Topshirdi: Boltayeva Gulimoh


" Savodi ta’lim ". manzumasi



Download 128 Kb.
bet7/8
Sana10.04.2021
Hajmi128 Kb.
#63158
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Shermuha. Kurs ishi

" Savodi ta’lim ". manzumasi. Yosh Shermuhammad ibtidoiy maktabda o‘qib yuigan yillaridayoq husnixat bobida yaxshi mashqlar qilib, etarii malakaga erishadi. Husnixat ta’limiga doir risolalami qayta- qayta o'qishdi. U 16-17 yoshlaridayoq chiroyli yozish qoidalarini to‘la o'zlashtirib oladi. O‘z xunarining samarasi sifatida Alisher
Navoiyniiig amzga doir «Mezon ui-avzon» asarini, «Holati Sayyid Hasan Ardasher»ni, Mavlono Roqim devonini chiroyli qilib ko'chirib, kitobat holiga keltiradi. Demak, Munisda kotiblik salohiyati ancha erta shakllangan. Shuning uchun ham u madrasani xatm etgach, saroyga ishga taklifqilinadi, mirzolik, farmonnavislik xizmatlarini muvaffaqiyat bilan ado eta boradi. Munis 1804 yili «Savodi ta’lim» nomida 352 misralik manzuma-risola yaratadi. Nazmda, masnaviy shaklida yozilgan bu asar «Munis ul-ushshoq» devonining adog'ida keltiriladi. Ta’limiy- ma'rifiy ruhdagi bu asarda shoir yozishdan ko‘zda tutgan maqsadini, orzularini shunday ifodalaydi:

Yorab, bu risolakbn bitibmen,

Ta 'ltfida jiddu jahd yetibmen.

Ko'rgan kishtlami rog‘ib aylab,

Tahsiliga balki totib aylab.

Har kim o ‘qusa nihonu zohir,

Bisyor qitib shukufta xotir...

Shoir manzumada arab alifbosidagi har bir harfning yozuvdagi, imlodagi shakllari, ulami chiroyli qilib qog‘oz sahifalariga yozish qoidalari va bunga erishish uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlik ishlari bilan bog‘li masalalar haqida fikr yuritadi. Manzumaning shartli tarzdagi mana bu tuzilishidan asaming mundarijasi, mazmuni haqida tasawur hosil etish mumkin:
Kirish. Husnixatdan ta'lim bergan ustozi haqida.

Risolani yozishdan ko‘zlangan maqsad.

Qalam haqida.

Xat haqida. Xatning jamiyat ma'naviy hayotidagi o'rni ta'rifi.

Xat yozish asboblari va yozishga tayyorgariik haqida.

Husnixat ta'limi.

Xotima. Shoir oizusi.

Manzumada xusnixat ta’Iimi mavzui asosiy o‘rin tutadi. Ibtidoiy maktablardagi savod chiqarish, husnixat ta’limi qiyinchiliklarini engillashtirish yo‘llarini, choralarini qidiradi. 0‘ziga ma'qul, kichkintoy o‘quvchilar saviyasiga mos qo‘llanma yaratadi. Munisning bu risolasi rag'bat topib Xorazmdagi ibtidoiy maktablarda o‘qitilgan, ixlosmandlar undan ko'plab nusxada ko‘chirma olganlar.

Shoir xatning kashf ctilishmi nihoyatda yuqori baholaydi. Xat har qanday ishni tarixda muhrlab qoldiruvchi vosita, uni kelgusi nasllaiga etkazuvchi omil.

Olam ishi intizomi andin ,

Olam eilning nizomi andin.

Ul boimasa, boimag‘ay kitobat,

Bul boimasa, qobnag‘ay hikoyat .

So‘z maxzanining nishonasi ham,

Ma ’ni durining nishonasi ham.

Har sofi, ko‘nguldin oidi mavjud,

Xat boimasa bo‘ig‘ay erdi nobud...

So‘ng shoir arab alifbosidagi deyarli barcha harflami husnixat talablariga rioya qilgan holda yozish qoidalarini tushuntiradi. U harflarning alohida yozilishlaridan zeru zabarlari, ko‘p nuqtali harflargacha erinmay tushuntiradi:



«To» zikrida dedi ba’zi ustod, Zebo alifiyu, avvali sod —

Demak, alifga sod harfi awalini qo'shsa, payvandlasa «to» harfi paydo boiadi.



Qof avali fo boshiga monand,

Nun haiqasiga valek payvand —

ya'ni «f» harfi boshi «q» harfi boshiga o'xshab ketadi. Shu boshini «nun» harfi shaklida uzaytirilsa «qof» harfi shaklida paydo boiadi va ustiga nuqtalar qo'yiladi. Yoki



Gar lomni tstasang murattab,

Nun bilan alifni qil murakkab —

ya'ni (alif+nun). Shunday qilib, Munis arab harflari imlosi, yozish qoidalariga doir nazmiy qoilanma tayyorlaydi.

«Savodi ta’lim» nazmiy, badiiy risola boiganligi uchun o'quvchiga ta'sir etuvchi yaxshi tashbehlar, qiyoslar, sifatlashlar, mubolag‘alar, an'anaviy san'atlar uchrab turadi:

Har harfki, anda jitvagardur,

Avroq yuziga zebu fardur.

Har satrki, sarvdek chekib qad,

Spamshod uyotiga berib mad...
Mana bu baytlarda esa, misralararo so'zlami qofiyadosh, vazndosh va ohangdosh qilib yaratish san*ati tarse' qo'llanilganligini ko'ramiz:

Ul bo'lmasa bo‘hnag‘ay kitobat,

Bo‘l bo'imasa qolmag‘ay hikoyat.

Sifatlash:



Bo‘lsin qalaming latifu rangin,

Oqu qizilu, qarovu sangin.


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish