Topshirdi: Rashidxo’jayev M. Qabul qildi: Siddiqov N



Download 44,32 Kb.
bet1/7
Sana17.08.2021
Hajmi44,32 Kb.
#149683
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Rashidxo'jayev M.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat pedagogika instituti

Tarix fakulteti Milliy g’oya manaviyat asoslari huqu ta’limi yo’nalishi 401-guruh talabasi Rashidxo’jayev Muxriddinxo’janing

KURS ISHI

Mavzu: Vakillik tushunchasi, ahamiyati va qo’llanish sohasi.

Topshirdi: Rashidxo’jayev M.

Qabul qildi: Siddiqov N.

2020-yil

Mavzu: Vakillik tushunchasi, ahamiyati va qo’llanish sohasi.

Reja:

I Kirish

II Asosiy qism

1.Vakillik tushunchasi

2. Vakolat va uning turlari

3. Vakil bilan vakolat beruvchi oʻrtasida

vujudga keladigan huquqiy munosabatlar

4. Ishonchnoma



III Xulosa

IV foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish.

Fuqarolik huquqida vakillik katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shunday paytlar boʻladiki, shaxslar oʻz huquq va majburiyatlarini bevosita oʻzlari amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmay qoladilar. Bunday hollarda ularga fuqarolik huquqidagi vakillik instituti haqidagi tushunchalari yordam beradi. Hozirgi bozor iqtisodiyodi davrida vakillik tushunchasi va ahamiyati bilish va u haqida tushunchalarga ega bo’lish davr talabidir. Chunki bu qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, har bir normani hayotda to‘g‘ri tatbiq qilish, qo‘llash, ya’ni ular bilan jamiyatda kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish muhimdir.

Konstitutsiyamiz muqaddimasida e’lon qilingan pirovard maqsadimiz bo’lmish fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlatni barpo etish jarayoni ketayotgan bir paytda ushbu tadqiqot ishining dolzarbligi yana bir karra ortadi. Prezidentimiz e’tirof etganlaridaek, “Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas’uliyat ustuvor bo’lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur qilib bo’lmaydi”.1

Huquqiy normalar hayotda to‘g‘ri qo‘llanib, ular orqali davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun huquqiy normani hayotda tadbiq etishda shu huquqiy norma bilan hal qilinadigan ishni har taraflama o‘rganish va ishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish kerak. So‘ngra, fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasidagi tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarni sharhlash lozim. Huquqiy normalardan biri bo’lmish vakillik tushunchasi hozirgi demokratik islohotlar keng miqyosda amalga oshirilayotgan davrda, davlat organlari va jismoniy shaxslar shuningdek yuridik shaxslar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida davlatimizning iqtisodiy salohiyati hamda tadbirkorlik faoliyati rivojlanib, davlatimizda tadbirkorlik subyektlarini kengayib borishiga zamin bo’lib hizmat qilmoqda. Vakillik tushunchasi ham aynan iqtisodiy faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar ba’zi hollarda o’z vakolatlarini o’zi bajarish imkoniyatiga ega bo’lmaydi, shunday vaziyatda vakillik huquqiy instituti normalari ularga yordam beradi. Maxsus vakillik huquqini olgan shaxs o’sha yuridik shaxs yoki yakka tadbirkor nomidan ish ko’rish vakolatiga ega bo’ladi. 2Vakillikning ahamiyatli jihati shundaki, Vakillarning xizmatiga fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj boʻladilar. Shu sababli ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki davlat organining hujjati asosan vujudga keluvchi vakillik institutining vazifasi vakolat beruvchi nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltirish, oʻzgartirish va bekor qilishdan iboratdir.

Ushbu kurs ishini tayyorlashdan maqsad shundan iboratki, vakillik tushunchasining mohiyatini imkon qadar ochib berish, vakillik va ishonchnomaning jamiyat va fuqarolar hayotida tutgan o‘rni, taraqqiyotga erishuvidagi ahamiyati qay darajada ekanligini o‘rganishdir.

Ushbu kurs ishining dolzarbligi shundaki, vakillikni mohiyatini ochib berish, uni amaliyotda tatbiq etishda asosiy o’rinni egallaydi, chunki vakillikni tatbiq etishdan oldin uning ma’no va mazmunini tushunib olish lozim. Amaliyotda huquqiy normalar qo‘llanib hal qilinadigan ishlar sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari tomonidan ko‘rilayotganda, yo‘l qo‘yiladigan xatolarning ko‘pchiligi-vakillikning huquqiy normalarini noto‘g‘ri tatbiq etish va sharhlash natijalari bo‘lib chiqadi. Shu bois, hayotda tatbiq etilayotgan vakillik huquqiy normalari bilan tegishli ijtimoiy-iqtisodiy munosbatlarni tartibga solish uchun birinchi navbatda bu vakillik tushunchasining ma’nosi va mazmunini aniqlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan davrda vakillik huquqiy normalarini amaliyotda tatbiq etish bilan bog’liq islohotlar hamda ishlab chiqilayotgan me’yoriy qonun hujjatlarining ishlash prinsipi takomillashtirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “harakatlar strategiyasida” ning ikkinchi bo’limida sud huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan dasturlar buning yaqqol misoli sifatida ko’rishimiz mumkin.3 SHuningdek, bugun mamlakatimizda mukammal qonunchilik mexanizmining shakllanganligi mavjud huquq tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham qonunchilik tizimi va huquq tizimi huquqiy hodisalarini o’zaro aloqadorlikda o’rganish mavjud ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solish imkonini beruvchi muhim ilmiy yondashuv hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Aniqrog’I, iqtisodiyot liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda va kishilarning tafakkuri, huquqiy ong va huquqiy madaniyati o’zgarmoqda. Kishilar o’z mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilishda muayyan tajribalarga ega bo’lmoqda. Shuning uchun vakillik huquqiy normasining jismoniy yuridik shaxslar tomonidan qonuniy foydalanilishi hamda davlat tomonidan qonuniy tartibga solinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Vakillik huquqiy institutining amaliyotda to’gri qo’llanilishi jismoniy hamda yuridik shaxslarning barcha faoliyatida, ayniqsa iqtisodiy faoliyatida bir qator qulayliklarga hamda kelib chiqishi mumkun bo’lgan muammolarni bartaraf etishga yordam beradi va qonuniy tartibga soladi.




Download 44,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish