Topshirdi: Rashidxo’jayev M. Qabul qildi: Siddiqov N



Download 44,32 Kb.
bet3/7
Sana17.08.2021
Hajmi44,32 Kb.
#149683
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Rashidxo'jayev M.

2. Vakolat va uning turlari

Vakil oʻzida boʻlgan vakolatga binoan, oʻzini vakil qiluvchiga nisbatan muayyan huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Binobarin, vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlar qilishga va shubilan u uchun huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq tushuniladi. Vakilning vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat organlarining hujjatiga yoki ishonchnomaga asoslangan boʻlishi mumkin.

Vakillikning quyidagi turlari mavjud:

• Umumiy vakillik- bosh ishonchnomaga asoslanadi. Umumiy vakolatlar asosida ish olib boruvchi vakil vakolat beruvchi nomidan muayyan munosabatlarda qonunda belgilangan hollardan tashqari, barcha yuridik xatti-harakatlarni amalga oshirishga haqli bo‘ladi. • Maxsus vakillik - vakil ishonchnoma yoki shartnomada ko‘rsatilgan xatti harakatlarnigina amalga oshira oladi, ya’ni vakilning vakolatlari birmuncha cheklangan bo‘ladi.

• Jamoat vakilligi- jamoat birlashmalarining o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vakilligi.

• Ma’muriy aktiga asoslangan vakillik - vakillikning ushbu turiga muvofiq, ma’muriy tartibda tayinlangan vakil vakolat beruvchining nomidan harakat qilish majburiyatini oladi.

• Shartnomaviy vakillik- Vakillikning vujudga kelishi taraflarning o‘z erki, xohish-istagi asosida o‘zaro kelishuvga muvofiq belgilanadi.

• Qonuniy vakillik - vakolat beruvchining erkiga bog‘liq bo‘lmagan holda normativ hujjatlar asosida vakilga berilgan vakolatlardan kelib chiqadigan vakillik hisoblanadi.

Shu bilan birga koma yoki letargik uyqu (uzoq vaqt behush holatda yotish) holatidagi shaxsning “muomala layoqatini to‘xtatib turish” tufayli vaqtinchalik vakil tayinlanishi lozim, bu ham qonuniy vakillikning bir shakli sifatida e’tirof etiladi.

FK muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilishni muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik qilishdan farqlaydi. Muomalaga layoqatli shaxslar vakillarini o‘z erklaridan kelib chiqib belgilaydilar. Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik esa qonun asosida belgilanadi va ular nomidan vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiy va homiylar harakat qiladi.

Vakil oʻz vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini koʻzlabgina amalga oshirishga majbur. Binobarin, vakil oʻziga vakolat bergan shaxs nomidan, shaxsan oʻziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili boʻlgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas – tijorat vakilligi boʻlgan hollar bundan mustasno. 8.Agar oshkora shaxs nomidan harakat qilish uchun hech qanday vakolat boʻlmasa yoki vakolatli boʻlsa ham uning doirasidan chetga chiqilgan boʻlsa, bu holda tuzilgan bitimlar boʻyicha kimning nomi-dan harakat qilgan boʻlsa, mazkur shaxs uchun huquq va majburiyatlar vujudga kelmaydi. FKning 132-moddasida koʻrsatilganidek, boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs keyinchalik maʼqullangan taqdirdagina, uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. 9Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham, bunday bitim maʼqullangan hisoblanadi. Vakil qiluvchi tomonidan bitimning kelgusida maʼqullanishi u tuzilgan vaqtdan eʼtiboran haqiqiy, deb hisoblashga huquq beradi. Bitimlar tuzishda vakil oʻz erki bilan harakat qiladi. Bu holda u oʻziga berilgan vakolatning hajmiga, amaldagi huquqiy normalarning qoidalariga, vakil qiluvchining bergan koʻrsatmalariga asoslanib ish tutadi. Bitim tuzilishida vakilning erki ham vakolat doirasida ifodalanganligi sababli vakilning jiddiy ravishda yanglishishi, aldanishi, qoʻrqitilishi yoki zoʻrlik taʼsirida tuzilgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 133-moddasiga muvofiq, tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaxs (tijorat vakili) vakilning vakolatlari ko‘rsatilgan yozma shartnoma asosida, bunday vakolatlar ko‘rsatilmagan taqdirda esa ishonchnoma asosida ham ish olib boradi.

Tijorat vakili o‘zining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi turli taraflarning manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagina ayni bir vaqtda ifodalashi mumkin.

Agar taraflar bilan tuzilgan bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tijorat vakili kelishilgan haqni va topshiriqni bajarish vaqtida qilgan chiqimlarini teng ulushlarda to‘lashni shartnomadagi taraflardan talab qilishga haqli. Tijorat vakili o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib bo‘lganidan keyin ham savdo bitimlari to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni sir saqlashi shart. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi tijorat vakilligining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Tijorat vakilligi vakillikning maxsus turi sifatida e’tirof etiladi.

Tijorat vakilligining tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi afzalliklarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:

• Muayyan hududda tijorat vakilligi asosida faoliyat olib borish tadbirkorlik subyektlari uchun filial ochishdan ko‘ra, oson va kam xarajatli hisoblanadi;

• Tijorat vakili bilan shartnoma tuzishda u tomonidan tuziladigan shartnomalar sonidan qat’i nazar ma’lum bir qat’iy summada pul to‘lanishini nazarda tutadigan shartnoma ham tuzish mumkin;

• Tijorat vakili vakolat beruvchi bilan mehnat munosabatlari asosida bog‘liq bo‘lmaydi;

• Tijorat vakili bir vaqtning o‘zida shartnomadagi turli taraflarning manfaatlarini ifodalashi mumkin.

XIX asrning oxirlaridan boshlab, Evropa davlatlarida tadbirkorlar tomonidan o‘zlarining eng ishonchli xodimlariga deyarli cheklanmagan vakolatlarning berilishi tamoyili kuzatilgan. Bunday xizmatchilar prokuristlar yoki bosh vakil, deb yuritiladi. Tadbirkorning boshqa tijorat vakillaridan farq qilgan holda, prokuristning vakolatlari doirasi va mazmuni qonunda belgilab berilgan (Germaniyaning Savdo tuzuklari, Shveysariya, Avstriya, Bolgariyaning qonunchilik aktlari) va tadbirkorlar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan. Demak, ushbu normalar imperativ xarakterga ega. Tadbirkor o‘z arizasi orqali prokuristni Savdo riyestrida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Bosh vakilning bunday vakolatlarga egaligi unga barcha sud va suddan tashqari ishlarda, shartnoma va boshqa munosabatlarda tadbirkor tomonidan beriladigan ishonchnomasiz ham harakat qilish imkonini beradi. Germaniya va Shveysariya qonunchiligida bunday vakolatlar savdo (tijorat) vakolatlari sifatida baholanadi. Savdo vakolatlari konkret turdagi korxona uchun amalga oshiriladigan yuridik harakatlarga nisbatan tatbiq etiladi 10.

Korxona xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladigan vakillikni vakolatlar doirasiga ko‘ra:

• Cheklangan vakolatlarga asoslanadigan vakillik;

• Cheklanmaydigan vakolatlarga asoslanadigan vakillikka bo‘lishimiz mumkin. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bosh vakilda cheklanmagan vakolatlar mavjud bo‘ladi.

Tijorat vakilligi turlari:

• Savdo tashkilotining xizmatchisi tomonidan amalga oshiriladigan vakillik;

• Savdo agentlari tomonidan amalga oshiriladigan vakillik;

• Birjadagi vakillik, agar vakil vakolat beruvchining nomidan harakat qilsa. Tijorat vakiliga to‘lanadigan haq miqdori taraflarning kelishuviga asosan belgilanadi. Vakillik shartnomaga asoslangan holatlarda to‘lanadigan summa miqdori ko‘rsatib o‘tiladi.

Tijorat vakilligini sohasiga qarab ham turlarga bo‘lish mumkin. Masalan:

• Sug‘urta sohasidagi vakillik;

• Savdo sohasidagi vakillik;

• Birjadagi vakillik;

• Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq vakillik;

• Ko‘chmas mulk bozoridagi vakillik.

Bugungi kundagi tijorat vakilligi bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri - bu boradagi xalqaro-huquqiy normalarni unifikatsiya qilishdir. Bu boradagi ilk qadamlardan biri, 1983 yil 17 fevralda qabul qilingan “Xalqaro tovarlar oldi-sotdisida vakillik to‘g‘risida”gi Konvensiya bo‘lib hisoblanadi.11

Vakil vositachidan farq qiladi. Agar vakil bitim tuzishda boshqa shaxs nomidan harakat qilsa, komissioner boshqa bir shaxs komitent topshirigʻi boʻyicha va uning hisobiga harakat qilsa ham, bitimni oʻz nomidan tuzadi. Vakil vakil qiluvchi tomonidan yuridik harakatlar qilish, vakil qiluvchi uchun muayyan fuqarolik huquqlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish niyatida boʻlganligini bitimtuzuvchi shaxslarga ochiq-ravshan bildirishi lozim. Vakilning bunday niyatda boʻlganligi, vakil harakat qilib turgan vaziyatning oʻzidan ham koʻrinib turishi mumkin. Masalan, chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korxonada ishlovchi sotuvchi, kassir va boshqalarning harakatlari, ularning muayyan bir tashkilot vakillari ekanligini bildiradi.

Vakil bilan vakolat beruvchi oʻrtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardan vakilning yuridik harakatlari tufayli, jumladan, u tomonidan tuzilgan bitim tufayli, vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxslar oʻrtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatni ajratish kerak. Vakil bilan vakolat beruvchi oʻrtasidagi munosabat (ichki munosabat) shartnomaga, masalan, topshiriq yoki mehnat shartnomasiga asoslangan yoxud boshqa turdagi yuridik faktlarga, chunonchi: tugʻilganlik, vasiylik, farzandlikka olish faktlariga asoslangan vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabat (tashqi munosabat) vakilning uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimi asosida vujudga keladi. Vakolat qanday asoslarda vujudga kelishiga qarab, vakillik ikki turga: qonun boʻyicha vakillik va shartnoma boʻyicha, yaʼni ixtiyoriy vakillikka boʻlinadi.

Vakillik va uning vakolati normativ akt bilan belgilangan holda bunday vakillik muomalaga layoqatsiz shaxslar: yosh bolalar, ruhiy kasallar, aqli zaiflarning huquq va manfaatlari qoʻriqlanishini taʼminlashga qaratiladi. Sud organlarida vakillik qilish toʻgʻrisidagi qoidalar tegishli qonunlar bilan belgilanadi. Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar FKning 131-moddasida belgilanganidek, qonuniy vakillar hisoblanadilar. Shartnomali, yaʼni ixtiyoriy vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchining erki bilan belgilanadi. Bunday vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchi tomonidan koʻrsatiladi. Shartnoma boʻyicha vakillikda mehnat shartnomasiga binoan tashkilot nomidan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi xizmatchi, masalan, tashkilotlarning yurist maslahatchilari, taʼminot vakillari va boshqalar vakil boʻlib hisoblanadilar. Topshiriq shartnomasiga binoan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi shaxslar ham shartnoma boʻyicha vakil boʻla oladi. Korxona rahbari korxona nomidan boshqa subyektlar bilan munosabatlarga kirishganda, maxsus yozma vakolatnomasiz ish yuritishga haqli.




Download 44,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish