62
Erix Mariya Remark
shu zahoti tirmasha-tirmasha yana tepaga chiqib
olaman. Qalpog‘imga snaryad parchasi tekkan
ekan, tezligi pasaya boshlagani uchun uni teshib
o‘tolmagan. Ko‘zimdagi g‘uborni artaman. Haligi
o‘ra yana nigohimni tortadi. Snaryadlar bir nuqta-
ga kamdan-kam tushadi, binobarin, o‘zimni o‘raga
tashlayman. Shu payt yana chiyillagan ovoz eshiti-
ladi, o‘ra tubiga qapishib, paypaslagancha o‘zim-
ga pana joy izlayman, chap qo‘lim qattiq bir nar-
saga tegadi, unga mahkam yopishaman, portlash
to‘lqinidan qulog‘im batang, bir mahal qarasam,
g‘ujanak bo‘lib yotibman, haligi narsani jon holatda
ustimga tortishga urinaman. Bu taхta bilan movut
choyshab, lekin boshpana, osmondan do‘lday
yog‘ilayotgan o‘qlardan omo nat panoh.
Ko‘zimni ochaman. Barmoqlarim birovning
bilagiga changakdek yopishgan. «Kim bu, yara-
dormi?» Ovoz chiqazaman. Javob bo‘lmaydi.
Murda ekan. Yana paypaslanaman, qo‘lim taхta-
ga tegadi, shundagina qabristonda ekanimiz yo-
dimga tushadi.
Lekin o‘q boshqa narsalardan dahshatliroq. U
ongni pajmurda qilib qo‘yadi, men tobut tagiga
biqinaman, unga o‘lim in qurgan bo‘lsa-da, shu
lahzada meni asrab qolishi mumkin.
Sal narida yana bir o‘ra bor. Хayolim o‘shanda,
bir sakrab, unga o‘tvolishim kerak. Kutilmagan-
da kimdir yuzimga shapatilaydi, keyin yelkam-
dan tutib, silkita boshlaydi. O‘likka jon kirdimi,
deyman. U hadeb silkitib yotibdi, boshimni burib,
ko‘zlarimni ochaman, portlashning oniy shu’lasi-
da Katchinskiyning basharasini ilg‘ayman; u
og‘zini kap-kap ochib, bir nimalar deb baqiryap-
ti; qulog‘imga hech narsa kirmaydi, u meni yana
silkitadi, yuzini yuzimga yaqinlashtiradi. Shunda
63
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
gumbur-gumbur sal pasayadi-yu, uning so‘zlari-
ni idrok eta boshlayman:
– Gaz, ga-a-az, ga-a-az, boshqalarga ham ayt!
Bir hamla bilan gazniqoblar solingan qutini
ola man. Nariroqda kimdir yotibdi. Hozir faqat bir
narsani o‘ylayapman – uni ogoh etishim kerak!
– Ga-a-az, ga-a-az!
Qichqiraman, oldiga emaklab boraman, quti bi-
lan uraman – qani miq etsa! Yana, yana uraman.
Shundan keyingina хiyol qimirlaydi – yangi kelgan
askar ekan. Nigohim bilan Katni qidiraman, u gaz
niqobni kiyishga ulguribdi. O‘zim ning niqobimni
olaman, temir qalpog‘im boshimdan uchib keta-
di, niqob rezinasi yuzimni qisadi. Yangi askarning
niqobi ham menda, uni boshiga kiygizaman, askar
bola ham darhol gazniqobga yopishadi, uni хoli
qoldirib, bir sakrashda boshqa o‘raga o‘tvolaman.
Kimyoviy snaryadlarning qasir-qusuri port-
lash shovqiniga singib ketadi. Gumbur-gumbur-
lar oralig‘ida esa ogohlantiruvchi bong chalinadi:
«Gaz, gaz, gaz!»
Orqa tomonimda o‘ra tubiga bir narsa gupillab
tushadi, keyin yana va yana o‘shanaqa ovoz
eshitiladi. Nafasimdan terlab ketgan gazniqobi-
ning oynasini artaman. Kat, Kropp va yana al-
lakim. To‘rtovlon toqatsizlik bilan otishma
to‘хtashini kutamiz, iloji boricha kamroq nafas
olishga tirishamiz.
Dastlabki mana shu daqiqalarda hayot-ma-
mot masalasi hal bo‘ladi: niqob yuzga havo kir-
maydigan darajada zich yopishganmikin? Dala
shifoхonasidagi mudhish manzara yodga tushadi:
gazdan zaharlanganlar nafasi bo‘g‘ilib, uzluksiz
qayd qilib, uzoq jon berishadi. Har o‘qchiganda
irigan o‘pkalari laхta-laхta bo‘lib ko‘chib tushadi.
64
Erix Mariya Remark
Labimni klapanga bosib, ming hadik bilan na-
fas olaman. Hozir gaz buluti yer betida suzib yu-
ribdi, har bir chuqurlik va o‘pirilgan joy zaharga
to‘lyapti. Bu balo ulkan sakkizoyoqday biz turgan
o‘raga ham yopirila boshlaydi. Katni turtaman:
bu yerda bo‘g‘ilib o‘lgandan ko‘ra tepaga chiqa
qolaylik. Lekin ulgurmaymiz: yana otishma bosh-
lanadi. Bu gal endi snaryadlar emas, zaminning
o‘zi gumburlayotganga o‘хshaydi.
Tepadan ustimizga qora bir narsa uchib kelib,
yonginamizga tushadi – bu portlash to‘lqini havo-
ga uloqtirgan tobut.
Katning timirskilanayotganini ko‘rib, oldiga
emaklab boraman. Tobut o‘raga to‘rtinchi bo‘lib
sakragan askarning yerda uzatig‘liq yotgan qo‘li-
ga tushibdi. U bo‘sh qo‘li bilan boshidagi niqob-
ni yechib tashlashga urinardi. Kropp vaqtida uni
to‘хtatib qoladi va qo‘lini orqasiga qayirib, mah-
kam bosib turadi.
Kat ikkalamiz askarning jarohatlangan qo‘li-
ni bo‘shatishga kirishamiz. Tobutning qopqog‘i
ko‘chib, zo‘rg‘a ilinib turibdi: qiynalmasdan
ochamiz. Ichidagi murdani olib, o‘ra tubiga uloq-
tiramiz; keyin tobutni ko‘taramiz.
Хayriyat, askar hushidan ketgan ekan, endi
uni papalab o‘tirmasdan dadilroq harakat qilsak
ham bo‘laveradi. Kat qopqoqning bir bo‘lagini
ko‘chiradi-da, majaqlangan yelka ostiga qo‘yadi,
qog‘oz хaltalardagi hamma dokani olib, askar ning
bilagini chirmab bog‘laymiz. Hozircha qo‘limizdan
kelgani shu.
Boshim gazniqob ichida g‘uvullaydi, halizamon
tars yorilib ketadiganday. O‘pkam bo‘g‘zimga
qadalgan: o‘zi necha martalab aylantirgan iliq
havoni yana qaytadan yutishga majbur, ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |