Topshirdi: Boltayeva Gulimoh



Download 128 Kb.
bet5/8
Sana10.04.2021
Hajmi128 Kb.
#63158
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Shermuha. Kurs ishi

Zavqi diydoru jamoli shohidu tavfiqa ishq,

Har ko'ngulkim, onda yo'qtur, paykaredur joni yofq...

Sherrruhammad Munis bir qancha zavqii tuyuqlar ham yaratib, o‘zi yangidan kashf etgan tajnis (omonim) so‘zlardan qofiyalar tuzgan. Munis tuyuqlari ichida ungacha o‘tgan shoirlar tomonidan qofiya sifatida ishlatilmagan ko‘pma'noli so'zlar tajnisli qofiyalar bo‘lib keladi:



Munlso, to ‘kmay yigirma yetti yosh, Vah, yigirma yetti ugya yetti yosh.

Yosh kibi mashg(ulliq qilmoq nedur, Har qachonkim suhbatingga etti yosh.

Mani vasling yoiig'a bir yondur, Dushmanim gfam oftigfa bir yondur,

Rahm ushshoq aro bu xastag'akim, Bir tarafdur alar, bu bir yondur.

Uning ruboiylari ichida ham inson qalbini junbushga keltiruvchi nozik ruhiy-psixologik lavhalar beriladi. Quyidagi ruboiyni Munisga nihoyatda aziz bo'lgan inson bilan vidolashuv haqidagi marsiya deyish mumkin:



Ey do‘st, tani zorim aro jonim eding, Iqlimi muhabbat uza sultonim eding, Xush keldingu jonimda nishiman qilding, Xush borki, base aziz mehmonim eding.

U o‘sha davr Xorazm shoirlari ijodida kam uchrovchi chiston janrida ham asarlar yozgan. Shunday chistonlaridan biri «Chilim» so‘zi yashiringan chiston-g‘azaldir. Unda nashavandlikning, chilim chekishning o‘ta zarari, shariatda «harom» deb e'lon qilinganligi aytilib, odamlar ayniqsa yoshlar bu falokatdan uzoqda bo‘lishlari ogohlantiriladi.

Xiva xonlari saroyiga yaqin bo'lgan, rasmiy xizmatlami ado etgan Munis va Ogahiy qasidada ham shuhrat taratdi. Munis qo'lyozma devonining boshlang‘ich qismlarini qasidalar tashkil etadi. Ular
ichida XVIII asr so'ngi —XIX asr awaliarida hukmronlik qilgan cltuzarxon, Muhammad Rahimxon, Olloqulixon hamda Muhammadrizo Qushbegi, Qutlug‘murod, Rahmonquli To‘ra kabi nufuzli shaxslar maqtoviga bag'ishlanganlari bor. Munis Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi urush, qoraqalpoq va turkman elatlariga qarshi xurujlar, arkoni davlat va zodagonlarning ov-shikor, (o'y-bazm, iyd dabdaba va hashamatlari haqida ham qasidalar bitgan. «Bahor», «Iyd», «Erur charxi berahm*, «Charog‘i nola» nomlari bilan Munis «Saylanma»siga kiritilgan qasidalari shunday. Ularda shoir saroy qasidachiligi an'analaridan uzoqlashib ketolmaydi, qalamga olgan mavzu va shaxslami iloji boricha maqtashga harakat qiladi. Shunga qaramay, Munis qasidalaridan ham o‘sha murakkab davr hodisalariga doir ayrim tomonlami ajratib olish mumkin.

Shoir «Saylanma»sida keltirilgan «Bahor» qasidasi oxiriga uch nuqta qo‘yilgan. Demak, u bahor vasfiga bag'ishlangan qasidaning to‘liq matni emas. Shoirbu qasidani hut oyi o‘tib hamal (mart) fasli kelganligiga belgi sifatida, aniqrog‘i, bahor-navro‘z madhiga bag‘ishlab yozadi. Shoir o‘ziga xos til va uslub ila bahor tarovatining turli go‘zalliklarini mohirlik, katta ilhom bilan madh etadi. Bahor tufayli tabiat, jonli mavjudot, butun atrof-muhit jonlanganligini, yangi qiyofaga kirganligini, suvlaming nozik shildirashiyu, qumri- bulbullaming mast bo‘lib sayrashlarini ifodalab beradi. Bu asami bahor, tabiat jozibasi haqidagi eng yaxshi qasida desa bo'ladi.

«Saylanma»dagl ikkinchi qasida «Iyd» deb nomlanadi. Tabiiyki, u musulmonlaming eng muqaddas bayrami «Iydi ramazon» yoxud «Iydi qurbon»ga bag‘ishlangan. Munis bu muqaddas bayram fayzi bilan juda chuqur o'y-mulohazaga beriladi. Chiroyli ramzlar, tashbehlar, obrazlar, qiyoslar topib, bu qutlug‘ kunni sharaflaydi. She'rdan anglashilishicha, bu asar Alisher Navoiyning «Hiloliya» qasidasi ta'sirida yozilgan. Munis hatto «HiIoliya» qasidasidan tazmin uchun baytlar ham keltiradi.

Shoir o‘z qasidasi Navoiy qasidasiga tatabbu’ (bir she'rga o‘xshatma qilib, uning vazni, uslubi, mazmuni izidan borib she’r yaratish san'ati) ekanligini ham eslatib o'tadi:


Yuzlanib har lahza shoirlarga fayzi inbisot,

Toza qildi har biri bir nazm biria fikratin.

Men dog‘ ul jumladek fij'umia tab 'm ochilib,

Gulshanifkrimda kofguzdim eram xosiyatin.

Jur’ate aylab Navoiyg'a tatabbu’ ayladim,

Safha uzra xoma surdim istab oning himmatin...

Munis «Saylanma»sida keltirilgan yana ikkita qasida zamona nosozligi, charxikajraftoming shumligidan shikoyatga bag‘ishlangan qasidalardir. Ular kuchli ijtimoiy motivlarga, hasbi hollik xususiyatlarga ega. Ularda shoiming «men»i bor. Uning daxridunning bedodlikiaridan, taqdiming tahqirlashidan chekkan ohu nolalari eshitilib turadi. «Erur charx berahm» degan nom bilan keltirilgan birinchi qasida 23 baytdan iborat. U g'azal qofiya tartibida aa, ba, va, ga, da... tarzida qofiyalanib keladi. Matla’ bayti:

Erur charx bir turfa barahmu qotil,

Ki osmish qilich mohi navdin hamoyil - tarzida beriladi.
Asami baytlar hajmiga ko'ra katta bo‘lganligi uchungina qasidaga kiritish, qasida deb atash mumkin. Chunki o‘tmish she'rshunoslari «Agar g‘azal o‘n to‘qqiz baytdan ortib ketsa, bunday she'r qasida deviladi* tarzida fikr aytganlar. Munisning ushbu asari uning «Shuaro». «She’r», «So‘z», «Xos o‘lib joh ahliga* g‘azallari kabi haqsizlik va qashshoqlikdan shikoyat qiluvchi asarlari jumlasiga kiradi. Shoir qasida davomida shum zamonning bevafoligi tufayli inson boshiga yog'dirilayotgan g'amu anduhlardan bezganligini, chorasiz qolganligini tasvirlab beradi:

Ulum ichra gar rif’ate topsa olim,

Qiiur xor, balkim giriftori johil...

Na she’r irtifoe topadur, na shoir,

Na fazl e'ibore topadur, na fozil-

Bu yanglig’ jafosiga yo‘q haddu g‘oyat.

Zamona aning kinidin bo‘ma g'ofd...

Falak shikvasiga tuganmak na mumkin,

Agar sharhiga tortsang xoma yuz yil.
Ko‘rinadiki, qasida falak shikvasiga qaratilgan. Shoir uning inson boshiga yog'dirayotgan kulfatiari ustidan aybnoma chiqargan. Bundan kcyingi qasidani ham fikriy yo'nalishiga ko‘ra birinchi qasidaning davomi deyish mumkin. U «Charog‘i nola» deb nomlangan. «Saylanma»dagi matni to'liq emas. Qisqartirilib keltiriladi. Chunki rnatn oxirida shoir taxallusi keluvchi maqta’ bayt yo‘q.

Bu qasidadagi muborizkor, davr bilan kelisha olmayotgan siymo shoiming o'zidir. U qasidaning boshidan oxirigacha nolayu-afgon tortadi. O‘z qismatining og'irligidan, nochor ahvolidan, ruhan majruhligidan so'zlaydi. Bu siymoning kuni ham, tuni ham, ro‘zg‘ori ham tiyradir. U zamondan, uning mulkdor kimsalaridan na shafqat, na oqibat ko‘radi.

Umuman, benazir shoir Shermuhammad Munisning boshqa she'rlari kabi qasidalari ham shoir davri tarixiy-ijtimoiy sharoitdagi hodisalarni an’anaviy qolipdaifodalovchi zamonaviy asarlardir.Ularda traditsion madhiyadan uzoqlashib, zamona kulfatlaridan nolish ustun turadi.


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish