O‘zgaruvchan epiteliy.
Buyrak
kosachasidan boshlab, siydik yo‘llarini qoplab turadi. CHo‘zilgan holatda
ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliyni eslatadi. Oddiy holatda esa hujayralar
yuzasi yumaloqlashadi. Pastki qavat hujayralari yuqorigi qavatga bo‘rtib chiqishi
hisobiga qavatlar soni oshadi.
Bez epiteliysi.
Ekzokrin
bular shunaqa bezlarki, ularda asosiy funksiyani bajaradigan
to‘qima epiteliy to‘qimasidir. Bezlar bir hujayrali va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Har bir
bezlar o‘zining bir qator belgilari bilan xarakterlanadi.
Bir hujayrali bezlar turli shaklda bo‘lishi mumkin, epiteliy tasmasi ichida
(endoepitelial) yoki uning tashqarisida (ekzoepitelial) joylashadi,
sekretini qonga
yoki erkin yuzaga ajratishi mumkin (endo yoki ekzokrin), nihoyat ajratadigan
sekreti tarkibiga qarab oqsil, mukopolisaxarid va boshqa turlari farqlanadi.
Ko‘p hujayrali bezlar 2 tur hujayraga ega: Sekretor (atsinar) va chiqaruv
naylarining hujayralari. Bu hujayralarning tuzilishi va vazifasi turlicha. Birinchi
tipdagi hujayralar maxsus shu bez uchun xos bo‘lgan sekret
ishlab chiqaradi, ular
keskin qutbli: bazal qutbda yadro joylashadi, apikal qutbni esa sekret donachalari
egallagan, donador endoplazmatik to‘r yahshi rivojlangan. Sut, so‘lak, oshqozon
suyuqligi, biologik aktiv moddalar xosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Ikkilamchi tip
hujayralar naylar sistemasini shakllantiradi. Bu erda sekret harakat qiladi, yo‘l-
yo‘lakay suvga to‘yinadi, naylar devorida filtrlanadi, yoki aksincha ortiqcha suv va
tuzlarni chiqaradi. SHilimshiq, minerallar va boshqa komponentlar bilan
to‘ldiriladi. Bundan tashqari nay hujayralari filtrlash va mexanik vazifalar bilan bir
6
qatorda sekretor vazifani xam bajarishi mumkin.
Naylar murakkab bezlarda
tarmoqlangan oddiy bezlarda esa tarmoqlanmagan bo‘ladi. Oxirgi bo‘limlarning
shakliga qarab naysimon alveolyar va alveolyar naysimon xillari farqlanadi.
Sekretining tarkibi bo‘yicha esa oqsil, shilliq va aralash bo‘ladi. Sekretini ajratish
bo‘yicha bezlar merokrin, golokrin va apokrin bo‘ladi.
Sekretor hujayralarning davriy o‘zgarishi sekretning hosil bo‘lishi, eg‘ilishi,
ajralishi bilan bog‘liq. Bu jarayon sekretor sikl deb ataladi. Sekretning sintezi va
uning ajralishi to‘xtovsiz davom etadi, lekin sekretning ajralishi kuchayishi yoki
susayishi mumkin.
Golokrin sekretsiya jarayonini yorug‘lik
hamda elektron mikroskopda
kuzatish mumkin. Sekretor maxsulotni hosil bo‘lishi hujayralarning halok bo‘lishi
bilan bog‘liq, bu kariopiknoz va yog‘ning sitoplazmada qayta to‘planishi bilan
boradi.
Apokrin sekretsiya hujayra yuzasida o‘simta hosil bo‘lishi bilan boradi, ular
sekret bilan bo‘ladi, keyin esa yoriladi, mikrovorsinkalar yo‘qoladi. Sekretsiya
natijasida hujayraning balandligi pasayadi. Keyin
hujayraning butunligi qayta
tiklanadi.
Merokrin sekretsiya apikal membrananing butunligi saqlanishi bilan
xarakterlanadi. Sekretor maxsulot molekula ko‘rinishida diffuz yo‘l orqali
tashqariga chiqadi, bu paytda apikal plazmatik membrana butunligini saqlab
qoladi.
Bundan tashqari hayot sikli jarayoni davomida ekstruziya tiplari almashinuvi
yuz berishi mumkin. Masalan, yog‘ hujayralarida (tipik golokrin)
sekret avval
merokrin yo‘l bilan ajraladi, keyinchalik esa golokrin yo‘l bilan ajraladi. Xuddi shu
xarakterdagi sekretsiya oshqozon va ichak shilliq ishlovchi hujayralarida ham
kuzatiladi.