To’ra Sulaymon she’riyatining g’oyaviy badiiy xususiyatlari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi mundarija



Download 230,5 Kb.
bet7/8
Sana13.07.2022
Hajmi230,5 Kb.
#785648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
To’ra Sulaymon sh

XULOSA
O‘zbek adabiyoti tarixida Yassaviydan boshlangan xalqona tuyg‘ular tarannumi XX asr ikkinchi yarmi shoir Mirtemir ijodiy maktabi ta’sirida yanada rivojlandi. Aytish mumkinki, bu davr ijodkorlari asarlarida falsafiy mushohadalarini xalqona yo‘sinda taqdim etish hollari ko‘p uchraydi.
Shoir To‘ra Sulaymon XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotida ana shu tajribani o‘z ijodi misolida amalga oshirgan ijodkorlardan biridir. Baxshi shoir ijodini tadqiq etish davomida quyidagi xulosalarga kelindi:
Birinchidan, To‘ra Sulaymon badiiy ijod hamda publitsistika sohasida barakali ijodi bilan XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Shoir asarlarining o‘ziga xos asosiy xususiyat ularning tarkiban yozma hamda og‘zaki adabiyot oralig‘ida yaratilganligidadir.
Ikkinchidan, To‘ra Sulaymon ijodida qo‘llangan xalq og‘zaki ijodi namunalari g‘oyatda chuqur asosga ega. Shoir umr bo‘yi o‘zi yashagan hududdagi og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan folklor materiallarini to‘playdi hamda ulardan ijodiy foydalanish bilan o‘z ijodini ham boyitadi.
Uchinchidan, Uning xalq dostonlari yo‘lida bitgan dostonlari mazmunan shoir yashagan davr voqealaridan hikoya qilsa-da, ifodada folklor an’anadan foydalanilgani doston badiiyatini yanada oshirganligi aniqlandi.
To’rtinchidan, Shoir asarlari tasniflanganida uning folklor janrlarini yozma adabiyotga o‘zlashtirib novator ijodkor sifatida baxshiyona termalar ijod etgani kuzatildi.
Beshinchidan, To‘ra Sulaymon asarlari tadqiqi davomida shoirning 200 dan ziyod xalq maqollaridan foydalanganligi aniqlandi. Ushbu maqollarning ko‘pchiligi originalligi, boshqa ijodkorlar asarlarida, hatto folklorshunoslar tomonidan to‘plangan xalq maqollari nashrlarida ham uchramasligi kuzatildi. Bu shoir asarlarining qimmatini yanada oshiradi.
Oltinchidan, Shoirning Zulfiyaga bag‘ishlangan “SHe’riyatimiz malikasi”, ustozi Mirtemirga atalgan “O‘zbek she’riyatining Manasi”, Ergash Jumanbulbul haqida “Dostonchiligimizning bulbuli”, Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan “Chingiz Aytmatov – o‘zbekning o‘z yozuvchisi” kabilarga bag‘ishlangan asosan xotiralardan iborat maqolalari adabiyot tarixi uchun ham muhim manbalar taqdim etadi. Bu To‘ra Sulaymonning adabiyotshunoslik sohasi rivojiga qo‘shgan hissasidir. Shoir ijodida folklorizm sintezi masalasi shoir asarlarini keng qamrovda tadqiq etish masalasini qo‘yadi. To‘ra Sulaymon ijodi 4 yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirish uchun ma’lumotlar taqdim eta oladi:
1.Adabiyotshunoslik sohasi uchun shoir asarlari badiiyati, so‘z va obrazlarining individualligi hamda o‘ziga xosliklarini o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki urinishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, To‘ra Sulaymon ijodi navbatdagi sohalar vakillari uchun hali ochilmagan qo‘riqdir.
2.Folklorshunoslik yo‘nalishida To‘ra Sulaymon ijodidagi folklorizmlarning o‘ziga xosligi, ijodkor asarlari tarkibida ko‘p uchraydigan paremiyalarning originalligi, xalq og‘zaki ijodi orqali o‘zlashtirilgan janr, motiv hamda obrazlarning folkloristik ildizlarini tadqiq etish soha rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi mumkin.
3.Madaniyatshunoslik uchun shoir dostonlarida tasvirlangan xalq hayoti, urf-odatlari va tutumlari, to‘y-marosimlari bilan bog‘liq go‘zal tasvirlar Sirdaryo vohasi urf-odatlari, an’analari to‘g‘risida ensiklopedik ma’lumotlarni taqdim etadi.
4. Dialektologiya sohasi shoir asarlaridagi tilimizda hozirgi kunda kam qo‘llaniluvchi, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan so‘zlar manbai sifatida o‘rganilish ehtiyoji mavjud.
To‘ra Sulaymonning “Intizor” nomli kitobiga shoir Sirojiddin Sayyid tomonidan bitilgan to‘rtlikni uchratdik. To‘rtlikda shoirga berilgan juda o‘rinli ta’rifni biz ham xulosa sifatida ishimizga kiritdik:
Bo‘ynimdagi ming satrning qarzin to‘layman bitta,
To‘ralar ko‘p bu tuproqda, To‘ra Sulaymon bitta!



Download 230,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish