To‘qimalar. Epiteliy to‘qimasi. Bezli epiteliy, bezlar. To‘qimalar ta’rifi, klassifikatsiyasi. Epiteliy to‘qimasi, uning turlari, tuzilishi. Bir kavatli yassi epiteliy. Bir kavatli kubsimon epiteliy. Ma’ruza rejasi



Download 395,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.03.2022
Hajmi395,04 Kb.
#514028
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-мавзу

 To‘qimalar tasnifi. 
To‘qimalarni 4-5 xilga bo‘lish juda nisbiy. Asosiy ko‘rsatgichi bo‘lib uchta 
homila varag‘idan kelib chiqishi emas, balki ularning tuzilishi va vazifasi xizmat 
qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab qoplovchi to‘qimalar ektoderma va 
entodermadan, ba’zilari mezodermadan rivojlanadi. Biriktiruvchi to‘qima 
mezodermadan, mushak to‘qimasi xam mezodermadan, faqat ma’lum qismi 
ektodermadan hosil bo‘ladi. A’zolarda bir necha xil to‘qimalar mujassamlashgan. 
Masalan, mushak to‘qimasi biriktiruvchi to‘qima bilan aralash. Nerv to‘qimasida 
xam biriktiruvchi to‘qima ishtirok etadi. 
SHunday qilib, xozirgi paytda to‘qimalarning nisbiy tasnifi qabul qilingan. 
To‘qimalarning rivojlanishi va shakllanishi qaysi yo‘l bilan va qanday borishi 
haqidagi tushunchani Xlopin N.G. yaxshi ta’rifini bergan (divergent rivojlanish 
konsepsiyasi). 
Epiteliy to‘qimasi. Umumiy tavsif. 
Epiteliy to‘qimasi tanani, ichki a’zolarning shilliq va seroz pardalarini 
qoplaydi, ko‘plab bezlarni hosil qiladi. SHunga qarab qoplovchi epiteliy va 
bezlarga bo‘linadi. 
Qoplovchi epiteliyga umumiy tavsif. 
1. Qoplovchi epiteliyning vazifasi – chegaralovchi, organizmni tashqi 
muhitdan ajratib turadi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Aminokislotalar, 
glyukoza, immunoglobulinlar va gormonlarning transportida, moddalarning 
so‘rilishida, sekretsiyada (shilliq, gormonlar), ostida yotgan to‘qimalarni himoya 
qilishda ishtirok etadi. Qizilo‘ngach epiteliysi uning yorilishi va titilishiga qarshilik 
qiladi, shuning uchun u bir necha qavatdan iborat. Teri yuzasi havo bilan 
munosabatda bo‘ladi, shuning uchun uning qurib qolishidan himoyalanishga 
ehtiyoj tug‘iladi, buni esa muguz qavatni qoplagan keratinli ko‘p qavatli epiteliy 
ta’minlaydi. Bundan tashqari keratin suvdan bo‘kib qolishdan himoya qilib turadi. 
Qurib qolishdan himoya qilish ichki a’zolar uchun ham muhimdir, lekin bu erda u 
sekretsiyasi hisobiga yuz beradi. Epiteliy zaxarli moddalar va mikroorganizmlar 
uchun to‘siq hisoblanadi. 
2. Epiteliy to‘qimasidagi hujayralar plastlar (yopqich epiteliy), tasmalar 
(jigarda), orolchalar (me’da osti bezida), naylar (bezlarda, buyrak kanalchalarida), 
follikullar (qalqonsimon bezda), to‘rlar (timusda) hosil qiladi, ularning orasida 
deyarli hujayralararo modda bo‘lmaydi. 
3. Hujayralar bir-biri bilan desmosomalar, tirqishlar va zich birikishlar 
yordamida bog‘lanadi.
4. Epiteliy hujayralari orasida qon tomirlar bo‘lmaydi, kislorod va oziq 
moddalar qon kapillyarlaridan biriktiruvchi to‘qima hujayralararo moddasidan va 
bazal membrana orqali diffuz yo‘l bilan o‘tadi. 



5. Epiteliy bazal membrana ustida yotadi, bazal membrana bazal plastinka va 
uning ostidagi retikulin tolalardan iborat. Bazal plastinka IV tip kollagendan
glikoproteindan, laminin moddasidan tuzilgan. Hujayralar bazal membranaga 
yarim desmosalar orqali birikadi. 
6. Epiteliy o‘zak hujayralarning mitotik bo‘linishi hisobiga yaxshi 
regeneratsiya ega. Ayniqsa yopqich (qoplovchi) epiteliylar yaxshi regeneratsiyaga 
uchraydi. Langergans orolchalaridagi hujayralarda esa regeneratsiya bo‘lmaydi. 

Download 395,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish