oltinchi tarixiy qatlamni slavyan (rus) tili asosida shakllangan geografik nomlar tashkil qiladi. Ularningpaydo bulishi XIX-asrning oxiri va XX-asrning boshida Rossiya tomonidan Urta Osieni bosib olishi bilan bog`liq. Ruscha toponimlar mintaqa hududida turli sabablar bilan paydo bulgan. Masalan, Skoblevo, Obruchevo, Lomakino, Milyutinskaya, Ursat`evskoe, Xilkovo kabi nomlar yangi qurilgan temir yul stantsiyalariga chor hukumati hokimlarining qarorlari bilan quyilgan rasmiy nomlar hisoblanadi. E.M.Murzaevning ezishicha, mahalliy xalq bu nomlarni yaxshi qarshi olmagan. Kupincha, yangi nom bilan birga avvalgi an`anaviy nomi ham qullanib kelingan. Ruscha nomlarning bir qismi ulka tabiati va xujaligini rus olimlari tomonidan tadqiq qilish jaraenida paydo bulgan. Masalan, 1878 yili Urta Osie tog`larini urgangan rus olimi V.F.Oshanin, Pomir tog`larida aniqlagan eng katta muzlikni Fedchenko nomi bilan atagan. Abramov muzligi, Korjenevskiy chuqqisi, Petr I tizmasi kabi nomlar ham shu yusinda paydo bulgan.
Sobiq shurolar davrida rus tili orqali kirib kelgan nomlarning katta qismi antroponimlardan iborat bulgan. Lenin, Karl Marks, Engel`s kabi nomlar mintaqada keng tarqalgan. Xususan, chul va dasht hududlarini uzlashtirilishi natijasida paydo bulgan yangi geografik ob`ektlarga, hukmron mafkura va siesat ta`sirida Kommunistik partiya va Sovet hokimiyatini tarannum etuvchi nomlar berilgan. CHunonchi, 1975 yilda Jizzax viloyati tarkibida yangi tashkil etilgan Arnasoy tumaniga qarashli barcha aholi punktlari sobiq Sovet davlatining harbiy sarkardalari nomlari (Jukov, Timoshenko, Grechko, Rokossovskiy, Konev, Vasilevskiy va boshq.) bilan atalgan.
SHurolar davrida geografik ob`ektlar nomlarini joylarda ezib olgan mutaxassislarning kupchiligi rus bulganligi bois, ular toponimlarni rus tili grammatikasiga asosan ezib olib kartaga tushirganlar. Geografik nomlarning kartalarda notug`ri ezilishi, kupincha nomlarning ma`nosini izohlashda chalkashlikka olib kelgan. Toponimist olim N.P.Arxangel`skiy sohadan ancha xabardor zieli sifatida bu haqda shunday ezgan: «Urta Osie geografik nomenklaturasining rus tilida rasmiylashtirilgan shakli geografik ob`ektlarning mahalliy aholi tomonidan qabul qilingan nomlari shaklidan juda katta farq qiladi».Masalan, Nurota toponimi kartada Nuratau shaklida xato ezilganligi bois, V.A.Nikonov uni mug`ulcha nuru - «tizma» va turkiy tov - «tog`» suzlaridan tarkib topgan deb notug`ri izohlagan.
Urta Osie respublikalari istiqlol sharofati bilan, mustaqil toponimik siesat yurgizib, mavjud chalkashliklarga barham berishdi. Mintaqadagi geografik nomlarning kupchiligi davr talabini aks etadigan, xalqona, oddiy, sodda hamma uchun tushunarli bulgan nomlar bilan almashtirildi eki ularning tarixiy nomlari qayta tiklandi.
Toponimik tadqiqotlardan ma`lumki, Urta Osie toponimiyasi shakllanishi va taraqqieti jaraenida bir necha tarixiy davrlarni bosib utgan. Ular turli tillar mahsuli, turkiy toponimlar ular orasida eng baquvvat va keng tarqalganligi bilan mintaqada alohida ajralib turadi. Har bir tarixiy davrning uziga xos toponimlari mavjud, ammo geografik nomlarning tarixiy qatlamlari orasidagi chegaralar shartli hisoblanadi. Mavjud stratigrafik (tarixiy) qatlamlar bir-biri bilan uzviy bog`liqligi bois, ularni aniq belgilab bulmaydi, yangi qatlam avvalgisini tuldirsa, eskisi yangi qatlamga uz ta`sirini utkazgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |