Topshirdi: Boltayeva Gulimoh


«Firdavs ul-iqbol» va uning adabiy qimmati



Download 128 Kb.
bet8/8
Sana10.04.2021
Hajmi128 Kb.
#63158
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Shermuha. Kurs ishi

«Firdavs ul-iqbol» va uning adabiy qimmati. Munis eltuzarxonning buyrug‘i bilan yozilajak bu asaming muqaddimasi va Xorazmning 1813 yilgacha boigan tarixini yorituvchi boblarini yozishga ulgurgan. U vabo kasali bilan 1829 yili bevaqt vafot etgach, asarni uning jiyani Ogahiy davom ettiigan. Demak, asarning mualliflari ikkita — Munis va Ogahiy. Munis «Firdavs ul-iqbol»da qadim zamonlardan 1806 yilgacha boigan voqealami yoritishda ungacha yoziigan tarixga doir asarlardan, jumladan, Abulg'oziyning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlaridan foydalangan. Xorazmning 1806 yildan 1813 yilgacha boigan tarixini esa, o‘zi materiallar yigib yozgan. Asaming ayniqsa shu qismlari Xorazmda ro‘y bergan tarixiy voqca-hodisalaming badiiylashgan bayonidir. Unda o'zbeklar, turkmanlar va qoraqalpoqlar hayotiga, tarixiga oid juda ko‘p va aniq faktlar mavjud. Bi^t^oq Munisning tarixchi sifatidagi dunyoqarashi cheklangan boiib, u eski traditsiyalami buzmaslikka harakat qiladi. Hukmron tabaqa vakillarini, xon va uning yaqinlarini ba'zan maqtab ularning turkmanlar va qoraqalpoqlarga qarshi yurishlarini xaspo‘shlashga, oqlashga intiladi. Yovmut va chovdurlarning Xiva hukmronlari zulmiga qarshi g‘alayonlarini qoralaydi. Bunday o‘rinlarga tanqidiy munosabatda boimogimiz kerak. Biroq, bulardan qat’i nazar, asarning turli sahifalarida Vafoiy, Roqim, Ravnaq, Kiromiy, Abulg‘oziy kabi shoir, mudarris, tarixchilaming adabiy portreti shtrixlari, ular haqidagi qiziqarl
naqllar, xotiralar keltiriladi. Asarda ko‘pdan ko'p she'riy parchalar- ruboiylar, masnaviylar, qit'alar. fardlar, ta'rix she'rlar beriladi.

Bundan tashqari, kitobda o'sha zamonda bino qilingan imoratlar, masjidu madra5silarham qayd etiladi. Ulaming qachon, kim tomonidan va nima maqsadda qurilganligi bayon qilinadi. Masalan, Muhammad Amtn Tnoq davrida qad ko'taigan «Madrasai inoqiya» to'g'risida Munis, jumladan, quyidagilami yozadi; «U1 jumladin «Madrasai inoqiya»durki ma'mani ulamo va maskani fuzalodur. Masnaviy;



Aning har hujrasi jannat uyidur,

Demay jannat uyi, rahmat uyidur.

Bojib fayzj azaldin bemadoro,

Darn devoridin ilm oshkoro.

Shunday qilib, «Firdavs ul-iqbol» faqat tarixiy voqea-hodisalami o ‘rganishdagina emas, balki o'sha zamondagi adabiy-madaniy muhitni tekshirish va yoritishda ham muhim manbadir.

Munis tarixchi, taijimon sifatida temuriylar davri tarixchisi Mirxondning etti daftaidan iborat «Ravzat us-safo» asarining uch daftarini tarjima qilishga ulgurgan. Munis olamdan ko'z yumgach, bu asar tarjimasini ham sadoqatli jiyani va shogjidi Ogahiy oxiriga etkazgan.


Xulosa

Shermuhammad Munis XIX asrda Xorazmda ko'tarilish bosqichida bo'lgan adabiy hayotga o'zgacha jon bag'ishladt. Munisdan keyin yashab, ijod etgan deyarli hamma xorazmli ijodkorlar, xattotlar, muarrixlar, tarjimonlar uning merosidan bahra toptilar, ustozlik mavqeini e'tirof etdilar. Bular ichida, ayniqsa, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Bayoniy ijodrnr Munis merosi bilan bog'lovchi robitalar ko'p. Ogahiy Munisning jiyani sifatida yoshligidan uning qo'lida tarbiya va adabiy ta'lim oldi. Ogahiy Munis vafotidan kcyin uning ko'pqirrali faoliyatini davom ettirib, nihoyatda ko‘p va xub adabiy, tarixiy, tarjima asarlari yaratdi. Hatto u o'z she'riy devoniga nom qo'yishda ham amakisi, bevosita ustozi Munisga ergashdi. Ogahiy she'riyatining mavzu va fikriy dunyosida, poetik obraz va badiiyatida, Navoiy qatorida, Munis she'riyatining ta'siri yaqqol sezilib turadi.

Shunday yaqinlik Ogahiy zamondoshi Komil ijodida ham namoyon bo'ladi. Ayniqsa, uning «Fuzalo» va «Juhalo» radifli ijtimoiy mazmuni chuqur g'azallari Munisning ana shu nihdagi

g‘azallarini eslatadi. Shu bois Munis asarlari zamondoshlarimiz uchun ma’naviy-estetik oziq berib kelmoqda. Shoiming quyidagi faxriya baytlari bejiz aytilmagan bashoratdek tuyuladi:



To musaxxar ayladim so' z birla ma 'ni kishvarin,

Shohmen, ey Munis, ahli donishu idrok aro...

Muniski, sofz iqlimi anga bo‘di musaxxar,

Surtarlar aning xoki rahiga shuaro ko‘z...

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Shermuhammad Munis. Saylanma. -T., 1980.

2.Shermuhammad Munis. Savodi ta'lim. -T., 1997.

3.Abdullayev V. Navoiy va Munis. Saylanma T., 1982.

4.Yunusov M. Shuaro xaylining sohib kamoli. «Barhayot merosi sahifalari». — T., 1986.

5.Jumayev N. Munis g‘azaliyoti — T., 1991.

6.Munis va Ogahiy. Firdavs ul-iqbol. 0‘zFASHI qoTyozmalar fondi, Inv. raqami — 53641.

7.Ahmedov T. Munis. - T., 1980.

8.HayitmetovA. Meros va ixlos. -T., 1985


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish