To‘plami toshkent
Elektrotexnika va elektronika asoslari Haydarova Surayyo
O‘QUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
O‘qituvchi S.Haydarova.1-ILOVA. MAVZU: ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR.Reja: . Kuchlanish, tok va quvvatning kuchaytirish turlari . 2 . Kuchaytirgichlardagi teskari aloqa. Tayanch so‘zlar va iboralar: Kuchaytirgichlar, detsibel, kuchaytirgichlarda teskarialoqa, ILOVA. Baholash mezoni.
ILOVA. 1 . Kuchlanish, tok va quvvatning kuchaytirish turlari . Kuchaytirgichlar deb, berilgan (mumkin bo‘lgan) buzish darajasida elektr signallarini kuchaytirib beruvchi uskunaga aytiladi. Quvvatni kuchaytirish uskunasini oziqlantiruvchi (oziqlanish manbai) elektr toki manbaining energiyasi hisobiga kuchayadi. Kuchaytirish asbobini umumiy ko‘rinishda faol to‘rt qutbli qilib tasvirlash mumkin. U , zanjirga elektr signallarini (Ukir) kuchaytirish uchun ikkita chiqish zajimi va kuchaygan signalni Uchiq olish uchun va uni yuklanish (nagruzka) zanjiriga berishga molijallangan 2 ta chiqish zajimidan tashkil topgan. Yuklanishni Zn qarshilik deb olish mumkin. Manba faol to‘rt qutblining ichida joylashgan. 1-rasm. Faol to‘rt qutbli kuchaytirish asbobi. Kirish signalini turlari bo‘yicha: garmonik tebranishli kuchaytirgichlar; impulslarni kuchaytirgichlar (impuls kuchaytirgich); d ) o‘zgarmas tok kuchaytirgichlar ( to‘g‘rirog‘i, sekin o‘zgaradigan tokning kuchaytirgichlari) ga bo‘linadi. Undan tashqari, faza sezgir kuchaytirgichlar va operatsion kuchaytirgichlar bo‘ladi. rasm. Signal turlari: a — garmonik signal; b — to‘g‘ri burchakli impulslar; d — sekin o‘zgaradigan o‘zgarmas tok. Kuchaytirish miqdorining turlari - kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlaridir. Shuni esda saqlash kerakki, quvvatni kuchaytirish hamma kuchaytirgichlarning asosiy xususiyatidir, lekin ulardan bir xillari eng ko‘p kuchlanishni, boshqalari tok bo‘yicha, uchinchilari quvvat bo‘yicha kuchaytiradi, shu sababli ularni mos ravishda kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlari deyiladi. Garmonik tebranishlarni kuchaytirish spektr chastotasi bo‘yicha: past chastotali kuchaytirgichlar (30--100 G s. dan 5--20 kG ts. gacha), ular radioaloqada, ovozli kinoda, televideniye orqali ovoz uzatishda, ovoz yozishda; keng polosali kuchaytirgichlar (1 dan 100 mG s. gacha), ular elektron ossillograflarda, televizorlarning ko‘rish kanallarida va boshqalarda; d) rezonans kuchaytirgichlar (30 kGs. dan 3000 m G s. va undan yuqori), ular radiopriyom niklarda radiosignallarni, televizorlarda, radiolokatsion stansiyalarda va boshqalarda topaoladigan kuchaytirgichlar sifatida ishlatiladi. Kuchaytirish asbobining asosiy parametri bo‘lib, kuchaytirish koeffitsiyenti hisoblanadi. Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffisiyenti Kv = Uchiq/Ukir Bu yerda : Uchiq; Ukir mos ravishda kuchaytirgichning chiqish vakirish kuchlanishi. Tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti: Ki = Ichiq/Ikir bu yerda:Ichiq — kuchaytirgich chiqishiga ulangan nagruzkadagi tokI kir - kuchaytirgich kirishidagi tok. Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti Kp = Pchiq/Pkir bu yerda: Pchiq — nagruzka chiqarayotgan faol quvvat; Pkir - kuchaytirgichning kirish zanjiridagi ishlatiladigan quvvat. Kuchaytirish texnikasida logarifmik birlik - detsibel ishlatiladi. Shuni aytib o‘tish imiz lozimki, inson qulog‘i signallar darajasini 1 db ga o‘zgarganligini bilishi mumkin. rasm. Kuchaytirgichlarning chasto tali tavsiflari: a — ovoz chastotasi kuchaytirgichlarning ( I) va keng polosali kuch ay tirg ich larn in g (2) chastota tavsivlari; b — rezonans kuchaytirgichning ch asto ta tavsifi; d — polosali kuchaytirgich chastota tavsifi.Kuchaytirgichning dinamik doirasi deb, Umax.chiq = Umax.kir = D ga aytiladi Umin.chiq Umin.kir Odatda kuchaytirgichning dinamik doirasi detsibellarda o‘lchanadi: D(db)=20 lg D=20 lgUmax.kir Umin.kir Past chastotali kuchaytirgichlarda dinamik doira 40-60 db dan ko‘p bo‘lmaydi. Amplituda tavsifi deb, o‘rtacha tovush chastotalarida olingan kuchaytirgichning chiqish kuchlanishining Uchiq kirish kuchlanishiga Ukir bog‘liqligiga aytiladi. rasm. Kuchaytirgichning amplituda tafsifi. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |