) ko’proq publitsistik usulubda qo’llanadi
C) tasviriy ifoda tushunchani bildirishi bilan
gapga teng, lekin bo’yoqdorligi bilan farqlanadi
D) tasviriy ifodaga ham omonimlik, ham
sinonimlik xos
9. Qaysi qatorda imloviy xatolikka yo’l
qo’yilgan?
A) Vatanni shunchaki sevish mumkin emas.
B) Odamzod xasad qilmasligi kerak.
C) Kichkina bolakay yo’lda yiqilib tushdi.
D) Vatan tuyg’usi eng ulug’, eng mo’tabar
tuyg’ulardan biridir.
10. Оdob va tavoze do’stlik oynasini jilolaydi va
ikki oraga yorug’lik ulashadi, odobli va go’zal
xulqli odamlar ko’payaversa, xalqning do’stligi,
ularning mehr –muhabbati borgan sari ortaveradi.
Ushbu gapda yasama so‘z bilan ifodalangan
bo‘laklarning
qaysi bo‘laklarga tobelanishi kuzatiladi?
A) to’ldiruvchiga, kesimga, egaga
B) kesimga, aniqlovchiga
C) egaga, kesimga, aniqlovchiga
D) to‘ldiruvchiga, aniqlovchiga, kesimga
11. Qaysi qatordagi gaplarda egalik qo’shimchasi
narsaning uch shaxsdan biriga qarashligi hamda
bajaruvchining shaxs va sonini bildirgan?
1.Kimyogar ba’zi ilmlar haqida
suhbatlashganidan keyin uning zehniga
ma’lumotning kengligiga taajjublanganini
yashirmadi.
2. To’ra qizidan tilla oynagini olib, stol ustiga
qo’ydi va o’z tizzasi bilan stol o’rtasida yoyilib
yotgan gazetaga qaradi. 3. Albatta, o’zing birga
borasan, qudalaring bilan tanishmog’ing zarur.
4. O’qigan narsam xotiramda muhrlanadi.
A) 1, 3 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4
12. Qog’ozlarga keraksiz narsalarni yozma,
nimani isrof qilsang, o’shanga zor bo’lasan.
Ushbu gapdagi kesimlar haqida berilgan to’g’ri
hukmni toping?
A) ushbu gapda qatnashgan kesimlarning
barchasida fe’l yasovchi bilan shakldosh bo’la
oladigan qo’shimcha qatnashgan
B) ushbu gapda qatnashgan kesimlarda zamon va
mayl ma’nolari bir xil
C) ushbu gapda qatnashgan kesimlarda shaxs-son
va zamon ma’nolari bir xil
D) ushbu gapda qatnashgan kesimlar ikki xil
nisbat ma’nosini ifodalagan
13. “Ana endi … ketganday, oy botganday, …
dunyodan o’tganday. … shunday qarasa, … o’n
besh kunlik oyday, qaddi-qomati, shoni-shavkati,
har kishining bo’lar ekan o’ziga yarasha
hurmati”. “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonidan
olingan ushbu parchada nuqtalar o’rniga mos
so’zlarni joylashtiring.
A) Rustambek va Go’ro’g’li
B) Bibi Hilol va Go’ro’g’li
C) Xoljuvon va Go’ro’g’li
D) Go’ro’g’li va Zaydinoy
14. Yuqoridagi parchada qanday tasvir vositalar
qo’llangan?
1. o’xshatish 2. saj’ 3. ta’did 4. istiora
A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,4
15. Quyidagi misralar Anvar Obidjonning qaysi
she’ridan olingan?
Bizlar quraverdik, buzaverdi yov,
Qo’rg’on-u uyimiz ko’shk-u qasrni.
Sha’nimizga depsib ezaverdi yov,
Ko’rmadik suronsiz biror asrni.
A) “Vatanjon” she’ridan
B) “Yer” she’ridan
C) “Tinch kunlar” she’ridan
D) “Hayotning har lahzasi go’zal” she’ridan
16. “Hamlet” fojiasida qaysi xiyonatkor kimsalar
o’zlarini Hamletga yaqin va g’amdosh qilib
ko’rsatishga qanchalik urinmasin, yigit mantiqli
xulosalari va teran tahlillari bilan ularning
manfaatparast va xiyonatkor kimsalar ekanini
ochib tashlaydi?
A) Laert va Rozenkrans
B) Gildenstem va Klavdiy
C) Klavdiy va Laert
D) Gildenstern va Rozenkrans
17. Sh.Xolmirzayevning hikoyalarida qo’llanilib,
asar badiiyatining yuksalishiga xizmat qilgan
quyidagi so’zlarning ma’nolarini toping.
1. “inak” 2.”juvana” 3.”gajir” 4.”arna”
5.”kurtuk” 6.”masliqxo’r”
a) selda hosil bo’lgan chuqur ariq b) sigir c) yirik
yirtqich qush – tasqara d) buzoqcha e)
o’laksaxo’r f) qoyasimon qotgan qor, muzlik
A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f
B) 1-a, 2-f, 3-e, 4-b, 5-d, 6-c
C) 1-c, 2-d, 3-e, 4-a, 5-f, 6-c
D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a, 5-f, 6-e
18. “ …ning qo’ygan qizlari, ya’ni uning o’z
‘odamlari” shaharning o’zida, yo’lda va har
yerda Zebi bilan birga bo’lishib, farishta
qiyofasidagi shayton kabi, uning ichiga kirib,
pistoqi ta’zimlar va serxushomad gaplar bilan
uning ko’nglini ovlab, mingboshi dodxoga uni
“isittirarkan”, o’zlarining muvaffaqiyatlaridan
hech bir shak-shubha qilmasdilar” “Kecha va
kunduz” romanidan olingan ushbu parchada
farishta qiyofasidagi shaytonlar kimning odami
edi?
A) Sultonxon B) Poshshaxon
C) Xadicha D) Umrinisabibi
19. Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga.
Ushbu misralardagi badiiy san’atlarni toping.
A) iyhom, tashbeh B) tajnis, tazod
C) tajnis, iyhom D) talmeh, tajnis
20. Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi dostonlarning
bob hajmi bir xil?
A) “Farhod va Shirin” hamda “ Layli va Majnun”
B) “ Hayrat ul- abror” va “ Saddi Iskandariy”
C) “ Layli va Majnun” va “Sab’ayi sayyor”
D) “ Farhod va Shirin” va “Saddi Iskandariy”
Do'stlaringiz bilan baham: |