8-band:
1-misra: “Shoirlik menda bir soyami deyman”. Barcha nusxalarda misra oxirida vergul ishlatilgan. “Tong sirlari” (1926), “Bahorni sog`indim” (1988) da shoirlik so`zidan so`ng vergul ishlatilgan. “Yana oldim sozimni” (1991) to`plamida esa soyami so`zidan keyin noo`rin vergul ishlatilgan.
2-3-misra: “Har bir tushunchamni yoza olmagach
Rassomdek xayolni chiza olmagach”.
“Tong sirlari” (1926), “Bahorni sog`indim” (1988), “Go`zal Turkiston” (1997), Uch jildlik asarlar (1993) to`plamlarida misralar oxirida undov belgisi ishlatilgan. Tanlangan asarlar (2016), “Yana oldim sozimni” (1991) to`plamlarida misralar oxirida vergul qo`llanilgan. Tanlangan asarlar (2016) da 3-misra oxirida hech qanday tinish belgisi qo`llanilmagan.
4-misra: “Haqir borlig`imga ko`p afsus yeyman”. Barcha nusxalarda misra oxirida ko`p nuqta qo`llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |