Anatomik xalq (mahalliy) geografik terminlaridan namunalar
№
|
Termin
|
Geografik ma’nosi
|
1
|
Barmoq
|
Tik qoya, eol ishi natijasida hosil bo’lgan ystuncha
|
2
|
Bel
|
Dovon, oshuv, ko’tal
|
3
|
Bosh
|
Daryoning boshlanish qismi, tog’ cho’qqisi
|
4
|
Burun
|
Burun, quruqlikning dengiz ichiga kirib borgan qismi
|
5
|
Bo’yin
|
Quruqliklar, tog’larni (relyeflning musbat shakllarini) tutashtirib turuvchi kambar joy
|
6
|
Bo’g’iz
|
Dengizlarni, ko’llarni va ularning qismlarini tutashtirib turuvchi kambar suv hududi, akvatoriya
|
7
|
Kindik
|
Tabiiy - hududiy birliklarlarning o’rta, markaziy qismi
|
8
|
Ko’z
|
Buloq ko’zi - buloq chiqqan joy
|
9
|
Oyoq
|
Etak, quyi qism, odoq
|
10
|
Og’iz
|
Daryolarning quyilish joyi (ko’rfaz), tog, darasining eng tor joyi
|
11
|
Til
|
Ko’rfaz oldi qum orollar
|
12
|
Тirsak
|
Daryoning burilish joyi
|
13
|
Тumshuq
|
Tog’, tepalik va orollarning burni, uch tomoni
|
14
|
Qovoq
|
Daryo va ko’llarning baland qirg’og’i, jarlik; baland terrasa
|
15
|
Qosh
|
Uzun cho’zilgan tepalik, marza
|
Toponimik terminlar
Joy nomlari (toponimlar) tarkibida qatnashib, ular ifodalagan obyektni bildiruvchi so'zlar (turdosh otlar) toponimik termihlar (topoterminlar) deb yuritiladi. Ayrim ilmiy adabiyotlarda toponimik aniqlagich (TA), indikator deb ham ataladi.
Atoqli geograf terminshunos E.M.Murzayev aytganidek, turdosh otlar toponimlarning asosini tashkil etadi va tabiiy geografik obyektlarning turini ifodalaydi.
Xalq geografik terminshunosligini atroflicha bilish joy nomlarini o'rganishni osonlashtiradi. Hech bir xalq tilida mahalliy terminlar ishtirok etmagan toponimlar bo'lmasa kerak.
Aksariyat joy nomlari asosida oddiy geografik terminlar yotadi, shuning uchun E.M.Murzayev: “Har qanday toponimik tadqiqot geografik terminlarni o'rganishdan boshlanishi kerak” deb to'g'ri ta'kidlab o'tgan.
Toponimik terminlar barcha tillarda takrorlanadi. Bu haqida H.Hasanov quyidagicha yozadi: “...Bordi - yu o'ntacha asosiy tilni biladigan kishi kartadagi nomlarni shu tillarga tarjima qilib o'qisa, aksari shahar, tog', daryo va ko'llarning nomlari deyarli bir ma'noda ekanini ko'rib hafsalasi pir bo'lar edi”.
Reka, missi, rio, river, shott, xe, yoyiq so'zlari - daryo demakdir. Jayhun, ob, ganga so'zlari ham suv, daryo ma'nosida.
Ko’h, jabal, shan (min), maunt, berg (gebirge), montana, kordilyera, syerra, monte - tog' demakdir. Obod, kent qo'shilgan nomlarning ma'nodoshlari - pur, grad, kin, taun, vil, pol, burg, shtadt qo'shilgan toponimlardir.
Toponimik terminlarni o'zi ifodalayotgan obyektlarga qarab quyidagicha guruhlashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |