AYOLLAR KIYIMIDA VITOCHKA KO‘CHIRISH USULLARINING NAMUNALARINI TAYYORLASH
Vitachkalarga ishlov berish. Kiyimga kishi gavdasiga mos shakl berish, shuningdek kiyimning gavdaga yaxshi yopishib turishini ta’minlash uchun asosiy detallarda vitachkalar qilinadi. Vitachkalaming kirimi va soni kiyimning gavdaga yopishib turish darajasiga qarab belgilanadi. Vitachkalar kiyim yuqorisida va belida bo'lishi mumkin. Yuqoridagi vitachkalar yelka chokidan, yoqa o‘mizidan, yeng o‘mizidan yoki yon chokdan boshlanadi. Ayollar kiyimida bunday vitachkalar asosiy hisoblanadi. Ular ko‘krakda yoki kurakda qavariqlik hosil qilish uchun zarur. Beldan boshlangan vitachkalar kiyimning belga yopishib turishini ta’minlaydi. Vitachkalar qirqma va yaxlit bo'lishi mumkin. Yengil kiyimlardagi vitachkalar yaxlit bo‘ladi. Kiyimning modeliga qarab vitachkalar yumshoq taxlamalarga o‘tishi, vitachka-mayda taxlamalar, taxlamalar, qirqmalarva bo‘rtma choklar bilan almashtirilishi mumkin. Qirqimdan boshlanadigan vitachkalar detaining teskarisidan qo‘shimcha andoza bo‘yicha uchta chiziq bilan, detal o'rtasidagi vitachkalar esa to‘rtta: o‘rta, yon chiziqlar va vitachkaning boshi hamda oxirini bildiradigan chiziqlar bilan belgilanadi. Detal vitachkaning o'rta chizig‘i bo‘yicha o‘ngini ichkariga bukib qo‘yiladi. Kiyimlami yakka buyurtmalar bo‘yicha tikishda vitachkalar oldin yon chizig‘i bo‘yicha ko‘klab olinib keyin biriktirilib tikiladi. Ko‘klash ipi olib tashlanadi va vitachkaning o‘rta chizig'i tikish chokiga aniq keltirilib, vitachka yorib dazmollanadi.
Ko‘krak vitochkasini ko‘chirish qoidasi. Ko'ylak fasoniga binoan ko‘krak vitochkasi detaining istalgan qirqimida bo‘lishi mumkin. Bu vitochkani old bo'lak o‘rtasi, yeng o‘mizi qirqimi, yoqa o'mizi qirqimi, yon qirqimi va bel chiziqlariga ko'chirish mumkin. Vitochkani fasonga muvofiq, yangi holatga ko'chirish uchun avval vitochkaning ko'chirilish chizig‘i asos chizmasida o'tkazilishi kerak. Bu chiziq doim ko‘krak vitochkaning uchidan, ya’ni ko‘krak markazi bilan vitochka ko‘chiriladigan qirqimdagi nuqtadan o‘tishi kerak. Old bo‘lak andozasining shabloni kiritilgan yangi chiziq bo’ylab qirqiladi-da, ko‘krak vitochkasi yopiladigan qilib suriladi. Vitochka tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘naladi. Qirqilgan chiziq bo‘ylab xuddi asosiy vitochka kengligiga teng yangi vitochka hosil bo'ladi. Bu vitochka birmuncha kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin, lekin bu vitochka xuddi asosiy vitochka hosil qilganidek, hajm hosil qiladi.
Ko‘krak vitochkasini yon qirqim chizig‘iga ko'chirish. Yon qirqim chizig‘ida nuqta belgalab olinadi. Nuqtaning o‘rni yon chiziqning belgacha bo‘lgan uzunligining taxminan 1 /3 qismida belgilanadi. Bu nuqtani ko'krak vitochka uchi bilan birlashtirib, yangi vitochka chizig'i o'tkaziladi (43-rasm). Shu belgilangan chiziq bo'ylab qirqiladi. Ko'krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to'g'ri keltirib berkitiladi va yelim surtiladi yoki to'g'nag'ich bilan to'g'nab qo'yiladi. Yangi vitochkaning uchi markazdan 3-5 sm yon tomon suriladi. Bu yangi vitochkaning uchi bo'ladi. Bu uchini vitochkaning qirqimlari bilan tekis qilib tutashtiriladi (43-rasm, a).
Ko'krak vitochkasini bel chizig'iga ko'chirish Asos chizmasidagi bel vitochkasi qirqib olinadi. Bel vitochkaning uchi ko'krak vitochkasining uchi bilan tutashtiriladi. Shu tutashtirilgan chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi. Ko'krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to'g'rilab berkitiladi. Model bo'yicha bel vitochkasi tikiladigan bo'lsa, vitochkaning uchi 3-5 smga qisqartiriladi (43-rasm, b).
Ko‘krak vitochkasini old bo’lak bo‘yin o‘ini/.i chizig‘iga ko‘chirish Vitochka bo‘yin o‘mizi chizig‘ining istalgan joyiga ko'chirilishi mumkin. Buning uchun old bo’lak bo‘yin o‘mizi chizigida nuqta belgilab olamiz. Shu nuqta bilan ko'krak vitochkasi uchi tutashtiriladi va chiziq bo‘ylab qirqiladi (43-rasm, v). Ko‘krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi. Ko‘krak vitochkani old bo’lak yoqa o‘miziga ikki qismga boiib ko‘chirsa ham boiadi. Bunda vitochkani ko‘chirish uchun chizmaga ikkita chiziq o‘tkaziladi. Vitochkani tikmay old bo’lak bo‘yin o‘mizi bo‘ylab ochiq mayda taxlama hosil qilish ham mumkin.
Ko‘krak vitochkasini yeng o‘mizi chizigiga ko‘chirish Vitochkani boshlanish nuqtasi (43-rasm, g) chizmada ko'rsatilgandek topiladi. yeng o‘mizi chizigida belgilangan nuqta ko‘krak vitochkasi uchi bilan birlashtiriladi. Shu chiziq bo'ylab qirqiladi. Ko‘krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi.
Ko‘krak vitochkasini old bo’lak o‘rta chizigiga ko‘chirish Ko'chiriladigan vitochka chiziqlari belgilanadi (43-rasm, d). Birinchi chiziq ko‘krak vitochka uchidan, ikkinchisi beldagi vitochka uchidan o‘tadi. Ikkala chiziq ham o‘rta chiziqqa peфendikulyar oikaziladi. Belgilangan chiziqlar bo‘ylab qirqma hosil qilib, ko‘krak va beldagi vitochkalar berkitiladi, yangi vitochka ochiladi. Hosil qilingan vitochkalar ko‘p hollarda tikilmaydi. Yangi vitochkalaming kengligi o‘rta chiziq bo‘ylab burma hosil qilishga yoki mayda taxlamalar hosil qilishga ketadi. Ko‘krak vitochkasini istalgan chiziqlaiga ko‘chirib modellar hosil qilinadi. Lekin kiyim detallarini parallel va konussimon shakllarda kengaytirish hisobiga ham yangi model hosil qilinishi mumkin.
Detallarni parallel va konussimon kengaytirish. Detallarni parallel kengaytirishni buyumning butun uzunasi bo‘ylab taxlamalar bolgan vaqtda amalga oshirish mumkin. Buning uchun asos chizmasiga taxlama o‘tadigan chiziqlar belgilanadi. Bu chiziqlar qirqilib, taxlama sarfiga suriladi. Agar taxlama bir tomonlama bo'lsa, ikkita taxlama miqdoriga, ro'para taxlama bo'lsa, to'rtta taxlama miqdoriga suriladi (43-rasm, a).
Do'stlaringiz bilan baham: |