Toponimlarning stratigrafik (tarixiy) qatlamlari
Reja:
1. Toponimlarning stratigrafik qatlamlari haqida umumiy ma`lumot.
2. Urta Osie toponimiyasining stratigrafik qatlamlari va ularning farqlovchi xususiyatlari.
3. Mustaqillik davrida paydo bulgan geografik nomlar qatlami.
Ma`lumki, kishilik jamiyatining ilk bosqichidan boshlab odamlar uchun joy haqida tasavvurlar juda zarur bulgan. Tabiat bilan doimiy bog`liqlikda yashagan qadimiy odamlar uchun uzlari istiqomat qilaetgan joy va uning tevarak atrofini nomlash ehtieji paydo bulgan. Bu zaruriyat, ya`ni geografik ehtiej kishilarga muljal olish eki bir manzilni ikkinchisidan farqlash uchun kerak edi. Demak, insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bulsa, geografik nomlar ham shunchalik qadimiydir. Geografik nomlar turli tarixiy sharoitlar va tillar takomilining mahsuli, ular tarixning ma`lum bir davrida paydo bulgan. Har qanday toponim muayyan bir tarixiy davrda paydo bulgan, xalq tarixining kichik bir zarrachasi unda mujassam. SHuning uchun, nomning paydo bulishida turtki bulgan omil usha davrning tarixi, voqeligi, ijtimoiy-iqtisodiy muhiti bilan birga izohlanishi, tadqiq qilinishi yaxshi samara beradi.
Ayrim mutaxassislarning fikricha, toponimlarning asl mohiyatini ochib berish uchun tarixiy tahlil usuli eng maqbul va ishonchli hisoblanadi. Bu usul geografik nomlarning evolyutsiyasini, transformatsiyasini va yangi nom paydo bulishiga sabab bulgan ijtimoiy muhitni aniqlash imkonini beradi. Toponimik tadqiqotlarda kupincha tarixiy usulni qullash tarafdori bulgan, rus olimi A.I.Popov uz ilmiy ishlarida shunday ezgan: «aniq tarixiy manba va tarixiy sharoitdan xabardor bulmasdan turib, geografik nomning kelib chiqishi tug`risida xatosiz biron fikr aytish qiyin».
Har qanday geografik nomlarning majmuasi ma`lum vaqt davomida shakllangan. Ularning «umri, yashash davri» ham har xil buladi. CHunonchi, Urta er dengizi sohillari, Hindiston, Xitoyda eshi bir necha ming yilni tashkil etadigan toponimlar mavjud. Xorazm, Buxoro, Samarqand kabi nomlar ham salkam uch ming yildan buen ezma manbalarda uchraydi. Antraktidadagi nomlarning asosiy qismi esa oxirgi 50-75 yilda paydo bulgan.
Har bir tarixiy davrning uziga xos xususiyatlari bor, ularni toponimiya orqali ham aniqlash mumkin. Masalan, XVIII asrda Rossiyada shaharlarni yunoncha nomlar bilan atash rasm bulgan. Stavropol`, Simferopol`, Sevastopol`, Mariupol`, Melitopol` va hokazo. YUnoncha, polis - «shahar». Keyinchalik, Evropadan andoza olgan Rossiyada, Sankt - Piterburg, Ekaterinburg, Orenburg kabi nomlar paydo bulgan. Golland tilida burg - «shahar». Sobiq Ittifoq davrida hukmron mafkura va siesat ta`sirida kommunistik partiya va shurolar hokimiyatini tarannum etuvchi Lenin, Marks, Engel`s, Oktyabr`, Parts`ezd, Bol`shevik kabi nomlar bilan atash keng tus olgan.
Toponim qancha qadimiy bulsa uning ma`nosi shuncha mavhum, izohlash esa murakkab, faqat mutaxassislar bilishadi, ammo u juda qimmatli ma`lumotlarni saqlanaetgan «sandiq»ga uxshaydi. Joy nomlari aniq bir tarixiy sharoitda paydo bulib, kelib chiqishi jamiyat haeti, hududda yashaetgan eki qachonlardir yashagan xalqlar tili bilan chambarchas bog`liq. Albatta, har bir tarixiy davr joy nomlarining muayyan qatlamini hosil qilgan, aniqrog`i har bir qatlamning joy nomlarida uziga xos «izi, tamg`asi» mavjud.
Monotilli toponimlarga ega bulgan hududlar kam, ammo topiladi. Bu holatni kup asrlar davomida aholisining milliy tarkibi uzgarmagan eki qisman uzgargan eki xalqning ijtimoiy haeti, turmush tarzi, urf-odati, psixologiyasida juda kam uzgarishlar sodir bulgan, mamlakatlar toponimiyasida kuzatish mumkin. Masalan, Islandiya, Mug`uliston kabi davlatlar monotilli toponimiyaga ega, ularning aksariyat qismi island va mug`ul tillarida yaratilgan. Natijada, necha asrlar ilgari paydo bulgan nomlar, uzgarmasdan bizgacha etib kelgan. Ular qadimiy bulganligi bois, qisman arxaiklashib qolgan.
Aksincha, Urta Osie, Evropa, SHimoliy Afrika, Kichik Osie kabi mintaqalarda xalqlar, tillar, tsivilizatsiyalarni aralashuvi natijasida, geografik nomlarning bir necha tarixiy qatlamlari paydo bulgan. Jamiyat tarixida sodir bulgan har qanday uzgarishlar, voqea-hodisalar joy nomlarida muhrlanib qolgan. SHu sababdan, toponimik tadqiqotlarda nomning hamma tarkibiy qismlarini tahlil qilmasdan, aniq bir fikr aytish qiyin.
Urta Osie toponimiyasining tarixiy qatlamlarini aniqlash uchun, mintaqa geografik nomlarining shakllanishi, taraqqieti, qaysi xalqlar tili asosida paydo bulganligi, mavjud toponimik qatlamlarning uzaro ta`siri, ularning hududiy tarqalishi kabi masalalar tadqiq va talqin qilinishi lozim. Mintaqa toponimiyasining tarixiy qatlamlari hozirga qadar kam urganilgan va ilmiy jihatdan mukammal tadqiqot ob`ekti bulgan emas. Bu esa, hududiy toponimlarning tarixiy taraqqieti va lingvogeografik qatlamlarining paydo bulishi sabablarini tadqiq qilishning ancha dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.
Urta Osie va Uzbekiston toponimiyasining tarixiy qatlamlarini urganishda V.V.Bartol`d, E.M.Murzaev, H.Hasanov, A.Muhammadjonov, S.Qoraev, A.Nabiev, T.Nafasov, Z.Dusimov, A.Nizomov kabi olimlarning asarlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, E.M.Murzaevning Urta Osieni kupgina turkiy, eroniy, arab, mug`ul tillari asosida paydo bulgan toponimlarga bergan sharhi uzining tarixiy manbalarga asoslanganligi, erqin, sodda, ravon va ishonarligi bilan alohida ajralib turadi.
E.Murzaev utgan asrning etmishinchi yillarida geografik nomlarning stratigrafik tuzilishini, ya`ni joy nomlari tarkibidagi tarixiy qatlamlarning shakllanish jaraenini Urta Osie respublikalari toponimiyasi misolida tahlil qilgan. Olimning fikricha, mintaqa joy nomlaridan tashkil topgan «ustuni», poydevori ostida ma`no-mazmunini aniqlash qiyin bulgan nomlar etadi.
Bunday toponimlar hozirgacha «tirik» va amalda bulsa ham, ammo ularni aniq bir belgilangan davrga eki qaysidir xalqga tegishli ekanligini aniqlashni imkoni yuq. Ularning shakllanish jaraeni ham juda uzoq utmishga borib taqaladi. Bu jaraen nafaqat mintaqa joy nomlariga, balki barcha xalqlar, mamlakatlarning geografik nomlar tizimiga xos va mushtarak xususiyat hisoblanadi. Balki, shu sababdan, rus toponimisti V.A.Nikonov eng qadimgi joy nomlari hanuzgacha noma`lumligicha qolmoqda, degan fikrni baen qilgandir.
Urta Osie - tabiati xilma-xil ulka, uni birinchi bulib tadqiq qilgan olimlardan biri I.V.Mushketov: «Urta Osieni katta materik ichida joylashgan alohida materik desa buladi», degan edi. Urta Osieda okean sathidan past bulgan joylardan tortib balandligi etti ming metrdan ham ortiq tog`li ulkalargacha uchraydi. SHuning uchun ham bu ulkaning rel`efi, iqlimi, landshaftlari turlicha. Muzli chuqillari bulgan ulkan tog`lar, tropik jazirama issiq va qutb sovug`i mavjud bulgan hududlar bu ajoyib ulkada mujassamlashgan.
Urta Osie etnik kartasi ham utmishda ancha rang-barang va murakkab bulgan, qadimda mintaqada haet kechirgan har bir qabila, elat, xalq uz tillarida joy nomlari yaratganlar. Urta Osiening tubjoy xalqlari, tojiklardan tashqari barchasi -uzbeklar, qozoqlar, qirg`izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar - turkiy tilli xalqlar hisoblanadi. Faqat tojiklar - forsiy tilli xalqdir. Turkiy geografik nomlar eng baquvvat qatlam, u Urta Osiening barcha hududlarida keng tarqalgan. Ularni Tojikiston, Afg`oniston, Eron hududida ham kuplab uchratish mumkin.
Mintaqa xalqlarining kup asrlik ijtimoiy turmushi, tarixiy taraqqieti joy nomlarida ham uz aksini topgan. Ular orasida kupchilik uchun ma`nosi noaniq geografik nomlardan tortib, yaqindagina paydo bulgan yangi toponimlarni uchratish mumkin. Mutaxasislarning fikricha, Urta Osie toponimiyasi tarkibidagi geografik nomlarining eng quyi, hozirgacha aniqlanmagan qatlami miloddan oldingi davrlarga tug`ri keladi. Bunday nomlar qatoriga Samarqand, Omul, Xiva, Zomin, Urganch, Niso, Parapamiz va hokazo kabi, hozirgacha ma`no-mazmuni aniqlanmagan, substrat toponimlarni kiritish mumkin.
YUnonlar istilosi mintaqa toponimiyasida sezilarli iz qoldirmagan. YUnon tilidan uzlashgan nomlar tez orada unutilgan eki avvalgi joy nomlari qayta tiklangan. Makedoniyalik fotih Iskandar (Aleksandrning arabcha shakli) Zulqarnayn (mil. av. 356, Pella-323, Bobil) nomi bilan bog`liq Iskandar, Iskandarariq, Iskandardare, Iskandarquduq kabi toponimlar kup. Iskandar haqidagi turli xil rivoyatlarning kupligi, bunday toponimlarning etimologiyasini aniqlashni ancha qiyinlashtiradi. Kupchilik mutaxassislar, Tojikistondagi Iskandarkul nomini Iskandar Zulqarnaynga hech qanday aloqasi yuq deb hisoblashadi. Bu fikrni V.V.Bartol`d ham tasdiqlab, urta asrlarda Iskandarkul bu nom bilan ma`lum bulmagan deb ezgan.
H.Hasanovning ezishicha, Iskandar haqiqatdan ham yurtimizda bulgan, ammo Xujanddan nariga utmagan. SHuning uchun uzoq-uzoq joylardagi Iskandar nomlarini faqat kuchirma deb tushinish ma`qul. Iskandar nomi bilan bog`liq nomlarni keyingi paytlarda paydo bulganlari ham bor. Masalan, Iskandarariq - Toshkentdan yuqoriroqda CHirchiq daresidan chiqarilgan ariq. Bu ariqni 1883-85 yillarda, mahalliy xalq orasida Iskandartura laqabi bilan mashhur bulgan chor Rossiyasining knyazi Nikolay Konstantinovich qazdirgan.
Tarixchi A.Muhammadjonovning ta`kidlashicha, Uzbekistonda Iskandar nomi bilan joy nomlari kup, ulardan ba`zi birini xalq xalq uning nomi bilan bog`liq deb hisoblaydi. Masalan, Jizzax viloyatining YAngiobod tumanida uzoq tarixga ega Iskandarnomli qadimiy qishloq bor. Mahalliy xalq orasida Iskandar Ustrushonaga yurish qilib katta talafot kurgan va shu qishloqda yaralangan askarlarini qoldirib davolagan, degan rivoyat bor. Uning qushinlariga mahalliy xalq qattiq qarshilik kursatgan va u bundan jiddiy xavotirga tushgan, Ptolemeyning ezishicha, Iskandar asir olingan ustrushonaliklarni uz jangchilariga bulib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha, ularni zanjirband holda saqlashni buyurgan.
Iskandar toponimining etimologiyasiga oid yana bir talqin A.G`afurovga tegishli. Olimning fikricha, qishloqning hozirgi nomi qadimiy sug`d tilidagi iskodar - «baland», «yuqori» ma`nosidagi suz bilan bog`liq. Bu talqin qishloqning joylashgan geografik urniga ham mos keladi.Hozirgi tilda tushunarsiz bulib qolgan sug`dcha iskodar suzi, vaqt utishi bilan keyinchalik, mahalliy xalq talaffuzida nisbatan tushunarli bulgan Iskandar suziga aylangan, degan fikrni baen qilgan.
E.Murzaevning ezishicha, Urta Osie toponimiyasi tarkibidagi hozirgacha aniqlangan birinchi tarixiy qatlam eroniy tillarga tegishli. Ularni yaratuvchisi - qadimiy madaniyatga ega bulgan sug`dlar, boxtarlar, xorazmiylar hisoblanadi. Bu tarixiy qatlamga xos toponimlarni Urta Osiening barcha hududlarida, jumladan Turon tekisliklaridan to Tojikiston tog`larigacha uchratish mumkin. Ular Qirg`iziston va Qozog`iston hududida nisbatan kamroq. Xorazm, Ashxobod, Murg`ob, Vaxsh, Jizzax, Miq, Varqin, Pishag`ar, Xujand kabi ma`no - mazmunini aniqlash qiyin bulgan substrat toponimlar shular jumlasidandir. Birinchi tarixiy qatlamga mansub toponimlar qisman asl shaklida, ba`zan ayrim uzgarishlar bilan hozirgacha etib kelgan. Eroniy va turkiy xalqlar qadimda uzviy iqtisodiy, madaniy, siesiy aloqada bulishgan. Bu munosabat va aloqalar har ikki xalqning toponimlariga uz ta`sirini utkazgan.
Akademik A.Muhammadjonov ushbu tarixiy qatlamga xos bulgan Savot toponimini izohlab shunday ezadi: Ustrushonaning Sebat rustoqida Buyuk Ipak yuli uch tarmoqqa (SHosh, Farg`ona, Ustrushonaga) bulinib ketgan. Ushbu yunalishlarning har birida bittadan rabot - karvonsaroy mavjud bulgan va Sebat (se-uch, bat - rabotning qisqargan shakli) «uch rabot» ma`nosini beradi. Sebat mahalliy xalq talaffuzida Sabot, Savot bulib uzgargan. Urta asrlarning arabiynavis geograflari Muqaddasiy, Ibn Havqal, Istaxriy asarlarida ham qishloq tug`risida ma`lumotlar mavjud va uning katta karvon yuli ustida joylashganligi ta`kidlangan. Qulay geografik uringa ega bulgan Sebatda urta asrlarda Ustrushonadagi yagona mashhur epiq bozor bulgan. Demak, Savot - aslida Sebat bulib «uch rabot», «uch karvonsaroy» degan ma`noni ifodalaydi.
Eroniy tilli toponimlarning ikkinchi tarixiy qatlamiga fors-tojik tiliga xos bulgan geografik nomlarni kiritish mumkin. Ularni turkiy va forsiy tillar erdamida tushinish mumkin hamda etimologik jihatdan tahlil qilish qiyin emas. Langar, CHorjuy, Farg`ona, Surxob, Dushanbe, Sangzor, Kuhiston, Zarafshon kabi nomlarni ana shu qatlamga kiritish mumkin. Masalan, Langar suzini P.G`ulomov «tuxtash joy, qunoq, manzil», deb izohlagan. Ilgarigi karvon yullaridagi qunoq joylar, karvonsaroylar shu atama bilan yuritilgan. Langarlarda choyxona, mehmonxona, karvonsaroy, ba`zan guzarlar(bozori bilan) bulgan.
Ma`lumki, geografik nomlar erdamida har bir tarixiy qatlamning uziga xos xususiyatlarini uqish mumkin.Ba`zan, ular utmish mahsuli sifatida, asrlar davomidatildan tilga utibshaklan uzgaradi, mazmunan mavhumlashib qoladi. CHunonchi, Nurota tog`laridagi Garasha qishlog`i nomi bunga misol bulishi mumkin. Oykonimga fors-tojik tilidagi «girehkusho» suzi asos bulgan. Girehkusho suzi gireh-«tugun», «band» va kusho - «echmoq», «tugunlarni echuvchi», «tilsimlarni ochuvchi», «hojatbaror», ma`nolarini ifodalaydi. Girehkusho nisbasi XII asr oxiri va XIII asrning boshlarida yashagan, yassaviya tariqatining izdoshlaridan bulgan hamda ilk bor shu qishloq hududida qunim topgan shayx Muhammadsharif ibn Aliasqarga tegishli. Girehkusho deb nom olishiga avliening kupgina karomat kursatgani hamda muammolar echimini tug`ri topganligi sabab bulgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |