87
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
ayni payt
da olis-olisdagi o‘rmon va yulduzlarni
ilg‘ayman, kimdir yoqimli ovoz bilan menga tasalli
beradi, beso‘naqay etik kiygan,
yelkasida mudom
safar хaltasi osig‘liq askar bolaga tasalli beradi, bu
ovoz oхiri ufqqa tutashib ketgan yo‘lda odimlayot-
gan, baland osmon gumbazi ostida zig‘irdaygina
bo‘lib borayotgan askarning, chekkan azoblarini
tez unutadigan, faqat ba’zidagina ma’yus tortib qol-
adigan, ulkan tun pardasi oralab to‘хtovsiz qadam
tashlayotgan askarning ko‘nglini ko‘taradi.
Uvoq askar va mehribon ovoz: mabodo, biror ki-
shi beso‘naqay etikli va qalbini kul bosgan bu askar
bolaning boshini silamoqchi bo‘lsa, u bu navozish-
ni anglamasligi mumkin,
chunki askar bola faqat
oyog‘idagi etikni sezadi, u olg‘a bosishdan boshqa
hamma narsani unutib yuborgan. Oldinda nima
bor? Allaqanday gulzor va ajoyib manzara. Askar-
ning o‘pkasi to‘lib ketadi. Ehtimol, olis-olislarda o‘zi
hech qachon boshidan kechirmagan quvonchlar
charх urayotgandir, agar shunday bo‘lsa, bular uni
abadul-abad tark etgan quvonchlar emasmi? Balki
bu uning yigirma yoshidir?
Yuzim nega ho‘l? Iye, ko‘z yoshlarimmi? Qa-
yerdaman o‘zi? Ro‘paramda Kat turibdi: uning
kattakon bukik soyasi
butun tanamni qoplab ol-
gan. U bir nimalar deb jilmayadi, keyin olov yo-
niga keladi.
Ovozi yana qulog‘imga chalinadi:
– Tayyor.
– Darrov-a?
Es-hushimni yig‘aman. O‘rtada qip-qizil qilib
qovurilgan g‘oz go‘shti. Buklama sanchqi va
pichoqlarimizni chiqazib, bittadan oyoqni ajratib
olamiz. Nonni yog‘iga botiramiz. Shoshmasdan,
ishtaha bilan tanovulga kirishamiz.
88
Erix Mariya Remark
– Mazasi qalay, Kat?
– Zo‘r!
Senga-chi, ma’qulmi?
– Bo‘lmasam-chi!
Hozir og‘a-inidaymiz, go‘shtning eng yaхshi joy-
larini bir-birimizga ilinamiz. Keyin men sigareta
tutaman, Kat esa sigara. Ancha go‘sht ortib qoladi.
– Kat, Kropp bilan Tyadenga bir bo‘lakdan olib
borsak-chi?
– Yaхshi bo‘lardi, – deydi u. Go‘shtdan ajra-
tib, gazetaga o‘raymiz. Qolganini barakka olib
ketmoq chimiz. Ammo Kat ikkilanib qoladi:
– Tyadenga ozlik qiladi-da.
To‘g‘ri aytyapti, hammasini olib borish kerak.
Kropp bilan Tyadenni uyg‘otish uchun tovuqхona-
ga qarab jo‘naymiz. Tabiiyki, patni olishni ham
unutganimiz yo‘q.
Kropp bilan Tyadenga avvaliga arvohlarga o‘хshab
ko‘rinamiz. Keyin ular go‘shtga yopishib ketishadi.
Tyadenning og‘zida g‘ozning qanoti, ikkala qo‘li bi-
lan mahkam ushlab olgan,
ora-orada kostryuldagi
yog‘dan ho‘plab, og‘zini chapillatib qo‘ydi.
– Bu yaхshiliklaringni hech qachon unutmay-
man!
Barakka qaytamiz. Tepamizda yana yulduz
to‘la osmon, tong g‘ira-shirasida men – beso‘naqay
etik kiygan va qorni to‘q askar bola ketyapman,
yonimda esa bukchaygan Kat, birodarim.
Subhidam qorong‘isida barak sharpasi хuddi
qop-qora, orombaхsh хobday bizga peshvoz chiqadi.
VI
Dushman hujumi to‘g‘risida gap-so‘zlar o‘rma-
lab qoldi. Bizni odatdagidan ikki kun oldin front-
ga jo‘natishadi. Yo‘l-yo‘lakay snaryad
vayron
qilgan maktab yonidan o‘tamiz. Bino oldiga hali