O'zbek geografik terminshunosligining rivojlanishida tarjima (ruscha - o'zbekcha) adabiyotining ahamiyati
Geografik terminshunoslikning rivojlanishida tarjima adabiyoti muhim o'rin tutadi. Tarjima jarayonida tarjima terminlari paydo bo'ladi. Bunday terminlar o'z tilimiz zahirasidan olinadi. Hayot to'xtab qolmagani kabi geografik terminlar va tushunchalar ham to'xtovsiz boyib boradi. O'z tilimizda yo'q bo'lgan termin va tushunchalar boshqa xalqlar tillaridan bizning tilimizga kirib keladi. Lekin boshqa xalqlar tilidan kirib kelgan terminlar ko'pincha qabul qiluvchi xalqlarning talaffuziga, til qoidalariga (xususiyatlariga) moslab, biroz o'zgartirilib olinishi mumkin.
O'zbek geografik terminshunosligida tarjima terminlari (ruschadan) o’tgan asrning 30 - yillaridan paydo bo'la boshlagan edi. O'sha davrda mamlakatimizda geografiya ta'limining rivojlanishi, geografik bilimlarning ommalashuvida, rus tilidagi geografiya darsliklari va qo'llanmalar tarjimoni A.Obizovning hizmatlari katta bo'ldi. A.Obizov rus tilidagi bir qator o'rta va oliy maktab darsliklari tarjimonidir. Olimning 1933 - 1939 yillar davomida rus tilidan tarjima qilgan “O'lkani o'rganish darsligi. Tabiat” (T., O'zdavnashr 1933), A.S.Barkov va Polovinkinlarning “Tabiiy geografiya” (T., O'zdavnashr, 1936) va “Fizik geografiya” (Toshkent, Samarqand, 1939) darsliklaridagi ayrim terminlar haqida to'xtalib o'tish lozim. Dastlabki ikki darslik tarjimalaridagi terminlar o'rtasida deyarli farqlar yo'q. 1933 yilgi tarjimada jo'g'rofiya, xarita, yer usti shakllari, do'ng (tepalik), ma'dan chashmalari, mag'ora (g'or), egrilik, daryo tindirmalari (cho'kmalari), darajalik to'r, bo'ylik (uzunlik), tabaqalik tog' (palaxsali tog'), taqim orollari, muztog' kabi oldindan qo'llanib kelingan terminlar ishlatilgan. 1936 yilgi tarjimada bo'lsa, jo'g'rofiya, xarita, plan olish, masshtab, taxminlash, vizir chiziq, do'ng, gorizont, qumtosh, granit, ma'dan chashmalari, artezian, karstlik hodisalar, magora, stalaktit va stalakmit, manba, suvayirg'ich, asl qirg'oq, egriliklar (meandra), temperatura, lab, buxta, gorizont, darajalik to'r, ekvator, meridian, parallel, kenglik va bo’ylik, orbita, litosfera, gidrosfera, atmosfera, episentr tabaqali tog', troposfera, stratosfera, izoterma, barometr, flyuger, briz, musson, tropik poyas, muztog' va boshqa terminlar qo'llanilgan. Ushbu tarjimada ilmiy geografik adabiyotga rus tili orqali kirib kelayotgan yangi atamalar bilan birga, taxminlash, do'ng, ma'dan chashmalari, mag'ora, asl qirg'oq, egrilik, poyas kabi ko'pgina terminlar avvalgi shakllarida ishlatilgan.
1939 yilgi tarjimada esa rus tili orqali kirib kelgan yangi terminlar ko'proq qo'llanilgan: geografiya, karta, kompas, fizik geografiya, terrasa, sutka, gradus (to'ri), arxipelag, poyas va boshqalar.
Ruscha землетрясение–zilzila, пещера - g'or, умeренный пояс - o'rtacha poyas, oползень - o'pirilish deb tarjima qilindi, xolbuki ungacha bu terminlarining o'zbek tilidagi tarjimalari, yani yer qimirlashi, ungur, mo'tadil mintaqa, surilma kabi terminlar bo'lgan.
Aynan mana shu yillari geografik terminlarda o'zgarishlar sodir bo'ldi. Buni quydagi jadvaldan ko'rish mumkin:
1 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |