Topshiriq I. Quyidagi funksiyalarning aniqlanish sohasini toping (1-30)



Download 1,15 Mb.
bet6/6
Sana20.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#678479
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim uchun misollar jamlanmasi

Topshiriq 10 .
4.1. Korxona mahsulotlarining 95 %i standart. Nazoratchi mahsulot standart bo’lsa uni 0,98 ehtimol bilan, nostandrt bo’lsa uni 0,06 ehtimol bilan nazoratdan o’tkazadi. Tavakkaliga olingan mahsulotning nazoratdan o’tishi ehtimolini toping.
4.2. Bir xil detal ishlab chiqariladigan uchta stanok 1:3:6 nisbatda ishlab chiqarish unumdorligiga ega. Stanoklarda ishlab chiqrilgan detallarning yaroqsiz bo’lishi ehtimollari mos ravishda 0,05, 0,15 va 0,05 ga teng. Ishlab chiqarilgan detallar orasidan tavakkaliga olingan detalning yaroqli bo’lishi ehtimolini toping.
4.3. Uchta qutining har birida 6 ta qora va 4 ta oq shar bor. Birinchi qutidan tavakkaliga bitta shar olinadi va ikkinchisiga solinadi, shundan so’ng ikkinchi qutidan tavakkaliga bitta shar olinadi va uchinchi qutiga solinadi. Uchinchi qutidan tavakkaliga olingan sharning oq bo’lishi ehtimolini toping.
4.4. Laboratoriyada 6 ta avtomat va 4 ta yarim avtomat bor. Ishdan chiqishi ehtimoli avtomat uchun 0,1 ga, yarim avtomat uchun esa 0,2 ga teng. Tavakkaliga olingan mashina avtomat bo’lsa, uning ishdan chiqishi ehtimolini toping.
4.5. Plastmassa idishlar uchta avtomatda tayyorlanadi: avtomatlar mos ravishda idishlarning 40, 35 va 25 % ini ishlab chiqaradi. Bunda, birinchi avtomat ishlab chiqargan idishlarning 0,13 qisni, ikkinchi avtomat ishlab chiqargan idishlarning 0,025 qismi va uchinchi avtomat ishlab chiqargan idishlarning 0,025 qismi nostandart. Tanlangan standart idish uchinchi avtomatda tayyorlanganligi ehtimolini toping.
4.6. Uchta mergan nishonga qarata bir yo’la o’q uzushdi. Bunda bitta o’q nishonga tegdi. Agar birinchi, ikkinchi va uchinchi merganlarning nisonga tekkasishi ehtimollari mos ravishda 0,6, 0,5, 0,4 bo’lsa, uchinchi merganning nishonga tekkazganligi ehtimolini toping.
4.7. Birinchi qutida 6 ta qora va 5 ta oq shar, ikkinchi qutida 8 ta qora va 4 ta oq shr bor. Birinchi qutidan tavakkaliga 3 ta shar olinadi va ikkinchisiga solinadi, shundan so’ng ikkinchi qutidan tavakkaliga 4 ta shar olinadi. Ikkinchi qutidan olingan barcha sharlarning oq bo’lishi ehtimolini toping.
4.8. Mijozning bankdan olgan kreditini qaytarmaslik ehtimoli iqtisodiy o’shish davrida 0,04 ga iqtisodiy tanglik davrida 0,13 ga teng. Agar iqtisodiy o’sish davri boshlanishi ehtimoli 0,65 ga teng bo’lsa, tasodifiy tanlangan mijozning kreditini qaytarmasligi ehtimolini toping.
4.9. Do’konga to’rtta zavodida tayyorlangan bir xil elektr lampalari qabul qilib olindi: birinchisidan 350 dona, ikkinchisidan 625 dona, ucchinchisidan 245 dona va to’rtinchisidan 850 dona. Lampalar 1500 soatdan ortiq vaqt yonishi ehtimollari zavodlar uchun mos ravishda 0,25, 0,30, 0,40 va 0,75 ga teng. Do’kon tokchalariga lampalar aralashtirib terib chiqiladi. Sotigan yoritgichning 1500 soatdan ko’p vaqt yonishi ehtimolini toping.
4.10. 15 ta imtihon biletining har birida ikkitadan savol bo’lib, ular takrorlanmaydi. Talaba 25 ta savolga tayyorlangan. Talaba imtihondan o’tishi uchun tushgan biletdagi 2 ta savolga yoki biletdagi 1 ta savolga va 1 ta qo’shimcha savolga javob berishi yetarli bo’lsa, talabaning imtihondan o’tishi ehtimolini toping.
4.11. Hamma buyumlar 2 ta nazoratchi tomonidan tekshiriladi: buyumning birinchi nazoratchiga tushishi ehtimoli 0,55 ga, ikkinchi nazoratchiga tushishi ehtimoli 0,45 ga teng. Nostandart buyumni o’tkazib yuborish ehtimoli birinchi nazoratchi uchun 0,01 ga, ikkinchi nazoratchi uchun 0,02 ga teng. Tavakkaliga “Standart” tamg’ali buyum olinganda u yaroqsiz bo’lib chiqdi. Bu buyumning ikkinchi nazoratchi tomonidan tekshirilganligi ehtimolini toping.
4.12. To’rtta mergan bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda bitta nishonga bittadan o’q uzdilar. Merganlarning nishonga tekkazish ehtimollari mos ravishda 0,4, 0,6, 0,7 va 0,8 ga teng. Otish tugagandan so’ng nishondan uchta o’qning izi topildi. To’rtinchi merganning o’qi xato ketganligi ehtimolini toping.
4.13. Bir turdagi detallar uchta stanokda ishlab chiqariladi: yaroqsiz detal chiqarish ehtimoli stanoklar uchun mos ravishda 0,03, 0,02 va 0,01 ga teng. Mehnat unumdorligi birinchi stanokda ikkinchisiga nisbatan uch marta yuqori, uchinchi stanokda ikkinchisiga nisbatan ikki marta yuqori. Tavakkaliga olingan detalning yaroqsiz bo’lishi ehtimolini toping.
4.14. 20 ta mergandan 6 tasining nishonga tekkazishi ehtimoli 0,7 ga, 7 tasininki 0,8 ga, 5 tasiniki 0, 6 ga va 2 tasiniki 0, 5 ga teng. Tavakkaliga tanlangan mergan nishonga tekkaza olmadi. Uning qaysi guruhga tegishli bo’lishi ehtimoli katta?
4.15. Firma ishlab chiqargan mahsulotlar ikkita nazoratchi tomonidan tekshiriladi. Bunda birinchi nazoratchi mahsulotlarning 55 %ini, ikkinchi nazoratchi qolganlarini tekshiradi. Nostandart mahsulotni o’tkazib yuborish ehtimoli birinchi nazoratchi uchun 0,02 ga, ikkinchi nazoratchi uchun 0,03 ga teng. Tavakkaliga “Standart” tamg’ali mahsulot olinganda u nostandart bo’lib chiqdi. Bu mahsulotning birinchi nazoratchi tomonidan tekshirilganligi ehtimolini toping.
4.16. Omborga 1000 ta avtomobil shinasi keltirildi. Ularning 260 tasi birinchi korxonada, 400 tasi ikkinchi korxonada va 340 tasi uchinchi korxonada tayyorlangan. Shinaning nostandart bo’lib chiqishi ehtimoli korxonalar uchun mos ravishda 0,08, 0,025 va 0,04 ga teng. Tavakkaliga olingan shina nostandart bo’lib chiqdi. Bu shinaning ikkinchi korxonada tayyorlanganligi ehtimolini toping.
4.17. Ish jarayonida o’lchash asbobi 80% normal va 20% normal bo’lmagan rejimda ishlaydi. vaqt ichida asbobning normal rejimda ishdan chiqishi ehtimoli 0,1 ga va normal bo’lmagan rejimda ishdan chiqishi ehtimoli 0,7 ga teng. vaqt ichida
asbobning ishdan chiqishi ehtimolini toping.
4.18. Spartakiadada 1-guruhdan 4 talaba, 2-guruhdan 6 talaba, 3-guruhdan 5 talaba qatnashmoqda. 1-guruh talabasi 0,9 ehtimol bilan, 2-guruh talabasi 0,7 ehtimol bilan va 3-guruh talabasi 0,8 ehtimol bilan institut terma jamoasiga qabul qilinadi. Tavakkaliga tanlangan talaba institut terma jamoasi a’zosi bo’lib chiqdi. Bu talabaning qaysi guruhdan bo’lishi ehtimoli katta?
4.19. Yig’ish uchun detallar ikkita stanokda tayyorlanadi. Bunda birinchi stanok ikkinchisiga nisbatan 3 marta ko’p detal ishlab chiqaradi. Birinchi stanokda ishlab chiqarilgan detallarning 0,025 qismini va ikkinchi stanokda ishlab chiqarilgan detallarning 0,015 qismini yaroqsiz detallar tashkil etadi. Tavakkaliga yig’ish uchun olingan detal yaroqli bo’lib chiqdi. Bu detalning ikkinchi stanokda tayyorlangan bo’lishi ehtimolini toping.
4.20. Imtihonga kelgan 10 talabaning 3 tasi a’lo, 4 tasi yaxshi, 2 tasi o’rtacha va
1tasi yomon tayyorgarlikka ega. Imtihon biletlarida 20 ta savol bor. A’lo tayyorgarlikka ega talaba barcha 20 ta savolga, yaxshi tayyorgarlikka ega talaba 16 ta savolga, o’rtacha tayyorgarlikka ega talaba 10 ta savolga, yomon tayyorgarlikka ega talaba 5 ta savolga javob berishi mumkin. Tavakkaliga chaqirilgan talaba berilgan 3 ta istalgan savolga javob berdi. Bu talabaning yaxshi tayyorgarlikka ega bo’lishi ehtimolini toping.
4.21. O’zbekiston havo yo’llari yo’nalishlarining 60 %i mahalliy, 30 %i MDH davlatlari va 10 %i xalqaro yo’nalishlarda. Mahalliy yo’nalishdagi yo’lovchilarning
40 %i, MDH yo’nalishdagi yo’lovchilarning 60 %i, xalqaro yo’nalishdagi yo’lovchilarning 80 %i tadbirkorlik ishlari bilan yo’lga chiqadi. Aeroportga kelgan yo’lovchilardan bittasi tavakkaliga tanlandi. Bu yo’lovchining xalqora yo’nalishdagi tadbirkor bo’lishi ehtimolini toping.
4.22. Birinchi jamoada 6 ta o’g’il va 4 ta qiz sportchi, ikkinchi jamoada 4 ta o’g’il va 6 ta qiz sportchi bor. Bu jamoalar a’zolaridan terma jamoaga birinchi jamoadan6 ta va ikkinchi jamoadan 4 ta sportchi olindi. Terma jamoadan tavakkaliga bir o’yinchi tanlanadi. Bu o’yinchining qiz sportchi bo’lishi ehtimolini toping.
4.23. Do’konga uchta firmada ishlb chiqarilgan sovutgichlar keltirildi: ularning
30 % i birinchi, 50 % i ikkinchi va qolganlari uchinchi firmada ishlab chiqarilgan. Firmalar sovutgichlarining mos ravishda 5, 4 va 3 %i nuqsonga ega. Sotilgan sovutchisninh nuqsonga ega bo’lmasligi ehtimolini toping.
4.24. Baliqchining ov qilish uchun uchta tegishli joyi bo’lib, u birinchi joyda 0,3 ehtimol bilan, ikkinchi joyda 0,2 ehtimol bilan va uchinchi joyda 0,6 ehtimol bilan baliq ovlashi mumkin. Baliqchi uch marta qrmoq tashlaganda bitta baliq ilindi. Bu baliqning birinchi joyda ilinganligi ehtimolini toping.
4.25. Avtomatda ikkita asosiy element bo’lib, ularning har biri avtomatninh ishlashi uchun kerak. vaqt ichida elementning buzilmasdan ishlashi ehtimoli mos ravishda 0,8 va 0,9 ga teng. Avtomat vaqt davomida sinalganda uning ishdan chiqishi kuzatildi. 1-elementning buzilgan va 2-elementning soz ekani ehtimolini toping.



Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish