Munis va Sharq mumtoz she^riyati. Munisning iste‘dodli shoir sifatida shakllanishi va kamol topishida she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning ta'siri katta. Munis Navoiy ijodining Xorazmdagi eng kuchli muxlislaridan va tashviqotchilaridandir. U Navoiyni o‘ziga adabiy ta’lim yo‘tida ustoz, pir deb bilgan. Jumladan, shoir faxriya tarzidagi «Manga» radifli g‘azalida «Agar she'riyatda myenga birorta hasadgo‘y noo‘rin ta’na-daxl qilgudek bo‘lsa, bunga aslo qayg‘urmayman, parvo qilmayman, chunki Navoiy ruhi, madadi ma'ni bobida mening himoyachimdir» mazmunida:
Qilsa hosid daxli bejo so‘z aro yo'qtur g‘amim, Kim bu ma ‘nida Navoiy ruhi homiydur mango
baytini keltiradi. U ruboiylarining birini maxsus Navoiy ta’rifiga bag‘ishlagan. Bu ruboiyda Navoiy so‘z iqlimidagi jahongirlarga o‘xshatiladi.
Munisning Navoiy va uning ijodiga muhabbati qanchalik kuchli bo‘lganligini «Munis ul-ushshoq»dagi ko'pgina she'riaming qiyosiy tahlili orqali anglab olish mumkin. Navoiyning mashhur orifona va oshiqona g‘azallariga ergashib yozgan g‘azallari, tazmin
muxammaslari buning uchun yaxshi material bera oladi. Munis ancha g'azallarida Navoiydan aynan baytlar olib, ulami o‘z she'rlari tarkibida tazmin sifatida keltirib, shu misra va baytlar darajasida badihalar yaratishga erishadi. Nazirai benazir g'azallar, muxammas va qasidalar yaratishga muvaffaq bo'ladi. Masalan, Munis Navoiyning «HiloIiya» qasidasidagi
Ey qoshing mehrobi tarh aylab yangi oy hay'atin,
Vattf ango qilmish maloyik xayli naqdi toatin -
matla’ baytini keltirib, so‘ng unga javob ayta olish shoiming balog‘ati mezonidir, - deydi va shu bayt izidan borib, unga mos tushuvchi «Iyd» qasidasini yarata olganligidan faxrlanadi.
Munis tomonidan Navoiyning elga juda mashhur bo‘lib ketgan «Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulrux shitob aylab» misrasi bilan boshlanuvchi g‘azaliga yozgan etti bandli tazmin muxammasi shu g‘azalga boshqa shoirlar tomonidan yozilgan o'nlarcha tazmin muxammaslaming eng nodir namunasidir. Bunda Munis Navoiy g‘azalining ichki strukturasiga, poetik ohangdorligiga xalal yetkazmaydigan holda uni voqeaband asar darajasiga yetkazadi, lirik qahramonga hos kechinmalami yangi go‘zal lavhalar evaziga boyitadi.
Xullas, Munis ijodida ustod Navoiy ta'siri yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Bundan, albatta, Munis she'riyati boshqa daryolardan bahramand bo‘lmagan ekan-da, degan xulosa chiqmaydi. Zero, u adabiy ta'limi juda keng bir ijodkor siymo sifatida ko‘zga tashlanadi. Bunga uning «Mango» radifli g'azalida nomlari faxrbilan zikr etilgan buyuk shoirlar shohiddir. Shu ma'noda, Munis ta'sirlangan, ma'naviy-estetik madad olgan adabiy chashmaga Navoiy ijodiyoti ta'siridan tashqari, yana ikki irmoqni qo'shish to‘g‘ri bo‘lardi. Bulardan biri — Nizomiy, Xusrav, Ansoriy, Hofiz, Attor, Firdavsiy, Xoqoniy, Anvariy, Sa’diy, Jomiy, Iroqiy, Bedil nomlari bilan bog‘li fors-tojik klassik adabiyoti, ikkinchisi shirinzabon Muhammad Fuzuliy va uning lirikasidir. U Fuzuliyning «Kerakmasmu sanga?», «Etdigumdandur» g‘azallariga muxammaslar ham bog‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |