Topshirdi : Fayzullayeva S


III.Makroiqtisodiy barqarorlik va aholini turmush farovonligini oshirish 2008 yil bo’yicha



Download 46,17 Kb.
bet5/7
Sana01.01.2022
Hajmi46,17 Kb.
#304445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fayzullayeva S

III.Makroiqtisodiy barqarorlik va aholini turmush farovonligini oshirish 2008 yil bo’yicha

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so‘ng respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor berildi. Bu borada respublikada ulkan ishlar amalga oshirildi, bular qatorida boshqa turdagi islohotlar bilan bir qatorda mamlakatimiz bank va moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlar, mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi sohalarning yaratilishi va mavjud sohalarining modernizatsiyasi, tashqi savdo borasida amalga oshirilgan islohotlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu islohotlar to‘xtatilmasdan, doimo rivojlanib borayotgan davlatimizda yangi davr talablariga moslashib borayotgan holda, yanada takomillashishi mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhimdir. Islohotlarning davom etayotganligida ishonch hosil qilishimiz uchun yaqin o‘tmishga nazar tashlashimiz yetarli.Sanoat sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2008 yil 1-yarim yilligida sanoat ishlab chiqarish 12.2% , hamda o‘tgan yilgi mos ko‘rsatkichlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 5.4% , iste’mol maxsulotlari ishlab chiqarish 16.6% , chakana savdo 14.4% o‘sdi.Davlat mulkini xususiylashtirish, liberalizatsiya va investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 1-yarimyillik yakunlari bo‘yicha 9.8 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi mos ko‘rsatgichga nisbatan 28.5% yuqori. Eksport 48.2% o‘sib 6.12 mlrd AQSH dollarni tashkil qildi, import esa 48.9% o‘sib 3.68 mlrd AQSH dollariga etdi. Yarim yillik yakunlari bo‘yicha ijobiy saldoga eksport bojlarining yo‘qligi va eksportyor ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda berilgan imtiyozlar hisobiga erishildi.Bank va moliya sektorlariga keladigan bo‘lsak, banklar uchun minimal ustav kapitalining jahon talablariga mos yuqori darajada belgilanishi va banklarning likvidligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida axoli tomonidan tijorat banklariga bo‘lgan ishonch ortdi. Moliya sektoriga tashqi quyilmalar hajmi ham investitsion imkoniyatlarning ortishi va muhitning yaxshilanishi bilan mos ravishda ko‘paydi.Albatta ushbu erishilgan yutuqlar to‘laligicha aholi turmush farovonligining ortishiga olib keldi, buni minimal oylik ish xaqining 2008 yil 1-aprelida 12% va 2008 yil 1-sentyabrdan yana 20% oshirilishida, Oliy va O‘rta ta’lim xodimlarining ish xaqlarini ko‘tarish bilan bog‘liq 2 qarorning qabul qilinishida ko‘rishimiz mumkin.Erishilgan yutuqlarga qaramasdan hozirda ham ma’lum bir sanoat soxalarida qiyinchiliklar mavjud. Bu qiyinchiliklar qora metallurgiya va elektroenergetika sektorlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qora metallurgiya sektoridagi o‘sishning past sur’atlari milliy xom ashyoning etishmasligi bilan bog‘liq, bu muammoni Navoiy va Olmaliq DMK lari import shartnomalari asosida xal qilishlari maqsadga muvofiq, Bekobod metallurgiya kombinatiga keladigan bo‘lsak, ushbu kombinat uchun 3-4% lik o‘sish sur’ati rejaviy hisoblanadi. Elektroenergetika sektoridagi asosiy muammo elektro‘tkazish tizimlarining nisbatan yaroqsiz holga kelganligi, hamda buning natijasida elektroenergetika sektorida mavjud potensialning to‘liq ishga solinmaganligidir.

Moliya sohasidagi muammolar inflyasiya va banklarning likvidligi bilan be’vosita bog‘liq. Barcha tijorat banklari likvidligini ta’minlash mamlakatdagi xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatishni taqozo etadi, hamda shu yo‘l bilan inflyasiya sur’atlarini pasaytirish imkonini yaratadi. Investitsiyalar jalb qilish va investitsion muhitning shakllantirilishi bilan bog‘liq muammolarning echilishi mamlakatga investitsiyalar hajmining yanada oshishiga va neft-gaz, kimyo kabi muhim sanoat sohalarining yanada rivojlanishiga olib keladi. 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi. Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida mamlakatni rivojlantirish, yangilash, modernizatsiya qilishning to‘g‘ri tanlangan strategiyasi, qabul qilingan 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini bajarish borasida 2009 yilda kuch va imkoniyatlarning safarbar qilinishi tufayli global inqirozning oqibatlari va tahdidlariga nafaqat bardosh berishga, balki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning barqaror sur’atlarini, xalq bardamligi va farovonligini oshirishni ta’minlashga muvaffaq bo‘linganligi qayd etildi. Ma’ruzada 2009 yilda chuqurlashgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitlarida O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlari ta’minlanishi jahon hamjamiyatida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning o‘zbek modeli sifatida e’tirof etilgan iqtisodiyotni isloh qilishning beshta asosiy tamoyiliga asoslangan va respublikada tanlangan iqtisodiy yo‘lning to‘g‘riligining inkor qilib bo‘lmaydigan yana bir isboti ekanligi alohida ta’kidlandi. 2009 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8,1 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi – 9 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 5,7 foizni, chakana tovar aylanmasi – 16,6 foizni, pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmining o‘sishi 12,9 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti unda belgilangan xarajatlarni kamaytirmagan holda barqaror ravishda profitsit bilan ijro etildi, inflatsiya darajasi esa prognoz ko‘rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni tashkil etdi. Moliya-bank tizimini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar oxirgi ikki yilda banklarning jami kapitalini 2 barobar ko‘paytirish va investitsiya maqsadlari uchun banklar kreditlari ulushini 70 foizgacha oshirish imkonini berdi. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mahsulot tannarxini pasaytirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlariga ichki talabni rag‘batlantirish hisobiga ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. 2009 yilda mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar hajmi 2,3 barobar ko‘paydi, mahsulotlarning 120 tadan ortiq yangi turini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.Jahon bozorlaridagi o‘ta noqulay konyunktura sharoitlarida mamlakatimizning eksport qiluvchi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida eksport hajmi 2,4 foizga o‘sishi ta’minlandi. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilash, investitsiyalarni jalb etish, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish siyosati izchil amalga oshirildi. 2009 yilda avtomobilsozlik, qurilish materiallari sanoati, kimyo, oziq-ovqat, yengil, farmatsevtika sanoatida va boshqa tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Avtomobil va temir yo‘l transporti tizimlari va telekommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish ishlari faol olib borildi. 2009 yilda ko‘rilgan inqirozga qarshi chora-tadbirlar tufayli 940 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi, shundan qariyb 500 ming ish o‘rni qishloq joylarda yaratildi. Mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzasida mavjud hal etilmagan muammolarga e’tiborni qaratdi hamda 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari va yo‘nalishlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – bu O‘zbekistonning 2012-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini muhokama etish va 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat.. Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o‘sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga, qishloq xo‘jaligi 7 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi.Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi. Inflyatsiya darajasining o‘sish sur’ati prognoz ko‘rsatkichlari doirasida saqlab qolindi va 7 foizdan oshmadi. 2012-yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo‘yicha ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi.Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 2012-yilda bank tizimining jami kapitali 24,3 foizga, so‘nggi uch yilda esa ikki barobar ko‘paydi.Bugungi kunda kapitalning yetarlilik darajasi 24,0 foizdan oshib, bu esa qabul qilingan umumiy xalqaro standartlardan 3 barobar ortiqdir. 2012-yil yakunlari bo‘yicha bank tizimining likvidligi 65,0 foizdan ortmoqda, bu esa talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar yuqoridir.2010-yilda mamlakatimizning atigi 13 ta tijorat banki ijobiy xalqaro reytingga ega bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 28 taga yetdi.Banklar faoliyatida, o‘tgan yillardagi kabi, investitsiya faoliyatiga katta e’tibor qaratildi.2012-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 2011-yilga nisbatan 1,3 barobar oshdi. Ajratilgan kreditlarning 76 foizdan ziyodi uch yildan ortiq muddatga berilgan uzoq muddatli kreditlar ekani, ayniqsa, e’tiborga molik. Mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘tgan yil natijalarini baholaganda, Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Veronika Bakalu xonimning ushbu missiyaning O‘zbekistonda 2012-yil noyabr-dekabr oylaridagi ishi natijalari bo‘yicha bildirgan fikrlarini keltirish o‘rinli, deb bilaman. Uning ta’kidlashicha, “O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. Soliq-byudjet va tashqi faoliyat sohalaridagi mustahkam pozitsiya, bank tizimining barqarorligi, davlat qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning salbiy oqibatlaridan himoya qildi”. 2012-yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishini ta’kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar, investitsiyalar tobora o‘sib borayotganida, bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur.O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar yetakchi xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, xolisona baholanmoqda. 2012-yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining Farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yil 18-yanvarda bo‘lib o‘tgan mamlakatimiz hukumati majlisida belgilab berilgan 2013-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish shu yilning birinchi yarmida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlash, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini yanada muvozanatli rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratish imkonini berdi. I. Barqaror yuqori o‘sish sur’atlari, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish

Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga doir kompleks dasturlarni amalga oshirish natijasida joriy yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot 8 foizga oshdi. Iqtisodiyotning mustahkam o‘sish sur’atlari inflyatsiya darajasi pastligini, davlat byudjeti profitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foizni va mamlakat tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini (442,4 million dollar) ifoda etadigan makroiqtisodiy barqarorlik bilan ta’minlandi. Sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish va ularni yanada diversifikatsiya qilishga doir dasturiy chora-tadbirlarning ijrosi sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmini 8,2 foizga oshirish imkonini berdi. Fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti 7,3 foizga o‘sdi. Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi, strategik investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishni jadallashtirish va yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etish o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini 10,5 foiz va qurilish ishlarini 16,1 foizga oshirishni ta’minladi. Ichki talabni muvozanatli rag‘batlantirish va mamlakatimizda tovarlar ishlab chiqaruvchi hamda xizmatlar ko‘rsatuvchi mahalliy korxonalarni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 14,4 foiz, chakana savdo aylanmasini 14,6 foiz, xizmatlar ko‘rsatishni 12,1 foizga oshirishni ta’minladi. Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmining o‘sishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi va aholi bandligini kengaytirish aholi real daromadining 16,3 foizga barqaror oshishida muhim omil bo‘ld

(2012-yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)




Download 46,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish