*Munis ul-ushshoq* devoni. Munis adabiy merosi muallif tomonidan 1815 yili tartib berilgan, keyinchalik to'ldirilib, tahrir etilib «Munis ul-ushshoq» nomida bizgacha yetib kelgan devonda jamlangan. Bu devonda mumtoz she'riyatimizda mavjud qariyb barcha an'anaviy janrlardagi she’rlar keltiriladi. Tabiiyki, unda g'azallar yetakchi o‘rin tutadi. Shu devonga vozilgan muallif debochasida Munis unga kiritilgan she'rlaming janr tarkibi haqida so‘z ochib, quyidagilarni qayd etib qoldirgan: «...Har nav' she'r ila orasta va har zarif nazm bila pirasta bo'ldi. Andog‘kim, g‘arro qasidalar, dilkusho g'azallar, fasohatoyin tarkib-bandlar, latofat taz'yin (ziynat topgan) qifalar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy va muammolar, shirin masnaviy va rangin tuyug‘lar va g'ayra ham taxminan olti ming baytdir... Aksar g‘azal va ruboiylarkim majoz yo‘sinida ishq va husni zohiriy sifatida voqc’ erdi... «Munis ul- ushshoq»g‘a mavsum bo‘ldi».
Munis devonida Navoiy va Boburdan so‘ng juda kam yaratilgan muammo she'r namunalari ham bor. Agar «Munis ul-ushshoq»dagi she'rlar haqida XX asrning 50—yillaridan boshlab marhum olimlardan N.Mallayev, V.Abdullayev, M.Yunusov tadqiqotlar (nomzodlik dissertatsiyasi, adabiy portret va ilmiy ocherk) yaratgan bo'lsalar, 90—yillari yosh olim Nusratulla Jumaxo‘ja «Munis g‘azaliyoti» (1991) nomida shoir she'rlaridagi badiiy mahorat xususida risola yaratdi. «Munis ul-ushshoq» 1957 yili devon sifatida, 1980 yili esa, ancha to'ldirilib «Saylan.ma» tarzida chop etildi. Nomidan ham ma'lum bo'layotirki, «Saylanma»ga kiritilmay qolgan she'rlar (hamdlar, na'tlar, qasidalar) hali ancha. «Saylanma»ning joriy nashridan asosan g'azallar, to‘rtta qasida, 38 ruboiy, 8 tuyuq, 2 mustazod, Navoiy g'azallariga yozilgan 6, Fuzuliy g‘azallariga yozilgan 2, Andalib g'azaliga yozilgan 1 muxammas, 2 musaddas, 5 qit'a, «Chilim» so‘zi yashiringan g'azal-chiston hamda «Savodi ta'lim» manzumasi o‘rin olgan. Asar oxirida tushunilishi qiyin arabcha-forscha so'zlaming alfavit tartibidagi lug‘ati berilgan (341— 364— betlar). «Saylanma»ga xorazmlik olim va shoir Yunus Yusupov kirishso‘z yozgan, noshirlik qilgan.
«Munis ul-ushshoq» shoir she'riyatining mazmunining
mohiyatini, muallifning estetik maqsadini ifodalaydi. «Munis» so‘zi do'st, ulfat, hamdam; «ushshoq» so‘zi sevishganiar, oshiqlar ma'nolarini anglatadi. Ma'lum bo'Iadiki, «Munis ul-ushshoq»dagi lirik she'rlar sevishganlaming qalb kechinmalari, dard-alamlari, orzu-umidlari, visol shodliklari va hijron iztiroblarini aks ettiradi. Shoir o‘z devoni va undan joy olgan she'riaming dunyoviy hamda ilohiy ishq ahli bilan hamdam bo'lishini uning nomlanishida ramziy tarzda ifodalaydi.
«Munis ul-ushshoq»dagi oshiqona, orifona, didaktikg‘azallar shoir ijodidagi an'anaviy xususiyatlami namoyon etsa, hasbi hollilik, ijtimoiylik va tanqidiylik mazmuniga ega she'rlar uning davr tashvishlari bilan hamnafas ekanligini, asarlari davriy hodisa ham ekanligini namoyon etadi. KeyingiJari Munis ijodiyotiga xos yangiliklar sanaladi. Bunday she'rianda shoir o‘z davrining ilg‘or, ma'rifatparvar arbobi sifatida gavdalanadi. Fuqaroparvar, diyonatli, vatanparvar siymo, mazlumlarga achinuvchi, zolimlarga nafrat ifodalovchi adolatpesha hakam sifatida ko‘rinadi.
Munis g‘azaliyoti shoir davri hayotining muhim tomonlarini ifodalashi bilan muhimdir. Uning ko'plab g‘azallari an'anaviy mavzu va uslubda yozilganligiga qaramay muayyan bir ma'noda shoir hasbi holi, taqdir-qismati, zamondosh fuqaro ahli ahvolotini ham aks etdiradi. Hatto ayrim g‘azallarini shoir tarjima holi, dard-alamlari tasviriga bag‘ishlangan monolog xarakteridagi avtobiografik g'azallar desa ham bo'ladi. U motamsaro bir g'azalida «Andcg‘kim, ota va ona va ini mani bekas ibtilosig‘a sazovor va motamkashlik balosig‘a giriftor qildi», deydi.
Nasibim g‘am uza g‘am bo‘ldt charxi gardondin,
Musibat uzra musibat etushdi davrondin —
deb nola chekadi shoir «Munis ul-ushshoq» devoniga yozilgan debochada. Bunday oilaviy fojia kechinmalaridan tashqari, u g'azallarida nochor fuqaro ahvoli, tirikchiligi mavzulariga ham murojaat etadi, ulami dard bilan qalamga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |