turdagi sochlarda yaxshi natija bera oladi. Buning uchun soch namlikni o‘ziga tez
singdirib oladigan va tezda quriydigan, cho‘ziluvchan va bo‘ysunuvchi bo‘lishi
kerak
Juda dag‘al sochlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri bigudiga o‘rab
shakl berib
bo‘lmaydi. Bunday sochlarga kimyoviy usulda yoki issiqlik bilan shakl berishdan
oldin albatta kimyoviy aralash- malar bilan ishlov berish kerak.
Sochga ishlatiladigan aralashmalar tarkibi kimyoviy ashyo- lardan yoki
o‘simliklardan olingan narsalardan tayorlangan bo‘-
lishi mumkin, sog‘lom va
kuchli sochlarga kimyoviy aralashmalar ishlatilsa,
nimjon va kuchsiz sochlarga
o‘simliklardan tayorlangan aralashmalar ishlatiladi. Kimyoviy aralashmalarni
xususiyatlari ularning idishida yoki yorlig‘ida yozilgan bo‘ladi
va mijozning
sochiga moslab ishlatiladi. O‘simliklardan tayorlangan aralashmalarni ishlatishda
ham sochning xususiyati ham hisobga olinadi.
Soch shaklining xajmi shishirilgan bo‘lib chiqishi uchun quyidagi usullar
qo‘llaniladi:
—
soch tutamini bir gal katta, bir gal kichik diametrli bigudida o‘rash;
—
soch tutamini bigudiga o‘raganda bir gal o‘ziga qaratib, bir gal teskari
qilib o‘rash;
—
soch tutamini shaxmat usulida o‘rab chiqish;
—
soch tutamini gorizontal usulida o‘rash.
—
Sochni bigudiga o‘rashning ham o‘ziga xos uslublari bor:
—
soch tutami bigudining enidan oshmasligi kerak;
—
soch tutamining qalinligi esa 1 sm dan oshmasligi shart;
—
soch tutamini ajratib olib bigudiga o‘rayotganda
u boshga nisbatan
perpendikular holatda bo‘lishi lozim;
—
soch tutamini bigudiga o‘rayotganda bigudini chapga va o‘ngga siljitish
orqali sochlarni bir tekisda o‘ralishini ta’minlash lozim;
—
bigudiga o‘ralgan soch tutamini shpilka yoki maxsus qistirgichlar
yordamida tirkab qo‘ygan ma’qul.
—
Soch quritilgandan
keyin bigudilar echib olinib, massaj tarog‘i bilan
sochni oldindan orqa tarafiga qarata
yaxshilab tarab yuborilib, bitta yoki ikkita
tutqichli taroq bilan soch tutamlari yana bir bor tartibga keltirib olinadi va to‘lqin
shaklli soch o‘ramalari hosil bo‘ladi. Sochga shakl berishda nachyos usuli yoki
teskari tarashdan ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun 1
sm qalinlikdan osh-
magan soch o‘rimi ajratib olinib ildizga yaqin bo‘lgan joydan boshlab nachyos
qilish boshlanadi. Bunda taroqning tishlari ustadan mijoz tarafga qaragan bo‘lishi
lozim. Keyin taroqning orqasidagi tutqichi yordamida sochlar ko‘tarilib shaklga
kelti- riladi. Keyingi tutam ajratib olinganda oldingisidan ham biroz qo‘shib
olinadi va teskari taraladi. Barcha sochlar nachyos qilib chiqilgandan so‘ng soch
shaklining ustki qismi massaj tarog‘i bilan tarab chiqiladi va
taroq orqasi bilan
sochning umumiy shakli yana bir marta tartibga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: