To’ra Sulaymon she’riyatining g’oyaviy badiiy xususiyatlari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi mundarija


II.2. Shoir she’riyatining individualligi



Download 230,5 Kb.
bet6/8
Sana13.07.2022
Hajmi230,5 Kb.
#785648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
To’ra Sulaymon sh

II.2. Shoir she’riyatining individualligi

Shoir insonning suvratini siyrati bilan muqoyasa qilib, zohirida namoyon bo‘lgan manzaralarni botiniy qiyofasi bilan chog‘ishtirib, sof badiiy xulosalar чиқаришга muvaffaq bo‘ladi. Shuning uchun ham uning she’rlari barchaga birdek manzur. U tevarak-atrofida kechayotgan voqea va hodisalarni o‘ziga tadbiq etadi, boshi uzra charx urayotgan garduni dunning sir-asrorlarini anglashga harakat qiladi. Hayot ismli murakkab tizimning yanada murakkab tilsimlari ustida bosh qotiradi. Muayyan kashfiyotlar qilishga erishadi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki Abdulla Oripov hayotiy masalalarning yechimlari ustida ijodiy izlanishlar olib borar ekan, bu boradagi xulosalarini hukm tarzida taqdim etmaydi. Balki o‘zining shaxsiy kechinmalri ortidan erishilgan topilmalar tarzida bayon etadi. Uni kimdir e’tirof etishi ham mumkin, kimdir e’tiroz bildirishi ham tabiiy hol. Masalan,
Mening bir jaydari falsafamdir shu,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin, deb yozadi u. Yoki:
Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o‘xshaydi so‘z ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.
U hech qaysi o‘rinda o‘z fikrini o‘zgalarga majburan singdirish yo‘lidan bormaydi. Qizig‘i shundaki uning xulosalarini o‘zimiz o‘zlashtiramiz. Chunki, shoirni qiynagan savollar aslida biz uchun ham begona emas. Bu tuyg‘u hammaga birdek taalluqli bo‘lgani bois ham shoirning she’rlariga tez oshno bo‘lib qolamiz. Tan olaylik, barchamizning ham ko‘nglimizda shu kabi kechinmalar mavjud. Dunyoni bilish, tiriklikning mohiyatini anglash - odam bolasini azal-azaldan qiziqtirib keladi. Lekin hammamizning ham ruhiy quvvatimiz, idrok imkoniyatlarimiz, tafakkur qobiliyatimiz shu ishga qodir emas. Zotan, ko‘rgan, kuzatganlaridan mantiqiy xulosala, falsafiy umumlashmalar chiqarish A. Oripovni boshqa ijodkorlardan ajratib turgan, uni she’riyatning (bugungi mezonlar bilan baholaganda, albatta) eng yuksak cho‘qqisiga ko‘targan iste’dod pog‘onalaridir. "Kichik bir she’rga shu katta ma’noni singdirish uchun hayotda olg‘a boradigan, olg‘a borib uzoqlarni ko‘radigan, eng muhimi, kuzatilgan voqeadan to‘g‘ri va zarur ma’no chiqara biladigan iste’dod bo‘lishi kerak edi. Abdulla Oripov hali studentlik chog‘idanoq o‘zini shunday iste’dod egasi sifatida ko‘rsatdi, - deb yozadi Matyoqub Qo‘shjonov, Suvon Meli bilan hammualliflikda chop ettirgan risolasida"2.
Abdulla Oripov hayot dengiziga chuqur sho‘ng‘ib, ma’nolar mahzanidan marvarid terayotgan g‘avvos - ijodkor. Shoirga yaratgandan tortiq bo‘lgan mana shu iste’dod yuqorida aytganimizdek hamisha ham olqov yoki qutlovlarga sabab bo‘lmagan. Yaxshi yozgani, she’riy mashqlari ko‘pchilikka manzur bo‘lgani, fikrlash qobiliyatining poyon bilmasligi tufayli ko‘p ozorlar chekkan. Unga eng ko‘p aziyat yetkazgan qavm esa, shoirning o‘z ta’biri bilan aytganda omadsizla guruhidir. Bunday kimsalar bag‘riga olmagani uchun, hatto tarixni-da, g‘ajib tashlashga tayyor. Bundaylarning hayoti cheksiz iztirob, og‘ir uqubatda kechadi. Birovga yomonlik sog‘inib, kimningdir ko‘nglini xufton etsa, bu kun undaylar uchun bayram. Omadsizlar juda xavfli qavm, ular turli yo‘llar bilan jamiyatda noto‘g‘ri tushunchalarni uyg‘otadilar. Bu esa ma’naviy qashshoqlikning belgisidir. Bunday kimsalar boshqalarning asabiga katta ziyon yetkazadilar. Haqiqatdan ham mana shu kabi munosabatlar shoirning qalbiga jarohat soladi. Ruhiga sanchiq bo‘lib botadi. Nomsiz bir dard, mavhum bir og‘riq bo‘lib qiynaydi. Qiynoqlar esa she’rga ko‘chadi:
Dunyoda har kimning bor o‘z matlabi,
Tuya so‘rab bo‘lmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgo‘y ham chiqmaydi betgachopardan.
Shoir mana shu singari ozor berguvchi qavmga hamisha o‘z munosabatini bildirib keladi. Bu uning deyarli har bir she’rida, she’riy dostonlarida bo‘rtib, bo‘y ko‘rsatib turadi. "Ranjqo‘m" dramasining dunyoga kelishida ham mana shu qavmning qing‘irliklari omil bo‘lgan desak xato bo‘lmas. Achinarlisi shundaki, bu qavmdagilar torgina dunyoqarashlari doirasida mittigina maqsad, maydagina manfaat mehvarida yashaydilar. Shoir inson degan nomga nomunosib mana shunday maydakashlikka achinadi. Koinot sarvari bo‘lmish odam bolasi shu qadar tuban ketishining sababi nima, degan iztirobli o‘ylar iskanjasida, yechimsiz savollar ustida bosh qotiradi.
She’riyat. To‘ra Sulaymon ijodining asosiy qismini uning she’rlari tashkil etadi. Qo‘shiqchi shoir sifatida e’tirof etiladigan To‘ra Sulaymon she’riyati ohangdorligi hamda ritmning xalqona ohanglarga yaqinligi bilan xarakterlanadi. Shoir she’riyatini shartli ravishda 3 davrga bo‘lib tadqiq etish maqsadga muvofiq.
To‘ra Sulaymon she’riyatining ilk davri chegaralarini 1960-1975 yillar bilan belgilash mumkin. Bu davr shoir uchun folklordan ta’sirlanish davri bo‘ldi. Turob To‘la maktubida ta’kidlagani, “aytuvchilik qobiliyati”ning kam taraqqiy etgani shoirni xalq ijrochiligidan uzoqlashtirib, yozma adabiyot bilan bog‘laganligi ehtimolga yaqin. Shoir ijodining ilk davrida qalbida nimaiki bor, baxshiyona aytimlarmi yoki shoirona latif satrlarmi, barini qog‘ozga tushiradi. Bu davrda xalqona ijod ta’siri shu darajada ediki, ba’zida To‘ra Sulaymon she’rlarini folklor namunalari bilan adashtirib yuborish mumkin bo‘lardi. Shoirning ilk she’riy to‘plami (“Istar ko‘ngil”, 1962) “Qo‘shiq izlab”, “Tog‘lar osha, daralar osha” va “Xalq qo‘shiqlaridan” nomli fasllarga bo‘linishi ham undagi she’rlarning yaratilish tarixidan xabar berib turibdi.
Folklordan ta’sirlanish davri shoir she’riyatiga folklor janrlarini ham olib kirdi. Bu davr To‘ra Sulaymon asarlari orasida alyor, o‘lan, terma, qo‘shiq kabi janrlardagi asarlar uchraydi.
Shoir ijodini xalq og‘zaki ijodi bilan yaqinlashtiruvchi janrlardan biri termalardir.
Termalarim, termalar, o‘ngimda ham tushimda –
Ko‘rinasiz ko‘zimga, hatto qilgan ishimda –
Ulfatimsiz, termalar!1
Xalq og‘zaki ijodining doston hamda qo‘shiq janrlari o‘rtasida paydo bo‘lgan bu janr1 xalq ijrochilariga katta asarlar ijrosi oldidan ijodiy kayfiyatga tushishlari uchun yordam beruvchi o‘ynoqi ritmlardan tashkil topadi. To‘ra Sulaymon ijodida ham bu ritm aslicha saqlangan:
Tiring-tiring do‘mbiram,
So‘yla siring do‘mbiram,
Sensiz so‘z qurolmayman,
Ko‘rmasam turolmayman.
Qo‘shig‘imning qo‘ri bo‘l,
Yuragimning jo‘ri bo‘l...2
Shoirning “Samarqand ta’rifi” nomli ushbu she’rida folklorizm bilan yana bir yaqinlik kuzatiladi. Ma’lumki, she’riy shaklga ega folklor namunalarida turli turoqlangan misralar bir asarda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘la oladi. Shoirning ushbu she’ri 4-3, 4-4, 6-5, 8-7 tarzida turoqlangan misralardan tarkib topgan. Bu jihat To‘ra Sulaymonning yana bir qancha she’rlari uchun ham xosdir.
Shoir she’riyatining ikkinchi davrini 1975-1985 yillar chegarasi bilan belgilash mumkin. “Sizni eslayman” (1980) nomli she’riy to‘plami shoir ijodida burilish yasadi. Bu paytga kelib shoir To‘ra Sulaymon bo‘lib tanilgan, o‘z so‘zi va uslubi shakllangan edi. Bu yillar uning uchun folklor bag‘ridan yozma adabiyotga yaqinlashuv davri bo‘ldi. Shoir ijodiy izlanishlari go‘zal tabiat tasvirlarini yaratish hamda ichki intim tuyg‘ularni obrazlar vositasida gavdalantirish kabi yangi jihatlar bilan boyidi.
Bu davrga kelib To‘ra Sulaymon ijodida folklordan “nusxa ko‘chirish” holati tugatildi va uning asarlari chin ma’noda yozma adabiyotning durdonalari sifatida tan olindi. Bunga sabab shoirning og‘zaki adabiyot namunalaridan ayro ijod qila boshlagani emas, balki bu sintezni san’at darajasiga yetkazib, o‘z uslubiga aylantira olganligidir:
Hali ushalmagan ne orzu o‘ylar,
Hali chalinmagan sehrli kuylar.
Xazonsiz chamanlar, muattar bo‘ylar
Otadan bolaga qolsin, dedilar,
Otamning o‘zini qayga qo‘ydilar?1
Shoir o‘zi uchun muqaddas deb bilgan otameros ijodiy traditsiyalarga umr bo‘yi sadoqat ko‘rsatdi.
Manzil qayda, gap qayda hali,
Aro yo‘lda qolgulik qilma,
Ota meros sozim turganda
O‘zga sozni chalgulik qilma,
Termalarim, o‘lanlarimsiz
Ismu jismim mangulik qilma2.
To‘ra Sulaymon she’riyatining uchinchi davrini 1986-2005 yillar tashkil etadi. Bu davr shoir ijodi uchun xos jihatlar folklorizm uyg‘unligidagi falsafiy fikrlash, xalqona donishmandlik hamda ulkan hayot tajribasining nazmiy ifodalaridir. Shoirning yaraliboq qo‘shiqqa aylanib ketgan ko‘pgina she’rlari shu davr mahsuli.
Qayta-qayta bosh egib, ta’zim qilib o‘tsangiz,
Otam yotibdi bunda,
Onam yotibdi bunda.
O‘tar chog‘i arziydi simobga aylansangiz,
Daryo-daryo ko‘z yoshi sitam yotibdi bunda,3 -
kabi quyma satrlar, “Gul bir yon, chaman bir yon” kabi ohangi barchaga tanish qo‘shiq matni bo‘lgan she’rlar ham shu davrda qog‘ozga tushdi.
Bu yillar shoir ijodida nafaqat mazmun, balki shakliy jihatdan ham yangilanishlar davri bo‘ldi. “Aylanib”, “Topolmasman” kabi asarlari To‘ra Sulaymonning aruzdagi izlanishlari namunalaridir. Bu asarlarni xalq yo‘lidagi g‘azal sifatida baholash mumkin. To‘ra Sulaymon g‘azallari vazn talablariga javob bermasa-da, musiqiylik, ritm jihatidan muvaffaqiyatli chiqqan va bugungi kunda kuyga solib qo‘shiq sifatida kuylanib kelinmoqda.
Xulosa qilib aytganda, To‘ra Sulaymon she’riyati xalq bag‘rida unib-o‘sdi va o‘zida xalqona ruhni saqlab qola oldi. SHe’riyatimiz to‘rasining zamonaviy tematikani folklor ohanglariga ajib bir mahorat ila payvand etib1 bitgan she’rlari falsafiy-didaktik masalalarni qamrab oladi.
Hajviy asarlar. Shoir ijodida hajviy asarlar muhim o‘rin tutadi. To‘ra Sulaymonning “Mushtum kutubxonasi” seriyasida nashr etilgan “Alhazar” (1976) nomli to‘plamida shoirning jurnalda e’lon qilingan eng sara hajviy asarlari jamlangan. To‘plam 7 satirik she’r, 6 hajviya hamda qatralardan tashkil topgan. Shoirning to‘plamlariga kirmay qolgan, gazeta va jurnallarda e’lon qilingan hajviy asarlari bu hisobni yanada oshiradi.
Shoir hajviyalarida o‘z davrining odami sifatida turmushdagi ayrim holatlar, xususan, qalin evaziga qizini sotadigan otalar, sayoq sozandalar, ikkiyuzlamachi kishilar, shoirlikni xavas deb bilgan “yozuvchilar”, xalqning hisobiga kun ko‘ruvchi mansabdorlar ustidan kuladi. To‘ra Sulaymon hajviyalari mavzu jihatidan eskirgan bo‘lsa-da, mohiyatan shoir qalamga olgan turmush muammolari bugungi kunda ham o‘z yechimini topgani yo‘q.
Hajviyalarning yana bir muhim jihati ularda xalq donishmandligi namunalari bo‘lmish maqollarning ko‘plab ishlatilganligidir. Muallif hajviy asarlarida foydalangan xalq maqollari, birinchidan, asardagi yumor hissini kuchaytirishga xizmat qiladi, ikkinchidan, asar g‘oyasidan kelib chiquvchi falsafiy xulosalarning ta’sirchanligini oshiradi. Ushbu paremiyalar boshqa ijodkorlar asarlarida uchramagan, originalligi bilan ham e’tirofga loyiq:
“Qulon zoti yiqilsa qulog‘iga sir aytmas”, “Sirni ochish oson, sirdosh bo‘lish qiyin”, “Beshikdagi bolaning ham etak tortar dushmani bo‘ladi”, “Yak nafas halovat taxti Sulaymon ast (Bir nafaslik halovat Sulaymon taxtiga tengdir)”, “Izzayi mo‘min – harom”, “Ikki shunqor talashsa bir qarg‘aga yem tushar”, “Boyqush ketidan ergashib vayronaga duch keldim”, “Devning ishi qurbaqaga tushibdi”, “Nasr – katta karvon”...
To‘ra Sulaymon hajviyalari ijtimoiy jamiyat muammolari ustidan kulish, tanqid qilish ruhida bo‘lib, ularning qalamga olinishi to‘g‘risida shoir o‘zi shunday yozadi: “Nazmdan, nasrdan iborat bu hajviyalarimni to‘plam holida kitobxonlar hukmga havola etayotganim – gulzorni alaflardan tozalashdek ezgu niyatga tutinayotganim”1.
To‘ra Sulaymonning folklordan yozma adabiyotga o‘zlashgan janrlardagi asarlarini alohida tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb bildik. Sababi, bu asarlar asl ildizi bo‘lmish folklor namunalariga juda yaqin va shoirning ko‘pgina “kashfiyot”lari, eksperimentlari ham shu yo‘nalishda amalga oshirilgan.
Dostonchilik. To‘ra Sulaymon ijodida ko‘lam jihatidan ikkinchi o‘rinni doston janri egallaydi. Adabiyotimiz tarixida doston janri og‘zaki adabiyot orqali yozma adabiyotga kirib kelgan, biroq o‘z traditsiyalari bilan folklor namunalaridan butunlay farq qiluvchi janrdir.
Ushbu janr tarixiy taraqqiyoti davomida doston, masnaviy, poema nomlari bilan atalib kelingan. Dastlab folklor adabiyotda doston nomi bilan atalgan janr yozma adabiyotda Yassaviydan boshlab qo‘llana boshlandi. Aruz vaznining masnaviy (ikkilik) shakli bu janr talablari uchun qulayligi sabab mumtoz adabiyotda dostonlar shu shaklda bitildi hamda masnaviy doston janrining ikkinchi nomi bo‘lib qoldi. XX asrdan boshlab urf bo‘lgan forscha “afsona, qissa, doston” ma’nolarida qo‘llanuvchi poema termini bu janrning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi2.
To‘ra Sulaymon dostonlari tuzilish jihatidan xalq og‘zaki ijodidagi doston janriga yaqin turadi. Xalq eposlarining quyidagi xususiyatlari To‘ra Sulaymon dostonlari uchun ham xosdir:

  • sinkretlilik;

  • she’riy matnlarning barmoq vaznida yozilishi;

  • bo‘g‘inlar soni va turoqlarning o‘zgarib turishi;

  • nasriy qismda sajlardan foydalanish.

  • bir doston matni parchasidan boshqa dostonda ham foydalanish;

  • paremiyalarning ko‘p qo‘llanilishi.

Shoir dostonlarining o‘ziga xosligi sabablarini aniqlash uchun uning xalq ijrochilari bilan aloqasini o‘rganish lozim. To‘ra Sulaymon o‘zbek dostonchiligining bulbuli sifatida e’tirof etiluvchi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li bilan yaqin aloqada edi. Bu aloqa natijasi o‘laroq, shoir dostonlari hamda “Ergash Jumanbulbul el kezadi” turkumidagi baxshiyonalari dunyoga kelgan. To‘ra Sulaymon Ergash Jumanbulbul o‘g‘li ijrosidagi ko‘plab dostonlarni jonli ijroda tinglaydi va dostonchilik borasida baxshini o‘ziga ustoz deb biladi. Zamonaviy mavzularni kuylovchi shoir dostonlarining xalqona yo‘lda yozilishi ustozining ta’siri edi. Biroq To‘ra Sulaymon ijodi yozma adabiyotdagi doston janrini xalq eposi bilan yaqinlashtirish yo‘lidagi birinchi urinish emas. Bu harakat dastlab folklor ijrochilari tomonidan boshlangan. To‘ra Sulaymon Ergash Jumanbulbul o‘g‘li haqida yozgan maqolasida1 baxshining ayrim dostonlarni og‘zaki ijro etsa, ayrimlarini yozib qoldirganligi haqidagi o‘zbek folklorshunosligining otasi Hodi Zarifning so‘zlarini keltiradi. Demak, Ergash Jumanbulbul so‘z “qori”ligidan shoirlikka tomon ilk qadam tashlagan baxshilardan bo‘lsa, To‘ra Sulaymon yozma adabiyot maydonidan folklor bag‘riga ilk odimlagan shoirlardandir.
To‘ra Sulaymon jami 9 ta doston yozgan:

  1. Qorasoch (1965)

  2. Jahongashta (To‘lg‘anoy) (1970)

  3. Qoya (1988)

  4. Yovqochdi (1988)

  5. Mangulik (1988)

  6. Sarvinoz (1988)

  7. Qorayaloq (1988)

  8. Intizor ( 1996)

  9. Guljahon (2003)

To‘ra Sulaymon yaratgan ilk dostoni “Qorasoch” edi. “Bu asar traditsion xalq dostonlari uslubida yozilgan zamonaviy mavzudagi birinchi yirik doston bo‘lgan uchun tanqidchilarning e’tiborini tortdi”1. Doston tilining xalqonaligi, saj usulidagi so‘z o‘yinlari, qahramonlarning ichki kechinmalarini ifodalovchi xalq qo‘shiqlaridan ustalik bilan foydalanilganligi asarning o‘qishli bo‘lishini ta’minladi. Shu bilan birga To‘ra Sulaymon dostonlarining mazmuni va shakliy qurilmasi borasida adabiyotshunoslar orasida muhokama boshlanib ketdi. Adabiyotshunos G‘.Mo‘minov shoir dostonlari haqida shunday fikr beradi: “...shoir folklordan foydalanishda ko‘proq qoliplash usulidan boradi, ya’ni o‘z mavzu va g‘oyaviy niyatini, qahramonlar taqdiri, ularning o‘zaro munosabatini tasvirlashda traditsion xalq dostonlarining qolipini qo‘llaydi. Natijada zamonaviy voqe’lik, shu kungi kishilar xarakteri, qahramonlarning o‘y-xayollari, orzu-intilishlari, davrning umumiy ruhi qadimgi xalq dostonlari ruhining soyasida qolib ketganday tuyuladi”2.
Adabiyotshunos novator ijodkorning ilk tajribasini “hazm qila olmaydi” va shu bois uning xalq dostonlari shakliy qurilishi sintezidan hosil bo‘lgan doston-poemalaridan kamchilik izlaydi. To‘g‘ri, novator ijodkor uchun kamchiliklarning bo‘lishi tabiiy hol. Biroq folklor traditsiyasining yozma adabiyotga “ko‘chirilishi” To‘ra Sulaymon asarlariga o‘zgacha ruh, o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaganini ham tan olish darkor. Yuqorida adabiyotshunosimiz “qadimgi xalq dostonlari”ga nisbat bergan ijodiy ruh bugun ham o‘lkamizning qaysidir qismida davom etmoqda va balki qanchalab yurtdoshimiz shu kayfiyat bilan yashamoqdalar. Xalq orasida yashagan shoir uchun bu katta shaharning katta kutubxonalariga “berkinib olgan” olimlardan ko‘ra anglashimliroqdir.
Xullas, To‘ra Sulaymon dostonlarida folklordagi dostonchilik an’analari asos qilib olingan. Ushbu tajriba ikki jihatdan o‘zbek adabiyoti uchun muhimdir:
Birinchidan, yo‘qolib borayotgan xalq og‘zaki ijodi dostonchilik an’analarining yozma adabiyot bag‘rida saqlanib qolishi;
Ikkinchidan, zamonaviy mavzularda yozilgan asarlar orqali xalqona milliylik ruhining yanada kuchliroq targ‘ib etilishi.
Baxshiyona termalar. Ilm ahliga ma’lumki, pand-nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratilgan, ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta’rifi va tanqidiga bag‘ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo‘lgan lirik, liro-epik she’rlar1 folklorda terma janri nomi bilan yuritiladi. Folklorshunos olim Abiyr Musaqulov o‘z tadqiqotida termalar xususiyatlarini shunday belgilaydi: “O‘zbek xalq termalari dostonchi va termachilar tomonidan yaratilgan, badiha tarzida ijro etiladigan, lirik va epik turga mansub, kompozitsion jihatdan bir necha tiplarga bo‘linadigan, g‘oyaviy-badiiy, tarbiyaviy, baxshi tayyorlash, informativ, dostonchini doston aytishga, tinglovchini doston tinglashga hozirlash funksiyalariga ega, muzika bilan munosabati barqaror bo‘lgan xalq qo‘shiqlaridir”2.
Termalar, asosan, baxshilar uchun dostonga kirish vazifasini bajargan va katta doston ijrosidan oldin pand-nasihat, hayot voqealariga munosabat bildirish kabi mavzu ko‘lami ijtimoiy xususiyat kasb etgan ijro orqali tinglovchining diqqatini o‘ziga tortishni maqsad qilgan. Folklorshunos O.Madayev terma janrining pedagogik ahamiyatga ega bo‘lishi, ularning yozma mumtoz adabiyotdagi qasida vazifasini bajarib kelishi, liro-epik bu janrning voqealar bayonida his-tuyg‘u hamda kechinmalarni ham ifoda etish imkoniyati mavjud ekanligini qayd etadi1 .
To‘ra Sulaymoning “Ergash Jumanbulbul o‘g‘li el kezadi” turkumi ostida e’lon qilingan asarlari janr xususiyatlariga ko‘ra folklorning terma janri talablariga mos keladi. Bugungi kunda bu yo‘nalishda ijodini davom ettirayotgan Usmon Azim o‘z asarlariga “baxshiyona” nomini berdi. Biror xalq baxshisi nomidan “kuylanadigan” ushbu asarlar janrini biz ham shartli ravishda baxshiyona termalar deb atadik.
To‘ra Sulaymon Ergash Jumanbulbul hamda Fozil baxshi nomlaridan baxshiyonalar ijod qilgan. Baxshiyonalar quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi:
Shakliy jihatdan:

  • bosh qahramon sifatida konkret folklor ijrochisi, baxshi tanlab olingan;

  • asar nasriy nutq hamda lirik parchalardan iborat;

  • nasriy qismda sajlardan foydalanilgan;

  • lirik qism yozma adabiyot talablari asosida bitilgan;

  • alohida syujet chizig‘iga ega;

Mazmun jihatidan:

  • asarda o‘z davriga munosabat shaklida pand-nasihat ruhi ustuvor;

  • nasriy qism xalq baxshilari nutqiga yaqin;

  • lirik parchalar yozma adabiyotning xos xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.

To‘ra Sulaymon baxshiyonalarining ilk namunalar ijodkorning “Jahonnoma” (1996) nomli to‘plamida e’lon qilingan. Dostondan kichikroq hajmga ega 5 asarning barchasi Ergash Jumanbulbul tilidan yozilgan. Bu baxshiyonalarda ma’lum ma’noda baxshining hayoti va ko‘rgan-kechirganlari aks etgan, deyish mumkin. To‘ra Sulaymonning baxshi bilan yaqindan aloqada bo‘lgani buni asoslaydi.
“Sayxon” (2003) nomli to‘plamiga shoirning yuqoridagi 5 asari qayta ishlangan holda kiritilgan. Bu to‘plamda jami 19ta baxshiyona mavjud bo‘lib, ular ijodkorning ma’naviy yuksalishini o‘zida aks ettiradi. Janr takomili shuni ko‘rsatadiki, shoirning baxshiyonalari endi Ergash Jumanbulbul, Fozil shoir kabi xalq ijrochilari obrazlari tilidan “aytiladi”.
Folklorshunos I.Tursunov tadqiqotlari maqollar asosida terma ijod qilish Samarqand va Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktablari uchun xos ekanini ko‘rsatadi1. Samarqand dostonchilik maktabi bilan yaqin aloqada bo‘lgan To‘ra Sulaymon termalarida ham maqollar uchraydi:
Men so‘ylayman avval boshdan,
O‘sma ketar yuvsa qoshdan,
Yomon kunda yot yaxshidir
Qadring bilmas qarindoshdan.
To‘ra Sulaymon ijodida yana afsona, ertak, yor-yor, alyor janriga oid asar namunalari mavjud.
Fantastik mazmunga ega bo‘lib, o‘tmishda qanday bo‘lsa, hozirgi zamon va kelajakni ham shunday tasvirlovchi afsona janri asosida mifologik tafakkurning yotishi bilan xarakterlanadi. To‘ra Sulaymonning “Jahonnoma” nomli asari shu janr asosida yaratilgan.
Shoir asarida olamning paydo bo‘lishi haqidagi mifologik qarashlar, afsonalardan foydalanadi. Asardagi obrazlar tizimini quyidagicha ajratish mumkin:
Oshiq – Shams (Oftob);
Ma’shuqa – Qamar (Oy);
Raqib – Yetti Qaroqchi, Tun;
Homiy kuchlar – Ona Yer, Tong, Cho‘lpon;
Afsonada Shams va Qamar muhabbati voqealar asosini tashkil qiladi. Qamarga oshiq bo‘lgan Yetti Qaroqchi uning ishqida yonib, o‘zaro talashib-tortishadilar. Tun (badiiy adabiyotda, odatda, bu obraz ekvivalenti sifatida maston kampir, o‘gay ona kabilar keladi) ularga yordam berish maqsadida Shams va Qamar orasiga shubha soladi. O‘rtadagi gumon ularni ajratadi. Shams g‘azabdan yonib Oftobga aylanadi, Qamar esa unga tik qarashga or etib, Oyga do‘nadi, yig‘lay-yig‘lay sochlariga oq oralab, Oymomo bo‘lib qoladi. Ona yer ham bularning dardiga azob chekib, yuzlariga ajin tushadi, to‘kkan ko‘z yoshlaridan daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi...
Muallif quyidagi bir qator tabiat hodisalarini mifologik tafakkur asosida izohlashga harakat qilgan.
Yulduzlar – Bibi Hilolning ayriliqda to‘kkan ko‘z yoshlari;
Oyning 30 kunda bir marta to‘lishishi – Bibi Hilolning Shams bilan qayta topishganlaridan so‘ng o‘tgan gaplardan uyalib, oyda bir jamolini ko‘rsatib, yana o‘z chodiriga kirib ketishi;
Oy va Quyoshning yer yuzini yoritishi – Shams va Bibi Hilolning Ona Yerga o‘z onalaridek muhabbat qo‘yganliklari;
Yetti qaroqchi yulduzlar turkumining g‘arbdan sharqqa qarab aylanishi – Ona Yerning duoyibatiga uchrab, yulduzlar Bibi Hilolning izidan ham benasib bo‘lganliklari;
Vulqon otilishi, daryo hamda dengizlarning toshishi, suv toshqinlari – endilikda bag‘ridagi bir Ota va bir Onaning bolalari bo‘lmish odamzotning o‘zaro adovatidan xasrat chekib Momo Yerga aylangan onaizorning qirg‘in va qonxo‘rliklarga chiday olmay johillarga bergan beayov jazosi;
Oy va quyosh tutilishi – Momo Yerning azoblanishlariga chiday olmay Oyning qora kiyim kiyishi, Quyosh ham avval qorayib, keyin butun borliqni kuydirishga taraddud ko‘rishi sifatida talqin etiladi.
Ushbu mifologik qarashlar oxirzamondan darak beruvchi belgilarni eslatadi. Asar so‘ngida muallif voqealarning qay tariqa davom etishi bizning – Odamzotning qo‘lida ekaninini ta’kidlaydi: “... Olamning yasharishi, ona-Yerimizning Quyosh tegrasida osuda, asoyishta aylanishi, daryolarning tinib-tiniqib oqishi, dengizlarning sokin chalqib-chayqalib turishi Yer yuzidagi barcha kishilarning, Siz bilan Bizning qo‘limizda, kelajak avlodlarimizning qo‘llarida, inon-ixtiyorlarida emish”1.
To‘ra Sulaymon ijodida birgina ertak uchraydi. “Xarsang” deb nomlangan ushbu asar bir necha bor qayta nashr qilingan. 1994 yil ertak alohida kitobcha shaklida chop etilgan. Asar she’riy yo‘lda yozilgan bo‘lib, maishiy ertaklar sirasiga kiradi.
Ertakda asosan aka-uka o‘rtasidagi munosabatlar tasvirlangan. Shoir ertakda quyidagi dolzarb ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratadi:

  • oila to‘kisligida ayol kishining o‘rni;

  • farzand oila quvonchi, davlati ekani;

  • qarindosh-urug‘larning o‘zaro hamjihatligi hikmati;

  • adovat g‘am, sahovat baxt keltirishi.

Asarda qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi munosabatlarda ayol kishining o‘rni muhim ekani tasvirlanadi:
Naql bordir: erni er,
Yer qilar ham xotindir.
Istasa qul, istasa
Sher qilar ham xotindir2.
Xalqda farzand davlatga qiyos etiladi. Ertakda ayoli oliyjanob, mehribon bo‘lgan ukaning farzandlari ko‘p, davlatmand. Aka esa qalbi qora, xasadgo‘y xotinga yo‘liqqani tufayli farzandsiz. Muallif farzandsiz aka holatini shunday tasvirlaydi:
Qolmadi bosh urmagan,
Sig‘inmagan bir yeri.
To‘g‘ri chiqmas barining
Bashorati, ta’biri.
Halol yurib, halol tur,
Ushalar orzung shunda.
Bir tangriga sig‘ingin,
Gapning bari o‘shanda1.
Aka Yaratganga ibodatlar qilib bir majruh o‘g‘ilga bazo‘r yetishadi.
Ertak medium qismida xasadgo‘y xotin akaning qalbiga shubha solib, ukaga nisbatan adovat uyg‘otadi (Diniy qarashlarga ko‘ra Qobil va Hobil o‘rtasidagi adovat, ilk qotillikka ham ayol kishi sabab bo‘lgan edi). Alam o‘tida yongan aka ukaning haqi bo‘lgan bug‘doyni o‘g‘irlaydi. Janr an’analariga ko‘ra final – yakun ibratli adolat bilan nihoya topadi. Ukaning aka o‘g‘irlaganidan qolgan boyligi oltinga aylanib, uni yanada davlatmand qiladi, aka xasadgo‘y bo‘lgani tufayli bor boyligi toshga aylanib qoladi.
To‘ra Sulaymon ertagi nafaqat bolalar, kattalar uchun ham tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Shoir folklorning yor-yor janrida ham mustaqil ijod qilgan. Uning “Sizni eslayman” (1980) to‘plamiga kirgan yor-yori o‘z davri ruhini aks ettiradi.
Paxtazorni oralab
Ishlashamiz, yor-yor, ishlashamiz,
Yor-yor aytib ko‘ngilni
Xushlashamiz yor-yor, xushlashamiz2.
Bundan tashqari “Jahongashta” (“To‘lg‘anoy”) nomli dostonida shoir to‘y voqealari tasvirini berish uchun xalq ijodiga mansub bo‘lgan yor-yordan foydalanadi.
To‘ra Sulaymonning ijodida alyor (aytishuv) janridagi asari mavjud. Bu asar dastlab shoirning ilk kitobida e’lon qilingan. Keyinchalik “Sizni eslayman” (1980), Qorako‘zginam (1981) kitoblari va Istar ko‘ngil (1984) nomli saylanmasida qayta nashr etilgan. Ilk nashrda “Tog‘ qizlari” deb nomlangan bu asarga Hamid Olimjonning “Ishim bordir o‘sha ohuda...” satri epigraf qilib olingan. Keyingi nashrlarda u “Alyor” deb atalgan va epigraf ham tushirib qoldirilgan. Asar nashrdan-nashrga asar yangi satrlar bilan boyitilgan. Unda shoirning qayin yurti qizlari bilan aytishuvi tasvirlanadi:
Pochchamizni bu kecha bazmda sinaymiz, deb,
Alyor-alyor aytishib, nazmda sinaymiz, deb,
Qayin yurtim qizlari meni ko‘rmoq istabdi,
Bu ishga bosh bo‘ling, deb yangajonni qistabdi.
Badiiy-publitsistik asarlar. To‘ra Sulaymon publitsistika sohasida ham izlanishlar olib borgan. Bu sohada e’lon qilingan bir qator badiiy-publitsistik asarlarida shoir o‘z davrining kishilari, hamyurtlari, hamqishloqlari taqdiridan hikoya qiladi. O‘z davrining faol kishisi sifatida shoir zamonasi qahramonlarini ta’riflash bilan o‘z davriga ham ta’rif beradi.
Shoirning badiiy-publitsistik asarlari orasida bugungi kunda ham muhim qiymatga ega bo‘lgan bir qator maqolalar mavjud. Bular shoira Zulfiyaga bag‘ishlangan “She’riyatimiz malikasi”, ustozi Mirtemirga atalgan “O‘zbek she’riyatining Manasi”, Ergash Jumanbulbul haqida “Dostonchiligimizning bulbuli”, Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan “Chingiz Aytmatov – o‘zbekning o‘z yozuvchisi” kabi maqolalalaridir.
Xulosa qilib aytganda, To‘ra Sulaymon ko‘p qirrali ijod sohibi sifatida badiiy adabiyot hamda publitsistika sohalarida ijod qildi. Uning asarlariga xos asosiy xususiyat ularning tarkiban yozma hamda og‘zaki adabiyot oralig‘ida yaratilganligidadir.

Download 230,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish